Get Mystery Box with random crypto!

1-iyuldan kasb-hunar maktablariga qabul boshlanadi 100 dan or | Surxondaryo | Kun.uz

1-iyuldan kasb-hunar maktablariga qabul boshlanadi

100 dan ortiq kasblardan birini egallash istagida bo‘lgan joriy yil 9-sinfni bitirganlarning hujjatlari my.edu.uz elektron platformasi orqali 2023 yilning 1-iyul kunidan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Platformaga:

tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID-karta ma’lumotlari;
3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

2023/2024-o‘quv yilida kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 98 042 ta qabul parametrlari tasdiqlangan.

Shundan:
kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha – 93 310 ta;
dual ta’lim shakli bo‘yicha – 4 732 ta.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda respublikada 330 ta kasb-hunar maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Surxondaryo xabarlari