Get Mystery Box with random crypto!

​​Hammaga qiziq bo’lgan o’sha savol: HR va kadrlar bo’limi mut | Legal Jobs

​​Hammaga qiziq bo’lgan o’sha savol: HR va kadrlar bo’limi mutaxassislarining farqi nimada?

Ba’zilar HR va an’anaviy kadrlar bo’limi xodimining vazifalari bir xil deb o’ylashsa, ayrimlar HR menejeri kim ekanini ham bilmaydilar. Bugun bu ikki mutaxassislikning farqlarini ko’rib chiqamiz.

Aytib o’tish joizki, har ikkalasi ham tashkilotga yangi xodimlarni olish, borlarining malakasini oshirish kabi umumiy vazifalarni bajarishadi.

An’anaviy kadrlar bilan ishlash bo’limi, odatda, rahbariyatning ko’rsatmalarini amalga oshiradi va mehnat qonunchiligi doirasida faoliyat yuritadi.

HR menejeri esa kadrlar masalasidagi muammolar yechimini qabul qilish va amalga oshirishda qatnashadi. Undan tashqari, kompaniyaning umumiy strategiyasini tuzishda qatnashadi va o’z vakolati doirasida unga ta’sir ko’rsatadi (o’zgartirish va qo’shimchalar kiritadi).

Undan tashqari, HR menejerlari kompaniya xodimlari bilan doimiy aloqada bo’ladilar. Ularning muammolariga yechim topish, ish effektivligini oshirish bo’yicha rejalar tuzadi va ularni amalga oshiradi.

Sizning kompaniyangizga ham ana shunday HR menejerlari kerak bo’lsa, kimga murojaat qilishni bilasiz!

Legal Jobs — eng yaxshi nomzodlar eng yaxshi kompaniyalar uchun!