Get Mystery Box with random crypto!

#QDPI #sport 29 iyun – 4 iyul kunlari Qozog‘istonning A | QDPI rasmiy sahifasi

#QDPI #sport



29 iyun – 4 iyul kunlari Qozog‘istonning Almati shahridagi J.Ushkempirov nomidagi sport saroyida boks bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida “Elorda kubogi” 1-xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

10 ta davlatdan 250 nafar sportchi medallar uchun kurash olib borgan turnirda Jismoniy madaniyat fakulteti talabalsi Adham Muhiddinov medallar uchun janglarda munosib ishtirok etdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jahon, Osiyo va Olimpiya o‘yinlari chempionlari va sovrindorlari ishtirok etgan turnirda qo‘lga kiritilgan natija bilan Adham Muhiddinovni samimiy muborakbod etamiz.

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|Youtube