Get Mystery Box with random crypto!

Vazirlar Mahkamasining qaromog'idagi tashkilotlar Vazirlar Mah | Masofatalim™

Vazirlar Mahkamasining qaromog'idagi tashkilotlar Vazirlar Mahkamasining qarorini o'z vaqtida bajarmayotgani haqida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5953 sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (№646, 12.10.2020) qabul qilingan.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 2020-yil 1-dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilishi kerak edi.

Umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etilishi qayd etilgan (Vazirlar Mahkamasining qarorida aniq-tiniq belgilab qo'yilgan):

• 2020-yil 1-dekabrda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha;
• 2021-yil 1-fevralda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha;
• 2022-2024-yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha.

Ammo dekabr ham o'tdi, yanvar ham o'tdi, fevral ham o'tib, martga qarab ketyapmiz. Testdan esa darak yo'q. Tegishli tashkilotlar shu kunga qadar bu haqida hech qanday izoh bermagan. Fevralda kimyo va biologiya fanlaridan test o'tkazilishi kerak edi. Bunga hatto ro'yxatga olish ishlari ham boshlanmagan.

Mana shu mavzu yuzasidan murojaatlar ko'paygani ortidan, kecha Davlat test markazi bilan bog'landik. Ma'lum bo'ldiki, hali testlar tayyor emas va bunga Davlat test markazi mas'ul emas. Ya'ni milliy test tizimini o'tkazish Davlat test markazining zimmasida, testlarni tuzish esa Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining zimmasida ekani ma'lum bo'ldi.

Xulosa qilib aytganda, Vazirlar Mahkamasining qaramog'idagi tashkilotlar Vazirlar Mahkamasining qarorini o'z vaqtida bajarmagan. Bu borada biror tayinli izoh ham berib o'tmagan. Albatta, bu holatga Davlat test markazi, Xalq ta'limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy munosabatini kutib qolamiz!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida chiqarilgan Vazirlar Mahkamasining qarorini o'z vaqtida bajarmaslik, bu borada jamoatchilikka tayinli biror izoh bermaslik va befarq bo'lish uchun qanchalik mas'uliyatsiz bo'lish kerak — bunisi bizga qorong'u! Izoh kutamiz!

Kanalga ulanish:
@masofatalim