Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryo | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzsurxondaryo — Surxondaryo | Kun.uz S
Telegram kanalining logotibi kunuzsurxondaryo — Surxondaryo | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzsurxondaryo
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.32K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Surxondaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-06-30 12:52:27
1-iyul kuni ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 1-iyul, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

https://kun.uz/uz/81885836

Surxondaryo xabarlari
6.0K views09:52
Ochish/sharhlash
2023-06-30 09:18:57
1-iyuldan kasb-hunar maktablariga qabul boshlanadi

100 dan ortiq kasblardan birini egallash istagida bo‘lgan joriy yil 9-sinfni bitirganlarning hujjatlari my.edu.uz elektron platformasi orqali 2023 yilning 1-iyul kunidan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Platformaga:

tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID-karta ma’lumotlari;
3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

2023/2024-o‘quv yilida kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 98 042 ta qabul parametrlari tasdiqlangan.

Shundan:
kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha – 93 310 ta;
dual ta’lim shakli bo‘yicha – 4 732 ta.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda respublikada 330 ta kasb-hunar maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Surxondaryo xabarlari
6.4K viewsedited  06:18
Ochish/sharhlash
2023-06-30 07:24:20
Sirtqi ta’lim masofaviy shaklga o‘tkazilishi mumkin

Oliy ta’lim muassasalaridagi sirtqi ta’limni masofaviy shaklga o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma’lum qildi.

https://kun.uz/uz/57717415

Surxondaryo xabarlari
5.8K views04:24
Ochish/sharhlash
2023-06-29 15:37:14
Qashqadaryoda Toshkentdagi mijozga “opiy” olib ketayotgan surxondaryolik haydovchi ushlandi

DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, viloyat ichki ishlar va bojxona boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda  Ko‘kdala tumanidagi “Umakay” YPX maskanida Toshkent shahriga ketayotgan Denov tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Cobalt to‘xtatilgan.

Mashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida 2 kg “opiy” va 550 gr. “gashish” moddalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, Tojikistondan keltirilgan “opiy”ni Toshkent shahrida qabul qilib olgan Denov tumanida yashovchi shaxs ham ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryo xabarlari
6.2K views12:37
Ochish/sharhlash
2023-06-29 12:51:03
Nikohlanuvchilar uchun genetik test, vazirlik stipendiyasi hamda yangi umummilliy harakat – 1-iyuldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Kun.uz sayti o‘z an’anasiga muvofiq 2023 yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tadi.

https://kun.uz/uz/27009922

Surxondaryo xabarlari
5.8K views09:51
Ochish/sharhlash
2023-06-29 11:02:37
Yana bir toifadagi eski haydovchilik guvohnomalarining muddati tugamoqda

2010-2012 yillarda berilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari 1 iyuldan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. 2013-2015 yillarga oid guvohnomalar shu yil 30 sentabrgacha, 2015-yildan keyin berilgan eski namunadagi guvohnomalar esa 31-dekabrgacha amal qiladi.

https://kun.uz/uz/41500085

Surxondaryo xabarlari
6.4K views08:02
Ochish/sharhlash
2023-06-12 15:01:02
AQSH dollarining rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 13-iyundan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

USD 11 442,42 so‘m (+18,42)
RUB 138,85 so‘m (+0,44)
EUR 12 340,65 so‘m (+49,57)


Surxondaryo xabarlari
2.0K views12:01
Ochish/sharhlash
2023-06-12 14:01:02
Termizda yigit “Telegram” tanishgan qizni chuv tushirdi

Termizda yashovchi 25 yoshli ayol IIBga murojaat qilib, “Telegram”da “San’at” ismli shaxs bilan tanishib, unga 42 mln 274 ming so‘m berib, pullarini qaytarib ololmayotgani ma‘lum qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Termiz shahrida yashovchi 23 yoshli A.S. ismli shaxs sodir etgani aniqlangan. Yigit qiz bilan “Telegram”da tanishib, ma’lum vaqt ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan.

So‘ng yigit ushbu yaqinlikdan foydalanib, o‘ziga pul juda zarur bo‘lib qolganini aytib qizdan plastik karta orqali jami 42 mln 274 ming so‘m o‘tkazib olgan va qizning kontaktlarini bloklab qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan yigitga nisbatan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, A.S tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar  uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.    

Surxondaryo xabarlari
2.8K views11:01
Ochish/sharhlash
2023-06-12 13:07:02
Hafta davomida harorat yana asta-sekin ko‘tariladi

Hafta ikkinchi yarmida kunduzi havo harorati +37...+40 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba'zi joylarda +41...+42 darajagacha ko‘tariladi.

https://kun.uz/uz/52672582

Surxondaryo xabarlari
3.0K views10:07
Ochish/sharhlash
2023-06-12 12:05:02
Surxondaryo viloyatida nechta akademik litsey bor?

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan akademik litseylar soni 85 tani tashkil etgan.

Hududlar kesimida faoliyat koʻrsatayotgan akademik litseylar soni:

— Qoraqalpogʻiston R. – 5
— Andijon viloyati – 5
— Buxoro viloyati – 4
— Jizzax viloyati – 3
— Qashqadaryo viloyati – 7
— Navoiy viloyati – 3
— Namangan viloyati – 4
— Samarqand viloyati – 8
— Surxondaryo viloyati – 4
— Sirdaryo viloyati – 2
— Toshkent viloyati – 4
— Fargʻona viloyati – 6
— Xorazm viloyati – 3
— Toshkent shahri – 27

Surxondaryo xabarlari
3.6K views09:05
Ochish/sharhlash