Get Mystery Box with random crypto!

Xudo xohlasa, ertaga vodiyga safar. Bu gal uzoqroq muddatga. | MJ

Xudo xohlasa, ertaga vodiyga safar. Bu gal uzoqroq muddatga.

Shogird olish masalasida baʼzi narsalar aniqlashdi:
- 18 kishi saralashda tanlab olinadi (ayol-qizlar uchun 4-6 ta joy)
- nomzodlar saralashda Figmada berilgan maketga koʻra sayt tuzishi, ingliz tili va rus tilidagi materiallarni oʻzbek tiliga tarjima qilishi va roʻyxatdan oʻtish shaklidagi savollarga javob berishi kerak (qoʻshimchalar boʻlishi mumkin). Shularga qarab xohlovchilar saralab olinadi va keyin Zoomda suhbat oʻtkaziladi.
- tanlab olingan shogirdlar ofisga haftada 6 kun qatnab oʻqiy olishi kerak. Baʼzi istisnolar boʻlishi mumkin
- shogirdlikka qabul qilinganlarga har 3 haftada bitta chet tillaridagi maqola/videoni oʻzbek tiliga tarjima qilish shart qilib qoʻyiladi. Maqsad - oʻzbek tilidagi manbalarni kam-kamdan koʻpaytirib turish. Qoʻldan kelgancha
- oylik toʻlov 300 ming soʻm. Bu tushumning asosiy qismi xonani jihozlash, ijara toʻlovlari va boshqa shunga oʻxshash xarajatlar uchun ishlatiladi
- saralash shartlarining aniq tugal holati chorshanba kuni eʼlon qilinadi
- men taklif qilayotgan narsa - mentorlik, ustozlik emas. Bularning farqi haqida kelayotgan haftada video chiqaraman
- 1.5-2 oycha (Najot Taʼlimdagi darslarim boshlanguncha) shu ishning tepasida turaman, Xudo xohlasa. Keyin har oyda 1 marta borib holatdan boxabar boʻlib turaman. Toshkentda ekanligimda internet orqali xabarlashib turamiz
- bir shogirdning bu loyihada qatnashishi 4 oydan 1 yilgacha boʻlishi mumkin
- tavsiya qilinadigan onlayn videokurs/manba pullik boʻlsa, uni sotib olish shogirdning boʻynida boʻladi. Kontent qaroqchiliga odatlanib qolishning oldini olish uchun. Imkoni boricha, bepul muqobil manbalar ham tavsiya qilib boriladi
- oʻrganish davomida sustlashgan, vazifalarni bajarmagan, jamoaning muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatganlar shogirdlikdan chetlashtiriladi
- oʻrganish asosan peer-to-peer koʻrinishida boʻladi. Orada muhim mavzular boʻyicha zaruratga koʻra master klass oʻtkazilishi mumkin
- ofis - Fargʻona shahrida
- Xudo xohlasa, ofisda kichik moʻjaz kutubxonacha boʻladi. Undagi birinchi kitobni Mirzo Firdavs aka hadya qildilar - Qurʼoni Karim :) (yana boshqa koʻp kitoblarni tanlab qoʻydim. Ish yaxshi ketsa, havas qilarlik kutubxonacha boʻladi).

Yanada batafsil maʼlumot keyingi sonlarda :)