Get Mystery Box with random crypto!

​​Ketgan xodimning o'rnini to'ldirish PwC — Pricewaterhouse | Legal Jobs

​​Ketgan xodimning o'rnini to'ldirish

PwC — PricewaterhouseCoopers, xalqaro konsalting va audit kompaniyasi. Kompaniyaga 1849-yilda Londonda asos solingan. Bugun shu kompaniya tomonidan taqdim qilingan bitta ma'lumot haqida so'zlashamiz.

Ular kompaniyalarning ketayotgan xodimni almashtirish xarajatlarini hisoblash chiqishgan. Hisoblashda barcha faktorlar: yangi xodimni qidirish, tanlash va ishga olish, uni lavozimiga tayyorlash va o'qitish. Bundan tashqari, kelajakdagi xatolarining narxi, yo'qotilgan foyda va boshqalarni hisobga olingan.

Buni hisoblash uchun qisqa formulani taqdim etamiz: agar oddiy xodim ishdan bo'shasa, uning o'rnini to'ldirish uchun 6 oylik haqi, o'rta darajadagi menejer bo'lsa, 12 oylik ish haqi, agar top menejer bo'lsa, 24 oylik ish haqi yo'qotilar ekan!

O'zi xodimlar nima sababdan ishdan ketishadi? Noto'g'ri boshqaruv, xodimga e'tibor berilmasligi, uning harakatlarini yetarlicha baholanmasligi, "telba-teskari" ichki qoidalar va hokazo.

E'tibor bergan bo'lsangiz, bu yerda maosh kamligi aytilmadi. Sababi, aksariyat hollarda agar muhit yaxshi va mutaxassis to'g'ri tanlangan bo'lsa, maosh bozorga nisbatan biroz pastligi xodimning ketishiga sabab bo'lmaydi.

Shunday ekan, jamoadagi muhitni yaxshilash va ishni tizimlashtirish — bu masalada qilinishi kerak bo'lgan eng muhim ishlar hisoblanadi!