Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz tili testlarini tavakkal bajarish DAVOMI IBORAVIY FE’ | Learning_English_Freee

Ingliz tili testlarini tavakkal bajarish DAVOMI
IBORAVIY FE’LLARNI YODLANG. Imkon qadar ko’proq iboraviy fe’llarni yodlashga harakat qiling.
Qanchasini yodlay olsangiz, shunchasini o’rganib olishga harakat qiling. Agar testda iboraviy fe’lning birinchi, fe’l qismi berilgan bo’lsa-yu, Sizdan ikkinchi, predlog qismini topish talab etilgan bo’lsa, yodlaganlaringiz Sizga qo’l kelib qolishi mumkin. Har kuni kanalimizda kanalida iboraviy fe'llar berib borilmoqda
MATNLI SAVOLLAR JAVOBLARINI HARFLAR KETMA-KETLIGI ASOSIDA BELGILANG.
Nima demoqchi ekanligimni tushuntiraman: masalan, matn berilgan, undan so’ng esa 3 ta matnga oid savol berilgan. Agar shu uchta testning birinchisini B, ikkinchisini C deb belgilangan bo’lsangiz, uchinchisini A deb belgilamang! Kuzatishlarim bo’yicha test tuzuvchilar matnlardan keyin keladigan uchta savol javoblarining to’g’rilarini ko’pincha harflar ketma-ketligi asosida yashirishadi. Ya’ni, agar birinchi savolning to’g’ri javobi B bo’lsa, demak keyingi ikkita savolning to’g’ri javobi A bo’lmasligi aniq. Ikkinchi va uchinchi savolning to’g’ri javoblari C yoki D, juda kamdan-kam holatlarda B (yuqoridagi javob bilan bir hil) bo’lish ehtimoli kuchli.
BIR TANLOVNI KETMA-KET 3 MARTADAN KO’P BEGILAMANG.
Bu nafaqat ingliz tili, balki boshqa har qanday fanga oid testlarga ham ta’luqli. Agar 7 ta savolni ketma-ket A yoki B yoki C yoki D qilib bir hil belgilasangiz, ularning ko’pi bilan 3 tasi to’g’ri chiqadi. Tavakkal qilishni juda xohlayotgan bo’lsangiz, imkon qadar javob harflarini turli hil qilib belgilashga harakat qiling. Bir hil harfni ketma-ket ko’p marta belgilamang.

Kanalimizda qoling sababi imtixonga 1 hafta qolganda sizlar bilan imtixon uchun maxsus tartibda ishlaymiz.

Kanalimizdan uzoqlashmang maqola yoqan bo'lsa, kanalga do'stlarizni taklif qiling agarda safimiz kengayib borsa sizlar uchun juda zo'r yangi malumotlarim bor. Buning uchun siz kanalimizni kuzatib borshingiz va ko'p do'stlarizni taklf etishingiz kerak.

Muallif: Azamat Xodjakov

@Learning_English_Freee Siz-u bizga kerakli va foydali kanal!

Join and share!
https://t.me/joinchat/AAAAAEfDRQQe2-JwFO8lzw