Get Mystery Box with random crypto!

Qashqadaryoda Toshkentdagi mijozga “opiy” olib ketayotgan surx | Surxondaryo | Kun.uz

Qashqadaryoda Toshkentdagi mijozga “opiy” olib ketayotgan surxondaryolik haydovchi ushlandi

DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, viloyat ichki ishlar va bojxona boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda  Ko‘kdala tumanidagi “Umakay” YPX maskanida Toshkent shahriga ketayotgan Denov tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Cobalt to‘xtatilgan.

Mashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida 2 kg “opiy” va 550 gr. “gashish” moddalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, Tojikistondan keltirilgan “opiy”ni Toshkent shahrida qabul qilib olgan Denov tumanida yashovchi shaxs ham ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryo xabarlari