Get Mystery Box with random crypto!

Inson o'zini o'zi qo'pol qilib aytganda kaltaklab turishi kera | MJ

Inson o'zini o'zi qo'pol qilib aytganda kaltaklab turishi kerak. Bu qanday bo'ladi, hozir tushuntiraman.

Aytaylik, men tajribasiz, ish va hayot maydoniga kirib kelayotgan soddaroq odamman (aslida misolni o'zgalarda tasvirlab o'rganib qolganmiz, lekin "men" deb gapirsam nafsimga dars bo'lsin dedim) soddaroq odamman deyotgandim, keyin sekin-asta ishlab tajriba orttirishni boshladim, ozmi ko'pmi tanilishga ulgurdim, ishlar ancha yaxshilanib, endi o'zimdan g'ururlanishni o'rgandim. Atrofdagilarga yuqoridan nazar solib, odamlarga muomala o'zgardi, ba'zilarni mensimaydigan bo'lib qoldim. Aniqki, 3-4 yil oldin boshqacha edim. Endi esa kibr va manmanlik shundoq bilinib turadigan odamga aylandim.

Shunaqa bo'lmang. Kim bo'lsangiz ham, nima ish qilsangiz ham hokisor bo'ling. Samimiy va imkon qadar oddiy bo'ling. Qancha baland uchsangiz, qulashingiz shuncha qattiq va og'riqli bo'ladi. Eski kunlaringiz va holatingizni esdan chiqarmang)

Yuqoridagi kabi holatga tushishdan Alloh saqlasin. Zero kibr va manmanlik shaytonga xos, insonga hecham yarashmaydi)

@siddikovdesign