Get Mystery Box with random crypto!

Insonlarning fikr va tushunchalarini tubdan o'zgartirib yuborg | Legal Jobs

Insonlarning fikr va tushunchalarini tubdan o'zgartirib yuborgan intervyu!

Ko’pchilik intiladigan missiya, deyarli hamma qidiradigan motivatsiya aslida nima? Inson biror ishni bajarishi uchun unga motivatsiya kerakmi? “Ha, motivatsiya kerak. Masalan men...”, deyishga shoshilmang!

Shunchaki, haqiqiy motivatsiya nima ekanligini, doim mehnatdan rohat olish qanday bo’lishini, o’z sohangizni qanday topishingiz kerakligini bilib oling. Buning uchun YouTube’dagi Kandidat loyihamizning 28-yanvar sonini tomosha qilishingizni maslahat beramiz.

Chunki, mehmonimiz Sanjar Maqsudov yuqoridagi kabi savollarni aniq javoblar bilan birin-ketin “urib tushirdilar”!

Undan tashqari, biznesda sherikchilik qanday tuzilishi kerakligi, undagi shartnoma qanday bo’lishi ma’qulligi, kompaniyadagi kuchli mutaxassisni yanada kuchli qilish yo’llari kabi masalalarga ham sodda misollar orqali to’xtalib o’tildi.

Ming marta eshitgandan, bir marta ko’rgan yaxshi! Ko’rsatuvdagi mehmonning hozirjavobligi va mezbonlarning har bir javobdan olgan zavqlari uni yanada mazmunli qilgan! Ushbu havola orqali videoni to’liq tomosha qilsangiz, barchasiga o’zingiz guvoh bo’lasiz:





Чтение на русском