Get Mystery Box with random crypto!

Termizda yigit “Telegram” tanishgan qizni chuv tushirdi Termi | Surxondaryo | Kun.uz

Termizda yigit “Telegram” tanishgan qizni chuv tushirdi

Termizda yashovchi 25 yoshli ayol IIBga murojaat qilib, “Telegram”da “San’at” ismli shaxs bilan tanishib, unga 42 mln 274 ming so‘m berib, pullarini qaytarib ololmayotgani ma‘lum qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Termiz shahrida yashovchi 23 yoshli A.S. ismli shaxs sodir etgani aniqlangan. Yigit qiz bilan “Telegram”da tanishib, ma’lum vaqt ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan.

So‘ng yigit ushbu yaqinlikdan foydalanib, o‘ziga pul juda zarur bo‘lib qolganini aytib qizdan plastik karta orqali jami 42 mln 274 ming so‘m o‘tkazib olgan va qizning kontaktlarini bloklab qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan yigitga nisbatan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, A.S tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar  uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.    

Surxondaryo xabarlari