Get Mystery Box with random crypto!

Test Ishlash SIrlari Bu yerdagi ma'lumotlar hammaga kerakli | Learning_English_Freee

Test Ishlash SIrlari


Bu yerdagi ma'lumotlar hammaga kerakli sababi agar ingliz tilini umuman bilmasangiz buyerdagi ma'lumotlar bilan ko'proq yechasiz.
Agar ingliz tilinib bilsangiz bu malumotlar siz uchun eslatmadek bo'ladi

Bu maqola orqali men hech kimni kirish imtihonlarida tavakkalga asoslanib test bajarishga undamoqchi emasman. .

Ingliz tili testlarini tavakkal bajarishda quyidagilarga e’tibor bering:

PREDLOGLARDAN KEYIN HAR DOIM OXIRI “-ING” QO’SHIMCHASI BILAN TUGAGAN FE’LLARNI TANLANG. Ingliz tili grammatikasidagi asosiy qoidalarga ko’ra deyarli har doim ON, IN, OFF, UP, DOWN, UNDER, OF, ABOUT va boshqa predloglardan keyin oxiri “-ING” qo’shimchasi bilan tugagan fe’llar ishlatiladi. Agar savol “He is afraid of … ” ko’rinishida bo’lsa, ya’ni “…”dan oldin predlog bo’lsa, demak berilgan javob variantlaridagi fe’llarning “ING” bilan tugagani to’g’ri javob hisoblanadi. Bu usul 80% holatlarda to’g’ri.
without laughing, afraid of losing, angry about walking
O’ZIDAN KEYIN “TO” VA “ING” OLADIGAN MAHSUS FE’LLARNI YODLAB OLING.
Ularni yodlab oling va “…” dan oldin Siz yodlagan shu fe’llardan birini ko’rsangiz, darhol TO yuklamasi bilan boshlangan fe’lni to’g’ri javob sifatida belgilang. O’zindan keyin “-ING” qo’shimchasini olgan fe’l (gerund) keladigan fe’llar ham bor.
agree to do, afford to buy, wait to hear
mention going, risk losing, quit trying
MATNLI SAVOLLARDAGI JAVOBLARNING ENG UZUN, KO’P YOZUVLISINI TANLANG. Bu 90% testlarda to’g’ri natija beradi. Ingliz tili testlaridagi matnli savollarning to’g’ri javoblari eng ko’p hollarda eng yozuvi ko’pi, uzun yozilgani bo’ladi. Testlarni tavakkal bajarayotgan ekansiz, bu tanlov Siz uchun eng yaxshisi hisoblanadi!
ANIQ ARTIKLNING QO’LLANILISHINI YUZAKI O’RGANIB CHIQING. Ingliz tilida THE aniq artikli ma’lum otlar yoki boshqa so’z turkumidagi so’zlar oldidan doimiy ishlatiladi. Ularni yodlab qolish juda oson. Masalan, dunyoda yagona bo’lgan otlar; quyosh, oy, yer va hokazolar oldidan har doim THE ishlatiladi. Sifatning orttirma darajasi oldidan ham aniq artikl ishlatiladi. Demak, “… smallest” (ohiriga -est qo’shimchasi qo’shilgan), yoki “… most important” (ko’p bo’g’inli sifatdan oldin most so’zi qo’yilgan) sifatlardan oldin har doim aniq artikl qo’yiladi. Bunaqa qoidalar ko’p, lekin qisqa vaqtda o’rganishga ulgurmasligingiz darajasida juda ko’p emas. Tahminan 3-4 soat yaxshi shug’ullanish orqali THE ishlatiladigan so’zlarning hammasini o’rganib olishingiz mumkin.
TO BE FE’LINING NUQTALARDAN OLDIN TURGAN OTGA MOS SHAKLINING TESKARISINI TANLANG.
Hozirda TO BE fe’lining shaklini tanlashni talab qiladigan testlar ko’pincha bir hil usul asosida tayyorlanayapti. Ya’ni, savolda “…”dan oldin ko’plik shaklidagi ot bo’lsa, TO BE fe’lining birlik shakli to’g’ri javob, aksincha, “…”dan oldin turgan ot birlik shaklida bo’lsa, TO BE fe’lining birlik shakli to’g’ri javob sifatida tanlanayapti. Bilmadim, bu balki test bajaruvchilarni chalg’itish uchundir, ammo shaxsan men bunaqa testlarning juda ko’piga duch kelayapman. Demak, “…” dan avval ko’plik shaklidagi ot bo’lsa TO BE fe’lining IS yoki WAS shaklini tanlang. Agar “…”dan oldin birlik shaklidagi ot bo’lsa, TO BE fe’lining ARE yoki WERE shaklini tanlang. Tanlovingiz ko’p hollarda to’g’ri bo’ladi.
Masalan:
Twenty-five people looking for Tom … here.
A. is B. are.
Tabiiyki, TO BE fe’li bilan tanish bo’lgan kishi nuqtalar o’rniga “Tom”ga nisbatan TO BE fe’lining “IS” shakli qo’llaniladi, deb A javobni belgilashadi. Hozirda ko’pchilik testlar aynan shunday chalg’ituvchi usul bilan tuzilayapti. Yaxshilab qarasak, yuqoridagi testda TO BE fe’lining shakli “25 people”ga nisbatan qo’yilishi kerak. Shuning uchun ham nuqtalar o’rniga TO BE fe’lini qo’yish kerak bo’lganda nuqtalardan avval turgan ot birlikda bo’lsa (yuqoridagi vaziyatda TOM), TO BE fe’lining ko’plikdagi shaklini tanlashni maslahat berdim. Bu testning to’g’ri javobi ham (tavsiyaga asosan) ARE!

Davomi bor....

@Learning_English_Freee Siz-u bizga kerakli va foydali kanal!

Join and share!
https://t.me/joinchat/AAAAAEfDRQQe2-JwFO8lzw