Get Mystery Box with random crypto!

FOUNDATION KURSIDAN OLINGAN TAASSUROTLAR: (Asosan guruhimiz a | MJ

FOUNDATION KURSIDAN OLINGAN TAASSUROTLAR:

(Asosan guruhimiz azolariga tegishli gaplar)

Guruh haqida:

Guruhimiz Foundation 2 yani Foundation guruhlaridan 2 chi bo'lib ochilgan guruh edi. 2 chi raqam bo'lishiga qaramay inoqlik, bilim, tirishqoqlik, hazilkashlikda 1 chilardan edi deb aniq ayta olaman. Guruhimizda yoshi kattalar va yoshi ancha kichiklar ham bor. Eng qizig'i yoshi kattalar kichiklardan ajralmasdan, kibr qilmay hazillarini tushunib kulishadi, hazillarni ko'tara olishadi va shunga yarasha kichiklar ham ularni hurmatini o'z joyiga qo'yishadi. Yoshi kattalar deb guruhimizdagi Abdurashid aka va Muhammad Zulfiqor akalarni nazarda tutyabman.

Zulfiqor aka - birinchi o'qish kunlarim yaxshi tushunmay qolgan mavzularimni erinmasdan tushuntirib, o'z ishlari turgan bo'lsa ham meni savollarimga javob berib tushuntirishga harakat qilardilar. Ayniqsa kompyuterning CPU, GPU va RAM matohlarini Zulfiqorakadan o'rganganman.

Abdurashid aka - bunaqa yoshdagi odamlar mayda ishlarga sabri yetmay zamonaviy narsalarni ko'tara olishmaydi deb o'ylardim. Lekin Abdurashid aka dars vaqti bildiradigan fikrlari boshqalarnikidan ancha farq qilardi. Yoshimiz ulardan ancha kichik bo'lsayam ular bilan yaxshi chiqishar edik. Tennis o'ynashga borganimizda adashib o'zimni oddiy kompimni o'rniga ularni Mcbooklarini olib ketmoqchi bo'lganimni eslasam haligacham kulaman. Imtihonda esa ingiliz tilidan qo'llab yubordilar.

Guruhda judayam qiziq voqealar ko'p bo'lardi.

Hammani boshi qotib qolgan vaqt mavzuga aloqador bo'lmasa ham savol berib turadigan Muhammad Yusuf - yoshi kichik bo'lishiga qaramay guruhda bilim bo'yicha oldinda yuradigan o'quvchilardan. Ko'p qiziq gaplar shu boladan chiqardi.

Hamma ajoyib o'quvchilar bizning guruhga yig'ilgandi:
Felosof akamiz Umar, hammani ustoz deb chaqiradigan ajoyib Ahror akamiz, temir yo'l mutahassisi Lochinbek akamiz, oshpaz Suhrob ukamiz, namoz vaqti imomlikka o'tadigan Sarvar birodarimiz, kod yozib qiziq narsalar yasaydigan Hurshid do'stimiz, sho'r somsani yaxshi ko'radigan Abduqodir do'stimiz, dadil o'qiydigan va guruhdagi eng baland o'quvchi Asadbek do'stimiz, erinmay telegram guruhda ham o'qishda ham zo'r savollar beradigan Husan do'stimiz. Taqsirimiz bo'lmish Saud akaga kelsak, juda ham ajoyib va ko'nglida kiri yo'q inson. O'quvchilar bilan do'stdek muomalada bo'ladilar. Ko'pgina IT ga oid yangiliklarni va hayotlarida bo'lgan qiziq voqea, qilgan xatolarini aytib berardilar. Biz esa ham bilim ham tajriba olar edik. Hullas guruh o'quvchlarini hammasi ajoyib va juda ham inoq.

Foundation guruhi tugab, hamma har xil yo'nalishni tanlab ketmoqda. Lekin bunday guruh boshqa uchramaydi deb o'ylayman. Yana bilmadim, balkim uchrab qolar.

Hamma guruh o'quvchilarini kelajakdagi o'qishlari va ishlari yaxshi ketishini tilab qolaman.