Get Mystery Box with random crypto!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI K
Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI
Kanal manzili: @kompyuter_akademiyasi
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.96K
Kanalning ta’rifi

✅ Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!
❓Savollar: @k_a_chat
💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63
💲Reklama: t.me/techno_ads/16
😎 Asoschi: @wmteam95

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-07-04 17:54:02
Seni aytyapti
#fun

Aniq seni aytishyapti

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Xarita
5.4K viewsValijon Maxmudov, 14:54
Ochish/sharhlash
2023-07-03 16:40:16
Windows logotipi tarixi
#fun

Endi siz logotipni yaratilish tarixini bilib oldingiz. @the_windows

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Xarita
5.6K viewsValijon Maxmudov, 13:40
Ochish/sharhlash
2023-07-03 11:30:29 Kompyuterni o'rganishni nimadan boshlash kerak?
#tavsiya / #kompyuter

Ko'pchilik kompyuterni nimadan boshlab o'rganishni bilmasa kerak? Bugun shu muammoni hal qilamiz!

Keling kompyuterni o'rganishni majburiy va ixtiyoriy qismlarga bo'lib ko'rib chiqamiz!

Majburiy qism. Bu qismga barcha kompyuter egalari bilishi kerak bo'lgan bilim va ko'nikmalarini kiritamiz:
Kompyuterni tashqi va ichki tuzilishi: Tashqi (monitor, protsessor, klaviatura nima va vazifalari);
Ichki (kompyuterni asosiy xarakteristikalari: operativka, videokarta, doimiy xotira va b.);
Kompyuterni yoqish/o'chirish (gibernatsiya va uyqu rejimlari, perezagruska nega kerak va h.k);
Oddiy dasturlarni o'rnatish va foydalanish (brauzer, telegram, pdf o'qiydigan, ofis dasturlari, playerlar va b.);
Fayl va papkalar bilan amallar (ularni yaratish, xarakteristikalarini o'zgartirish, ko'chirish, nusxa olish va h.k);
Kompyuterdan to'g'ri foydalanish qoidalari (ortiqcha fayllarni tozalab turish, changdan himoya, tez ishlashini nazorat qilish, antiviruslar);

Bular eng sodda va barchamiz bilishimiz kerak bo'lgan amallar hisoblanadi.

Endi esa ixtiyoriy o'rganishingiz mumkin bo'lganlar. Bu bo'limga har kim o'z qiziqishidan kelib chiqishi mumkin. Masalan, kimgadir dasturiy taʼminot qiziq, kim uchundir kompyuter qismlarini oldi sotdisi.

Siz o'zingizni qiziqishingizdan birortasini tanlashingiz mumkin:
Kompyuter xavfsizligi (antivirus va viruslar, tarmoq xavfsizligi, himoya dasturlari bilan ishlash va b.);
Media fayllar bilan ishlash (rasm, audio, video montaj);
Internet bo'yicha (internetdan to'g'ri va samarali foydalanish: torrent, serverlar, vpn va b.);
Turli xil sohaga mos dasturlar bilan ishlash (3D dasturlar, animatsiya, buxgalteriya dasturlari va b.);

Xulosa qilib aytganda, Siz kompyuterni software (dasturiy ta'minot: kompyuter dasturlari bilan ishlash) yoki hardware (apparatli ta'minot: kompyuterni tashkil etuvchi qismlar (monitor, protsessor va h.k)) qismini yoki ikkisini birgalikda o'rganishingiz mumkin.

Tanlov o'zingizda va eng asosiysi biror nima o'rgansangiz yetarli!

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube
5.3K viewsValijon Maxmudov, 08:30
Ochish/sharhlash
2023-07-03 07:22:32 Hafta boshi uchun qiziq yangiliklar
#news

• Intel ko‘zi ojiz dasturchilar uchun maxsus shrift ishlab chiqdi

• YandexGPT neyron tarmog‘i bir soniyada javob topishni va matnni formatlashni o‘rgandi

• Nega Google 2018 yilda ChatGPT uslubidagi chatbot uchun tayyor sun’iy intellektdan voz kechgan?

• Yandeks endi kompyuter texnikalarini ham ishlab chiqaradi

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
5.2K viewsValijon Maxmudov, 04:22
Ochish/sharhlash
2023-07-02 17:52:20
Kichik ovozlar ombori
#manba / #media

MyInstant - montaj, kompyuter yoki mobil dastur/o'yinlar yaratish paytida kerak bo'ladigan turli xildagi tovushlarni ushbu saytdan topishingiz mumkin.

Siz boshqa shunday saytdan bilsangiz yozib qoldiring...

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
5.9K viewsValijon Maxmudov, 14:52
Ochish/sharhlash
2023-07-02 17:43:23 Assalomu alaykum akademiklar!

Nasib qilsa uzoq vaqt davom etgan tanaffusdan keyin faol tarzda ijodga qaytamiz.

Bizga ishonch berganingiz va biz bilan ekanligingiz uchun tashakkur!
5.4K viewsValijon Maxmudov, 14:43
Ochish/sharhlash
2023-07-01 16:18:40
Windows uchun rangli kursorlar
#dastur / #manba / #mohirlik

Agar siz hayratlanarli rang-barang kursorlarga ega zamonaviy va chiroyli ish stoliga ega bo'lishni istasangiz, Custom Cursor ilovasini yuklab oling.

Dasturdan foydalanish juda oson: ko'rish ro'yxatidan kerakli kursor paketini tanlashingiz va "Применить" tugmasini bosishingiz kerak.

Kursor o'lchamini o'rnatish ham mumkin. Minglab qo'shimcha maxsus kursor paketlarini custom-cursor.com dan yuklab olish mumkin. @pcTeapot

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
14.8K viewsValijon Maxmudov, 13:18
Ochish/sharhlash
2023-06-29 16:17:02
Torrent nima? Torrent bilan ishlash
#videodars / #internet

10 Gb dan katta faylni sekin internet bilan yuklash mumkinligiga ishonasizmi? Torrent bilan buni imkoni bor.

Torrent bilan ishlash uchun nimalar kerak?
1. Torrent dasturi
2. Internet (sekin bo'lsa ham bo'ladi)
3. Yuqoridagi videoni to'liq ko'rish

Torrent bilan ishlash paytida antivirusni o'chirib turish tavsiya etiladi.

YouTube'da ko'rish (HD)

: 04:16 : 14,2 mb

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube / Xarita
7.1K viewsValijon Maxmudov, 13:17
Ochish/sharhlash
2023-06-28 15:43:43 Bir marta qilib ko‘raylik, bir gap bo‘lar
#tavsiya

Bill Geyts Maykrosoft kompaniyasining bosh direktorligi vazifasiga katta tanlov eʼlon qilibdi. Tanlovda qatnashish istagida 5000 talabgor ariza topshirishibdi. Bill Geyts barcha talabgorlani katta bir zalga yig‘ibdi. Ular orasida Parijda isteqomad qiluvchi yahudiy Moris Koen ham bor edi.

Bill Geyts talabgorlarga qarata "Kim Java tilini bilmasa, zalni tark etsin", debdi.

Zalni 2000 odam tark etibdi. Shunda Moris o‘ziga o‘zi: “Men bu tilni bilmayman, lekin zalda qolsam, nimani yutqazaman”, deb o‘tiraveribdi.

Keyin Bill Geyts: “Kim 100 kishidan ortiq odamni boshqarish tajribasiga ega bo‘lmasa, zalni tark etsin”, deya buyuribdi. Zalni yana 2000 odam tark etibdi.

Lekin Moris: “Men buncha odamni boshqarmaganman, lekin zalda qolsam, nimani yutqazaman”, deb xuddi boshqalar kabi o‘tiraveribdi.

Shundan so‘ng Bill Geyts: “Kim oliygohni aʼlo baholarga tamomlamagan bo‘lsa, zalni tark etsin” deya xitob qilibdi.

Zalni yana 500 kishi tark etibdi. Lekin Moris: “Men maktabni 15 yoshimda tashlab ketganman, lekin zalda qolsam, hech narsa bo‘lmaydi-ku” deb hech narsa ko‘rmagandek o‘tiraveribdi.

Shunda Bill Geyts: “Kim serb va xorvat tilini bilmasa, zalni tark etsin” debdi. Zalni 498 kishi tark etibdi.

Har doimgidek Moris: “Men bu tillarni bilmayman, lekin zalda qolsam, hech narsa yutqazmayman-ku” deya zalda qolibdi.

Zalda Bill Geyts, Moris va yana bir shaxs qolibdi. Shunda Geyts ikkala talabgorga yaqinroq kelib: “Tushunishimcha, siz ikkalangiz ham serb tilini yaxshi bilasizlar, men ikkalangizni mana shu tilda suhbatingizni ko‘zatmoqchiman” debdi.

Moris ikkinchi talabgorga qara, shunday debdi:

- Ma nishtana alayla aze mikol aleylot?*

Ikkinchi talabgor ham qarab turib shunday javob beribdi:

- Shebexol aleylot anu oxlim xames u matsa**

*Bugungi kun boshqalaridan nimasi bilan farq qiladi?

**Bugun biz xamirli ovqatlar yemaymiz. (ivrit tilida)


Qissadan hissa shuki, biz ko‘pincha buni qilolmayman, buni bilmayman deb biror ishni qilishdan bosh tortamiz, aslida esa hech bo‘lmasa, bir marta urinib ko‘rsak, hech narsa yutqazmaymiz.

Juda ko‘pchilik buyuk ishlarning boshi "Bir marta qilib ko‘raylik, bir gap bo‘lar" degan g‘oyadan boshlangan.

Shunday ekan o‘ziningizga bo‘lgan ishonchni men bilmayman, men qilolmayman degan so‘zlar bilan o‘ldirmang. Aksincha buni mendan yaxshiroq qiladigan odamning o‘zi yo‘q deya o‘zingizni ishontiring va qolganlarni zalni tark etishga majbur qiling.

tentakminds

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube
7.8K viewsValijon Maxmudov, 12:43
Ochish/sharhlash
2023-06-28 03:45:11 Qurbon hayiti barchamizga muborak boʻlsin !
6.1K viewsValijon Maxmudov, 00:45
Ochish/sharhlash