Get Mystery Box with random crypto!

9-may – Xotira va qadrlash kuni! Barcha hamyurtlarimizni “Xot | Learning_English_Freee

9-may – Xotira va qadrlash kuni!

Barcha hamyurtlarimizni “Xotira va qadrlash kuni” bilan, shuningdek, nafaqat xalqimiz, balki ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan mamlakatlar aholisi uchun muhim bo‘lgan fashizm ustidan g‘alaba qozonilgan sana bilan tabriklaymiz!

Xotira bor ekan – millat barhayot, deydilar. Bizning vazifamiz –qahramonlarimizning muqaddas xotirasini hurmat qilish va asrab-avaylashdir. Jang maydonlarida kurashganlar, so‘nggi burda nonigacha frontga jo‘natib, o‘zlari front ortida boshqa yov – ochlik, qo‘rquv va noma’lumlik bilan kurashib o‘tganlar xotirasi oldida bosh egishimiz, bugun safimizda yurganlarni hayotligida ardoqlashimiz lozim. Barini yodda tutgan holda, bugungi kunda bor bo‘lgan ne’matlar – tinchlik, xotirjamlik, shuningdek, oilamiz va yaqinlarimiz xavfsizligining qadriga yetaylik.

Osoyishtaligimiz va farovonligimiz bardavom bo‘lsin!


Kanalimizdan uzoqlashmang: @Learning_English_Freee