Get Mystery Box with random crypto!

Learning_English_Freee

Telegram kanalining logotibi learning_english_freee — Learning_English_Freee L
Telegram kanalining logotibi learning_english_freee — Learning_English_Freee
Kanal manzili: @learning_english_freee
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76
Kanalning ta’rifi

Ingliz tilini o'rganmoqchimisiz u holda bu kanal aynan siz uchun.Bepul VA sifatli darslar. Noldan IELTS'gacha
📩Murojaat uchun Creator #Gold_usa
📮Reklama admin: @m_ar1pov
Agentlik: #rek_info
#Hamkor_kanal:👇Obuna bo'lib qo'yamz👇
@rustili_10daqiqada

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 80

2021-05-09 16:26:29
Justin Bieber - Let me love you (Lyrics)

Eng sara darslar va qo'llanmalar bizning kanalda

Kanalimizga obuna bo'ling
@Learning_English_Freee
5.7K viewsUlugbek, 13:26
Ochish/sharhlash
2021-05-09 16:00:14
4000 Essential English Words:

#book_1_unit 18

argue - bahslashmoq
communicate - suhbat qurmoq
crowd - omma, olamon
depend - tegishli bo'lmoq
dish - idish
empty - bo'sh
exact - aniq
fresh - yangi
gather - to'plamoq
indicate - ko'rsatmoq
item - buyum, narsa
offer - taklif qilmoq
price - narx
product - mahsulot
property - mulk
purchase - sotib olmoq
recommend - tavsiya qilmoq
select - tanlamoq
tool - asbob, anjom
treat - munosabatda bo'lmoq

@Learning_English_Freee Siz-u bizga kerakli va foydali kanal!

Join and share!
https://t.me/joinchat/AAAAAEfDRQQe2-JwFO8lzw
5.8K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 13:00
Ochish/sharhlash
2021-05-09 15:29:01
Ingliz tilida "Sen nonko'rsan " iborasi qanday tarjima qilinadi?
5.3K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 12:29
Ochish/sharhlash
2021-05-09 13:42:49 9-may kuni @Learning_English_Freee kanalida barcha kutgan ingliz tili fanidan 30talik DTM test online test bo'lib o'tadi.Bu test yordamida siz o'z darajangizni aniqlashingiz mumkin. Testimizga qo'ldan kelgancha do'stlaringizni taklif qiling. Test vaqti:…
6.5K viewsUlugbek, 10:42
Ochish/sharhlash
2021-05-09 13:41:05 9-may kuni @Learning_English_Freee kanalida barcha kutgan ingliz tili fanidan 30talik DTM test online test bo'lib o'tadi.Bu test yordamida siz o'z darajangizni aniqlashingiz mumkin. Testimizga qo'ldan kelgancha do'stlaringizni taklif qiling.

Test vaqti: 9-may 21:00


Kanalimiz @Learning_English_Freee
6.4K viewsUlugbek, 10:41
Ochish/sharhlash
2021-05-09 10:45:18
Rihanna- Diamonds(eng-uzb lyrics)

Tarjimasi bilan youtube tarmog'idan olindi

@Learning_English_Freee

Join and share!
https://t.me/joinchat/AAAAAEfDRQQe2-JwFO8lzw
7.9K viewsManager , edited  07:45
Ochish/sharhlash
2021-05-09 07:29:57
9-may – Xotira va qadrlash kuni!

Barcha hamyurtlarimizni “Xotira va qadrlash kuni” bilan, shuningdek, nafaqat xalqimiz, balki ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan mamlakatlar aholisi uchun muhim bo‘lgan fashizm ustidan g‘alaba qozonilgan sana bilan tabriklaymiz!

Xotira bor ekan – millat barhayot, deydilar. Bizning vazifamiz –qahramonlarimizning muqaddas xotirasini hurmat qilish va asrab-avaylashdir. Jang maydonlarida kurashganlar, so‘nggi burda nonigacha frontga jo‘natib, o‘zlari front ortida boshqa yov – ochlik, qo‘rquv va noma’lumlik bilan kurashib o‘tganlar xotirasi oldida bosh egishimiz, bugun safimizda yurganlarni hayotligida ardoqlashimiz lozim. Barini yodda tutgan holda, bugungi kunda bor bo‘lgan ne’matlar – tinchlik, xotirjamlik, shuningdek, oilamiz va yaqinlarimiz xavfsizligining qadriga yetaylik.

Osoyishtaligimiz va farovonligimiz bardavom bo‘lsin!


Kanalimizdan uzoqlashmang: @Learning_English_Freee
9.7K viewsManager , 04:29
Ochish/sharhlash
2021-05-08 21:22:02 Ingliz tili testlarini tavakkal bajarish DAVOMI
IBORAVIY FE’LLARNI YODLANG. Imkon qadar ko’proq iboraviy fe’llarni yodlashga harakat qiling.
Qanchasini yodlay olsangiz, shunchasini o’rganib olishga harakat qiling. Agar testda iboraviy fe’lning birinchi, fe’l qismi berilgan bo’lsa-yu, Sizdan ikkinchi, predlog qismini topish talab etilgan bo’lsa, yodlaganlaringiz Sizga qo’l kelib qolishi mumkin. Har kuni kanalimizda kanalida iboraviy fe'llar berib borilmoqda
MATNLI SAVOLLAR JAVOBLARINI HARFLAR KETMA-KETLIGI ASOSIDA BELGILANG.
Nima demoqchi ekanligimni tushuntiraman: masalan, matn berilgan, undan so’ng esa 3 ta matnga oid savol berilgan. Agar shu uchta testning birinchisini B, ikkinchisini C deb belgilangan bo’lsangiz, uchinchisini A deb belgilamang! Kuzatishlarim bo’yicha test tuzuvchilar matnlardan keyin keladigan uchta savol javoblarining to’g’rilarini ko’pincha harflar ketma-ketligi asosida yashirishadi. Ya’ni, agar birinchi savolning to’g’ri javobi B bo’lsa, demak keyingi ikkita savolning to’g’ri javobi A bo’lmasligi aniq. Ikkinchi va uchinchi savolning to’g’ri javoblari C yoki D, juda kamdan-kam holatlarda B (yuqoridagi javob bilan bir hil) bo’lish ehtimoli kuchli.
BIR TANLOVNI KETMA-KET 3 MARTADAN KO’P BEGILAMANG.
Bu nafaqat ingliz tili, balki boshqa har qanday fanga oid testlarga ham ta’luqli. Agar 7 ta savolni ketma-ket A yoki B yoki C yoki D qilib bir hil belgilasangiz, ularning ko’pi bilan 3 tasi to’g’ri chiqadi. Tavakkal qilishni juda xohlayotgan bo’lsangiz, imkon qadar javob harflarini turli hil qilib belgilashga harakat qiling. Bir hil harfni ketma-ket ko’p marta belgilamang.

Kanalimizda qoling sababi imtixonga 1 hafta qolganda sizlar bilan imtixon uchun maxsus tartibda ishlaymiz.

Kanalimizdan uzoqlashmang maqola yoqan bo'lsa, kanalga do'stlarizni taklif qiling agarda safimiz kengayib borsa sizlar uchun juda zo'r yangi malumotlarim bor. Buning uchun siz kanalimizni kuzatib borshingiz va ko'p do'stlarizni taklf etishingiz kerak.

Muallif: Azamat Xodjakov

@Learning_English_Freee Siz-u bizga kerakli va foydali kanal!

Join and share!
https://t.me/joinchat/AAAAAEfDRQQe2-JwFO8lzw
3.4K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 18:22
Ochish/sharhlash
2021-05-08 20:22:41 Test Ishlash SIrlari


Bu yerdagi ma'lumotlar hammaga kerakli sababi agar ingliz tilini umuman bilmasangiz buyerdagi ma'lumotlar bilan ko'proq yechasiz.
Agar ingliz tilinib bilsangiz bu malumotlar siz uchun eslatmadek bo'ladi

Bu maqola orqali men hech kimni kirish imtihonlarida tavakkalga asoslanib test bajarishga undamoqchi emasman. .

Ingliz tili testlarini tavakkal bajarishda quyidagilarga e’tibor bering:

PREDLOGLARDAN KEYIN HAR DOIM OXIRI “-ING” QO’SHIMCHASI BILAN TUGAGAN FE’LLARNI TANLANG. Ingliz tili grammatikasidagi asosiy qoidalarga ko’ra deyarli har doim ON, IN, OFF, UP, DOWN, UNDER, OF, ABOUT va boshqa predloglardan keyin oxiri “-ING” qo’shimchasi bilan tugagan fe’llar ishlatiladi. Agar savol “He is afraid of … ” ko’rinishida bo’lsa, ya’ni “…”dan oldin predlog bo’lsa, demak berilgan javob variantlaridagi fe’llarning “ING” bilan tugagani to’g’ri javob hisoblanadi. Bu usul 80% holatlarda to’g’ri.
without laughing, afraid of losing, angry about walking
O’ZIDAN KEYIN “TO” VA “ING” OLADIGAN MAHSUS FE’LLARNI YODLAB OLING.
Ularni yodlab oling va “…” dan oldin Siz yodlagan shu fe’llardan birini ko’rsangiz, darhol TO yuklamasi bilan boshlangan fe’lni to’g’ri javob sifatida belgilang. O’zindan keyin “-ING” qo’shimchasini olgan fe’l (gerund) keladigan fe’llar ham bor.
agree to do, afford to buy, wait to hear
mention going, risk losing, quit trying
MATNLI SAVOLLARDAGI JAVOBLARNING ENG UZUN, KO’P YOZUVLISINI TANLANG. Bu 90% testlarda to’g’ri natija beradi. Ingliz tili testlaridagi matnli savollarning to’g’ri javoblari eng ko’p hollarda eng yozuvi ko’pi, uzun yozilgani bo’ladi. Testlarni tavakkal bajarayotgan ekansiz, bu tanlov Siz uchun eng yaxshisi hisoblanadi!
ANIQ ARTIKLNING QO’LLANILISHINI YUZAKI O’RGANIB CHIQING. Ingliz tilida THE aniq artikli ma’lum otlar yoki boshqa so’z turkumidagi so’zlar oldidan doimiy ishlatiladi. Ularni yodlab qolish juda oson. Masalan, dunyoda yagona bo’lgan otlar; quyosh, oy, yer va hokazolar oldidan har doim THE ishlatiladi. Sifatning orttirma darajasi oldidan ham aniq artikl ishlatiladi. Demak, “… smallest” (ohiriga -est qo’shimchasi qo’shilgan), yoki “… most important” (ko’p bo’g’inli sifatdan oldin most so’zi qo’yilgan) sifatlardan oldin har doim aniq artikl qo’yiladi. Bunaqa qoidalar ko’p, lekin qisqa vaqtda o’rganishga ulgurmasligingiz darajasida juda ko’p emas. Tahminan 3-4 soat yaxshi shug’ullanish orqali THE ishlatiladigan so’zlarning hammasini o’rganib olishingiz mumkin.
TO BE FE’LINING NUQTALARDAN OLDIN TURGAN OTGA MOS SHAKLINING TESKARISINI TANLANG.
Hozirda TO BE fe’lining shaklini tanlashni talab qiladigan testlar ko’pincha bir hil usul asosida tayyorlanayapti. Ya’ni, savolda “…”dan oldin ko’plik shaklidagi ot bo’lsa, TO BE fe’lining birlik shakli to’g’ri javob, aksincha, “…”dan oldin turgan ot birlik shaklida bo’lsa, TO BE fe’lining birlik shakli to’g’ri javob sifatida tanlanayapti. Bilmadim, bu balki test bajaruvchilarni chalg’itish uchundir, ammo shaxsan men bunaqa testlarning juda ko’piga duch kelayapman. Demak, “…” dan avval ko’plik shaklidagi ot bo’lsa TO BE fe’lining IS yoki WAS shaklini tanlang. Agar “…”dan oldin birlik shaklidagi ot bo’lsa, TO BE fe’lining ARE yoki WERE shaklini tanlang. Tanlovingiz ko’p hollarda to’g’ri bo’ladi.
Masalan:
Twenty-five people looking for Tom … here.
A. is B. are.
Tabiiyki, TO BE fe’li bilan tanish bo’lgan kishi nuqtalar o’rniga “Tom”ga nisbatan TO BE fe’lining “IS” shakli qo’llaniladi, deb A javobni belgilashadi. Hozirda ko’pchilik testlar aynan shunday chalg’ituvchi usul bilan tuzilayapti. Yaxshilab qarasak, yuqoridagi testda TO BE fe’lining shakli “25 people”ga nisbatan qo’yilishi kerak. Shuning uchun ham nuqtalar o’rniga TO BE fe’lini qo’yish kerak bo’lganda nuqtalardan avval turgan ot birlikda bo’lsa (yuqoridagi vaziyatda TOM), TO BE fe’lining ko’plikdagi shaklini tanlashni maslahat berdim. Bu testning to’g’ri javobi ham (tavsiyaga asosan) ARE!

Davomi bor....

@Learning_English_Freee Siz-u bizga kerakli va foydali kanal!

Join and share!
https://t.me/joinchat/AAAAAEfDRQQe2-JwFO8lzw
4.2K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 17:22
Ochish/sharhlash
2021-05-08 19:03:09
"U shamollagan" ingliz tilida qanday tarjima qilinadi?
4.7K viewsFurqat Abdurayimov, 16:03
Ochish/sharhlash