Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryo | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzsurxondaryo — Surxondaryo | Kun.uz S
Telegram kanalining logotibi kunuzsurxondaryo — Surxondaryo | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzsurxondaryo
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.32K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Surxondaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-07-06 10:52:10
7-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 7-iyul, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra ertaga Samarqand viloyatida havoharorati +36, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +40 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

https://kun.uz/uz/35365987

Surxondaryo xabarlari
5.1K views07:52
Ochish/sharhlash
2023-07-06 09:01:48
Oltinsoy tumanida olib borilgan reyd tadbirida huqubuzarlik sodir etib harakatlangan bir qancha haydovchilarga chora ko‘rildi.

Surxondaryo xabarlari
7.2K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-07-06 08:23:55
Ijtimoiy tarmoqlarda «Radarga tushgan qoidabuzarlikning videosi bo‘lmasa, jarima bekor bo‘ladi» mazmunida xabarlar tarqaldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabar yuzadidan munosabat bildirdi.

«Tarmoqlardagi ayrim sahifalarning adminlaridan asossiz ma’lumot tarqatib, jamoatchilikni chalg‘itmasliklarini so‘raymiz», deyiladi munosabatda.

Surxondaryo xabarlari
6.1K views05:23
Ochish/sharhlash
2023-07-06 07:08:38
Pedagogik yo‘nalishlar qabulida o‘zgarish – sirtqi ta’limga kimlarga ruxsat beriladi?

Bu yilgi qabuldan pedagogik yo‘nalishlarning sirtqi ta’lim shakli qabulida o‘zgarish bo‘ldi. Ba’zi yo‘nalishlarga sirtqiga qabul butunlay to‘xtatildi, ba’zilariga 5 yillik staj so‘raladi, ba’zilariga esa stajsiz ham hujjat topshirish mumkin.

https://kun.uz/uz/89889527

Surxondaryo xabarlari
5.1K views04:08
Ochish/sharhlash
2023-07-05 14:35:20
Surxondaryo viloyatida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni qancha?

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-iyun holatiga koʻra, O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni 12 807 tani tashkil etgan.

Hududlar kesimida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni:

Toshkent shahri – 8 176 ta
Toshkent viloyati – 1 417 ta
Samarqand viloyati – 537 ta
Fargʻona viloyati – 459 ta
Surxondaryo viloyati – 357 ta
Andijon viloyati – 312 ta
Buxoro viloyati – 298 ta
Namangan viloyati – 220 ta
Navoiy viloyati – 207 ta
Sirdaryo viloyati – 189 ta
Jizzax viloyati – 177 ta
Qashqadaryo viloyati – 171 ta
Qoraqalpogʻiston R. – 158 ta
Xorazm viloyati – 129 ta

Surxondaryo xabarlari
6.6K views11:35
Ochish/sharhlash
2023-07-05 12:44:34
O‘zbekistonda AQSh dollari qiymati 11 600 so‘mlik nuqtaga yetdi

Mamlakatdagi qariyb o‘nta tijorat bankida 5-iyul kuni AQSH dollarining sotib olish 11 540 so‘m bo‘layapti. Sotuv kursi esa 11 600 so‘mgacha oshdi. Bu – 2022-yil mart oyidan keyingi davrdagi eng yuqori kurs.

Ma'lumot uchun, Markaziy bank 5-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgilagan va unga ko‘ra 1 dollar 11 541 so‘m etib belgilangan edi.

Surxondaryo xabarlari
5.0K views09:44
Ochish/sharhlash
2023-07-05 11:29:50
Surxondaryo manzaralari, Boysun tumanidagi Xo‘jamayxona bulog‘i

Boysun tumanidagi Xo‘jamayxona bulog‘i shifobaxsh suvi bilan xalq orasida mashhur. Maftunkor tabiat manzaralari qo‘ynidan sizib chiqayotgan obi-hayot o‘ta tiniq va yilning to‘rt faslida ham birdek salqin bo‘lib turadi.

Mutaxassislarning fikricha, buloqdan sekundiga uch kub suv otilib chiqadi. Suvda bir metrgacha bo‘lgan uzunlikdagi baliqlar bor. Lekin, ularni hech kim ovlamaydi. Tepadan pastga qarab, torayib boradigan suv g‘orining chuqurligi ham o‘rganilmagan.

Surxondaryo xabarlari
6.5K views08:29
Ochish/sharhlash
2023-07-03 17:19:26
4-iyul kuni harorat 40 darajagacha ko‘tariladi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 4-iyul, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra ertaga Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +40 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

https://kun.uz/uz/29104874

Surxondaryo xabarlari
3.5K views14:19
Ochish/sharhlash
2023-07-03 14:17:47
Dollar kursi yana oshdi

Markaziy bank 4-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

USD 11 534,99 so‘m (+12,86)
RUB 129,09 so‘m (–6,54)
EUR 12 561,60 so‘m (–44,76)


Surxondaryo xabarlari
4.4K views11:17
Ochish/sharhlash
2023-07-03 13:22:30
Termiz shahrida olib borilayotgan reydlar davomida bir qancha qoidabuzarliklar sodir etgan va jarimalarini o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilar aniqlanmoqda

Surxondaryo xabarlari
4.4K views10:22
Ochish/sharhlash