Get Mystery Box with random crypto!

​​Xodimlarning turlari: Initsiatorlar #2_qism Initsiatorlar | Legal Jobs

​​Xodimlarning turlari: Initsiatorlar #2_qism

Initsiatorlar — doimiy ravishda jamoada do’stlik rishtalarini o’rnatishga harakat qiladilar. Aynan ular tug’ilgan kun bilan tabriklash, tadbirlarni tashkillashtirishda juda faol bo’lishadi.

Ular boshqa birovlar uchun ham rejalar tuzishadi. Tahlil qilishni yoqtirishmaydi va biror narsa haqida to’liq bilmay turib ham ishga kirishib ketaveradilar.

Initsiatorlar yangi g’oyalarni juda tez o’ylab topishadi hamda juda tez birinchi g’oyadan ikkinchisiga o’tishadi. Bunday insonlar loyiha menejerligiga juda mos kelishadi. Agar ularning qo’l ostida kuchli va tartibli ijrochilar bo’lsa, nur ustiga a’lo nur bo’ladi.

Initsiatorlarda ishtiyoq va ilhom doim yuqori darajada bo’ladi. Ammo, doim ularning harakatlarini kuzatib borish tavsiya qilinadi. Initsiatorlarga bajariladigan ishlar ketma-ketligi va deadline haqida eslatib turish kerak.