Get Mystery Box with random crypto!

MJ

Telegram kanalining logotibi mayoquz — MJ M
Telegram kanalining logotibi mayoquz — MJ
Kanal manzili: @mayoquz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.69K
Kanalning ta’rifi

Muhammadjavohirning fikrlari

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-16 22:16:29 Ovozli xabar bilan tushuntirishga harakat qilaman.
1.3K views19:16
Ochish/sharhlash
2022-08-16 22:10:19
Mana bu usul nega tavsiya qilinmaydi?
1.2K views19:10
Ochish/sharhlash
2021-12-17 19:57:37
Yana bir yangilik, keyingi hafta, 22-dekabr, soat 11:00da, Toshkent Shahridagi Inha Universitetida mohirdev jamoasi bilan uchrashuv o'tkazamiz.

Uchrashuvga men ham kelaman, jonli, zoomda emas (so'raydiganlar topiladida shuniyam).

Juda koʻp qiziq mavzularda suhbat qilamiz va sizni qiziqtirgan savollarga javob beramiz.

Bu safar maxsus mehmonimiz Mohinur Abdurahimova, yaqinda bo'lib o'tgan Open Data Challenge 2021 xakaton sovrindori, Sun'iy Intellekt yo'nalishida ishlaydigan yosh olima, ayollarning Axborot Texnologiyalaridagi o'rni haqida gapiradi. Shuning uchun ayol-qizlarimizni ham tadbirda faol ishtrok etishlarini so'raymiz.

Tadbirda qatnashish uchun ro'yxatdan o'tishga link @mohirdev kanalida e'lon qilinadi.

p.s. Tadbir bepul (aniq bitta "aqlli" so'raydi shuni ).
616 views16:57
Ochish/sharhlash
2021-12-17 06:43:11
Qanday qilib 2022-yilda zo'r frontend dasturchi bo'lish mumkin?

Endi Namanganda ham buning imkoni bor.


Frontend dasturlash bo'yicha bo'lib o'tadigan "Meetup"ga taklif etamiz.

Noldan boshlab React yoki Vue texnologiyalarida stajyor darajasiga qanday chiqish mumkinligi va umumiy dasturlashni o'rganish bo'yicha tajribadan o'tgan maslahatlar haqida suhbatlashamiz.

Spiker haqida:

Muhammadjavohir Sur'atov:


- Westminster universiteti bitiruvchisi;
- 3 yildan oshiq dars berish tajribasi;
- 10 mingdan oshiq obunachisi bor YouTube kanal muallifi;
- Mohirdev.uz saytida 800 dan ortiq o'quvchi yozilgan kurs muallifi.

Meetup 18-dekabr soat 18:00da Namangan shahridagi "LanArk" Language School o'quv markazida bo'lib o'tadi.

Meetupga ro'yxatdan o'tish mutlaqo bepul:


Telefon: +998913676660

Administrator: @LanArk_Admin

Manzil: Namangan shahar, Chorsu dahasi, Zirabuloq ko'chasi 32-uy.

Mo'ljal: Chorsudagi "Uch zall" sport maktabi orqasida
931 views03:43
Ochish/sharhlash
2021-12-17 06:43:11 Bugun MayoqHubdagi o'quvchilar bilan uchrashuv.
Ertaga 10:00 - Marg'ilon RTMda suhbat.
Ertaga 18:00 - Namanganda suhbat.

Kettuu!
953 views03:43
Ochish/sharhlash
2021-12-15 11:17:32 Fullstack dasturchi bo'lmang. Dasturlashga yangi kirib kelayotganlarning juda ko'p qismi Fullstack dasturchi bo'lishni o'ylaydi. Bu yaxshi, ammo kattaroq joyda ishlamoqchi bo'lsangiz bu fikrdan qaytishingiz kerak. Bunga sabablar yetarlicha, hozir esa bu boradagi…
1.4K views08:17
Ochish/sharhlash
2021-12-15 11:12:57 Fullstack dasturchi bo'lmang.

Dasturlashga yangi kirib kelayotganlarning juda ko'p qismi Fullstack dasturchi bo'lishni o'ylaydi. Bu yaxshi, ammo kattaroq joyda ishlamoqchi bo'lsangiz bu fikrdan qaytishingiz kerak. Bunga sabablar yetarlicha, hozir esa bu boradagi o'z fikrlarim bilan o'rtoqlashmoqchiman.

Katta kompaniyalarga Fullstack dasturchilar kerak emas. Ularda Backend va Frontend dasturchilari uchun vazifalar alohida ajratilgan. Fullstack dasturchilarni esa asosan start-uplar yollaydi, buning sababi, katta ehtimol bilan byudjet kamligida. Shuning uchun ham Backend dasturchilarning maoshi Fullstack dasturchilaridan balandroq bo'ladi.

Dasturlashni o'rganiboq Backend yoki Fullstackchi bo'lib ishlayman deb o'ylagan bo'lsangiz adashasiz. Boshlanishiga baribir Frontendni o'rganishingiz kerak. Ko'pchilik Junior Backendchilarni ishga olishmaydi, chunki hech kim muhim ma'lumotlarini tajribasiz ishchiga ishonishni istashmaydi.

Fullstack dasturchi bo'laman deb harakat qilayotgan bo'lsangiz bu haqida biroz o'ylab ko'ring. Backend va Frontend bir-biriga bog'liq, ammo o'xshash narsa emas. Boshlanishiga esa Frontend yo'nalishini tanlashni maslahat beraman, chunki bu yo'nalishda tajribasiz dasturchilarga ham ish topish nisbatan osonroq.

Fullstack dasturchi bo'lib ishlashingiz mumkin bo'lgan yagona joy - frilans. U yerda ishlashingiz uchun ham baribir tajriba kerak bo'ladi, shuning uchun boshida bor e'tiborni Frontendga qaratavering.

@mabrur_dev
1.1K views08:12
Ochish/sharhlash
2021-12-14 14:55:00
#kepqoldi

Skrinshotdagi fikrni o'zimning faoliyatimni "soqqakashlik" deb bilishdi, deb tushundim. Ok.

Rizq Allohdan degani biron qo'lingdan keladigan ishga pul olmasdan o'tiraver degani emas.

Rizq Allohdan degani qo'lingdan keladigan ishni halol yo'l bilan topishga harakat qil, tavakkal qil. Lekin rizqni Alloh beradi. Rizq Allohdan deyishni erishgan natijani Hojiboy aytgandek "ko'proqroq qaziganimiz uchun hosil ko'p bo'ldi" deb emas, Alloh bergani uchun deb bilish kerak.

Ozgina bo'lsa ham fikr yuritinglar. Bozorga borib "anavi do'kondagi odam tekinga kiyim beryapti, sen ham tekinga ber" deb, rozi bo'lmagan odamni soqqa qilyapti deyish qanday mantiqqa to'g'ri keladi?

P.S. Postdagi fikrlar izoh egasining fikriga javoban yozilgan. Islomxo'janing ishlariga hech qanday e'tirozim yo'q. Noto'g'ri tushunilmasin.
1.4K viewsedited  11:55
Ochish/sharhlash
2021-12-14 11:06:42 Bolajonlar, "React bo'yicha o'zbek tilidagi darslar yo'q" deysizlar. Bor ekan-ku!
https://www.youtube.com/c/DevQuiz/videos

Darslarni Islomxo'ja Ismoilxo'ja stream (jonli efir) formatida o'tgan ekanlar.

Darslarga linkni bergan Muhammadamin akaga alohida rahmat Muhammadamin aka o'zlari @vuejs_uz oqsoqollaridan bo'ladilar
1.4K views08:06
Ochish/sharhlash