Get Mystery Box with random crypto!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI K
Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI
Kanal manzili: @kompyuter_akademiyasi
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.96K
Kanalning ta’rifi

✅ Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!
❓Savollar: @k_a_chat
💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63
💲Reklama: t.me/techno_ads/16
😎 Asoschi: @wmteam95

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 171

2021-02-01 08:33:27 Canon uchun skaner
#skaner / #printer

Canon firmasiga tegishli printer va skanerlar uchun skanerlash dasturi. Skaner qilingan hujjatni pdf shaklida saqlaydi. O'rnatish juda oddiy kechadi, dastur ingliz tilida. Rangli ham skanerlaydi.

Agar sizga mukammalroq skanerlash dasturi kerak bo'lsa ABBYY Finereader dasturidan foydalaning.

: 9.4 mb (.exe)

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
2.8K viewsedited  05:33
Ochish/sharhlash
2021-01-31 20:29:39 DUMo - kompyuterdagi drayverlar nazoratchisi
#dastur

DUMo (Driver Update Monitor) - kompyuterga o'rnatilgan barcha drayver versiyalarini tahlil qilib beradi, ya'ni siz o'rnatgan drayver versiyasi va shu drayverning oxirgi versiya haqida axborot beradi (batafsil).

: 2.3 mb (.zip)

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
4.0K viewsedited  17:29
Ochish/sharhlash
2021-01-31 20:29:31 SUMo - kompyuterdagi dasturlar nazoratchisi
#dastur

SUMo (Software Update Monitor) - kichik utilita bo'lib, kompyuterga o'rnatilgan barcha dasturlar versiyalarini tahlil qilib chiqadi va sizga o'rnatilgan, hamda oxirgi versiya haqida axborot beradi. Bitta utilita barcha dasturlar versiyalarini nazorat qiladi (batafsil).

: 2.5 mb (.zip)

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
3.8K viewsedited  17:29
Ochish/sharhlash
2021-01-31 18:01:00 Kompyuterga o'rnatilgan dastur va drayverlar versiyalarini nazorat qilish
#info

Dastur va drayverlarning oxirgi versiyalarini ishlatish, ularning barcha imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ba'zilar bor, dasturlarni yangi versiyasi chiqishi bilan o'rnatib oladi va yangi imkoniyatlar bilan tanishadi, ba'zilar bor dasturni bir marotaba o'rnatadi bo'ldi, yangi versiyalar va imkoniyatlar bilan qiziqmaydi, albatta siz birinchisi bo'ling, agar kompyuteringiz yangi versiyalarni ko'tarsa.

Kompyuterdagi har bir dastur yoki drayver versiyalarini kuzatib borish oson ish emas, ham vaqt oladi, ham ko'pchilik erinadi. Shunday ekan bu vazifalarni tashqi dasturlarga topshirish lozim, demak kichik bepul utilitalar bilan tanishamiz:

1. SUMo(Software Update Monitor) - kichik utilita bo'lib, kompyuterga o'rnatilgan barcha dasturlar versiyalarini tahlil qilib chiqadi va sizga o'rnatilgan, hamda oxirgi versiya haqida axborot beradi. Bitta utilita barcha dasturlar versiyalarini nazorat qiladi.

2. DUMo(Driver Update Monitor) - kompyuterga o'rnatilgan barcha drayver versiyalarini tahlil qilib beradi, ya'ni siz o'rnatgan drayver versiyasi va shu drayverning oxirgi versiya haqida axborot beradi.

Bu ma'lumotlarni bilgandan so'ng, siz kerakli dasturning oxirgi versiyasini topib, yangilab olishingiz mumkin.

Bu utilitalar bepul bo'lib, versiyalar haqida axborot beradi, undan tashqari utilitalarni pullik varianti ham bor, pullik varianti sizga qo'shimcha imkoniyatlar ochib beradi, misol uchun drayver yoki dasturlarni utilitadan turib yangilash imkoni.

Albatta, utilitlar oxirgi versiyalarni aniqlash uchun, kompyuterda internet bo'lishi lozim. Internet bo'lmasa, xatolik beradi. Utilitalar, Windows 10 tizimida tekshirib ko'rildi va muammosiz ishladi.

@planetait

Dasturlarni yuklab olish: SUMo | DUMo

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
3.9K viewsedited  15:01
Ochish/sharhlash
2021-01-31 07:09:00
Snouden (o'zbek tilida)
#kino

U oilaviy an'anani davom ettirishni va o'z hayotini Vatanga xizmat qilishga bag'ishlashni orzu qilardi. U AQSh hukumatiga so'zsiz ishondi va terrorizmga qarshi dasturni qo'llab-quvvatladi. Maxsus xizmatlarda kariyerasini boshida, hech kim, hatto o'zi ham, Edvard Snouden, AQSh fuqarolari va boshqa davlatlarning fuqarolari uchun umumiy kuzatuviga oid maxfiy hujjatlarni e'lon qilib, jahon tarixidagi eng katta ta'sir ko'rsatadi, deb taxmin qila olmaydi. Dunyoni haqiqatga ko'zlarini ochib, u abadiy o'z eshiklarini baxtli kelajakka yopdi: u kariyerasini, sevimli qizini va Vatanni xoin deb atadi…

YouTube'da ko'rish

: 02:03:25 : 970.2 mb

Snouden haqida qo'shimcha ma'lumot: ruscha / inglizcha

Tarjima Kinolar HD

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
5.4K viewsedited  04:09
Ochish/sharhlash
2021-01-30 14:16:00F1 - F12 tugmalari vazifalari
#info / #hotkeys

12 tugmachaning har biri Windows tizimlari va ba'zi
dasturlar uchun alohida ahamiyatga ega. F1 - F12 tugmachalari
aslida tizim funktsiyalariga kirishni tezlashtiradigan "tezkor
tugmalar" dir.

F1 Ko'pgina dasturlarning faol oynasida yordam chaqirish (Вызов справкa).

F2 Nomni tahrirlash (Переименовать) funksiyasi tanlangan ob'ektga qo'llaniladi. Kompyuterni ishga tushirishda BIOS sozlamalarini kiritish
(barcha BIOS versiyalari uchun emas).

F3 Ko'pgina dasturlarda izlash oynasini ochadi. Word'da Shift+F3 tanlangan matnning holatini o'zgartiradi (kattaytirish yoki kichiklashtirish).

F4 Alt+F4 kombinatsiyasi faol oynani yopadi. Ko'pgina
brauzerlarda Ctrl+F4 joriy yorliq (vkladka)ni yopadi.

F5 Barcha brauzerlarda sahifani yangilash. Word'da so'zda topish va
o'zgartirish
. Bloknotda joriy sana va vaqtni joylashtirish. PowerPoint slayd-shousini boshlash.

F6 Kursorni brauzerning manzil satriga o'tkazish.

F7 Word'da imlo tekshiruvi.

F8 Bu operatsion tizimni yuklash rejimini (xavfsiz rejim, buyruq satrini qo'llab-quvvatlash va hk) tanlashga imkon beradigan Windows yuklash menyusi (загрузочное меню Windows) ga kirish uchun ishlatiladi.

F9 Outlook dasturida barcha pochta qutilaridan elektron pochta xabarlarini yuborish va qabul qilish jarayonini boshlaydi.

F10 Shift+F10 sichqonchani o'ng tugmachani bosish kabi ishlaydi.

F11 Brauzerda to'liq ekran ko'rinishini kirish va chiqish.

F12 Word oynasida saqlash. Shift+F12 tugmachalari Word'da saqlash oynasi (Сохранить как) ni ochadi. Ko'pgina brauzerlarda disk raskadrovka rejimi (режим отладки) ni ochadi.

Комп для чайника

Mavzuga oid postlar:
• Tugmachalar kombinatsiyasi

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
6.1K views11:16
Ochish/sharhlash
2021-01-30 05:30:43
S_Test dasturi bilan ishlash (o'rnatish, sozlash, savollar yozish, testlar tahlili)
#videodars / #test

S_Test - test tuzish,test o'tkazish va tahlil qilish uchun mo'ljallangan qulay va sodda dasturlardan biri hisoblanadi. Bir qancha odamlar uchun bir qancha fanlardan test yaratish, savollarni 3 usulda joylash, o'tkazilgan testlar natijalarni tahlil qilish va excel fayl sifatida saqlash mumkin.

Ushbu videodarsni to'liq ko'rish orqali S_Test dasturi bilan ishlashni to'liq o'rganib olishingiz mumkin.

YouTube'da ko'rish (HD)

S_Test dasturini yuklash

: 17:17 : 41.7 mb

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
5.4K views02:30
Ochish/sharhlash
2021-01-30 05:29:49 S_Test - test tuzish va o'tkazish uchun qulay va sodda dastur!
#dastur / #test

S_Test - test tuzish,test o'tkazish va tahlil qilish uchun mo'ljallangan qulay va sodda dasturlardan biri hisoblanadi. Bir qancha odamlar uchun bir qancha fanlardan test yaratish, savollarni 3 usulda joylash, o'tkazilgan testlar natijalarni tahlil qilish va excel fayl sifatida saqlash mumkin.

S_Test dasturi bo'yicha to'liq qo'llanma.

: 71.9 mb

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
4.5K viewsedited  02:29
Ochish/sharhlash
2021-01-29 18:59:56
Hech narsa qilmasdan o'tirish uchun...
#motivatsiya

Baʼzan biror nimani oxirigacha o'rgandim deb o'ylaymiz, lekin cho'qqiga chiqganimizdan keyin oldimizda yana bir qancha zabt etilishi kerak bo'lgan marralar borligini ko'ramiz.

O'rganish va o'rgatishdan to'xtamaylik...

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube / Xarita
5.2K views15:59
Ochish/sharhlash
2021-01-29 08:17:59
Smartfon yordamida istalgan hujjatni skanerlaymiz!
#skaner / #pdf

Endilikda ushbu dastur bilan istalgan hujjatingizni elektron ko'rinishini printer yordamisiz tayyorlashingiz mumkin.

Manzil: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.microsoft.office.officelens

@foydali_apk1
5.5K views05:17
Ochish/sharhlash