Get Mystery Box with random crypto!

​​Bu kasblar funksional jihatdan butunlay yo’q bo’lib ketmagan | Legal Jobs

​​Bu kasblar funksional jihatdan butunlay yo’q bo’lib ketmagan, shunchaki ko’rinishini o’zgartirgan deyish mumkin.

Quyida biz zamonaviy talqiniga o’rganib qolgan ba’zi tarixiy kasblarni sanab o’tamiz:

Qozi — musulmon davlatlarida hukmdor tomonidan tayinlangan, shariat asosida sudyalik vazifasini bajaruvchi shaxs;

Xattot — kitoblarni chiroyli husnixatda yozish bilan shug’ullangan inson. Uni hozirgi kopirayterlarga qiyoslash mumkin. Binolarning peshtaxtalari uchun ham yozuvlar yozib berganini inobatga olsak, dizaynerlik kasbini ham qisman xattotlikning davomi deyish mumkin;

Jarchi — jamiyatdagi turli yangiliklarni odamlar ko’p joyga borib, jar solib (baqirib) aytadigan mutaxassislar. Ularning hozirgi ko’rinishi SMM menejerlari yoki marketologlarga to’g’ri keladi. Chunki, ular ham turli yangiliklarni odamlarga yetkazish bilan shug’ullanadilar;

Mirshab — Orta Osiyo xonliklaridagi lavozim. Ular shaharning tungi paytdagi osoyishtaligiga javobgar bo’lishgan. Militsiya xodimlarining vazifalarini mirshablikning zamonaviy ko’rinishi deyish mumkin.

Bu ro’yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Eng asosiysi, qaysi kasbni tanlashingizdan qat’iy nazar, vazifangizni bajarishga chin dildan yondashing!