Get Mystery Box with random crypto!

Kompyuterni o'rganishni nimadan boshlash kerak? #tavsiya / #ko | KOMPYUTER AKADEMIYASI

Kompyuterni o'rganishni nimadan boshlash kerak?
#tavsiya / #kompyuter

Ko'pchilik kompyuterni nimadan boshlab o'rganishni bilmasa kerak? Bugun shu muammoni hal qilamiz!

Keling kompyuterni o'rganishni majburiy va ixtiyoriy qismlarga bo'lib ko'rib chiqamiz!

Majburiy qism. Bu qismga barcha kompyuter egalari bilishi kerak bo'lgan bilim va ko'nikmalarini kiritamiz:
Kompyuterni tashqi va ichki tuzilishi: Tashqi (monitor, protsessor, klaviatura nima va vazifalari);
Ichki (kompyuterni asosiy xarakteristikalari: operativka, videokarta, doimiy xotira va b.);
Kompyuterni yoqish/o'chirish (gibernatsiya va uyqu rejimlari, perezagruska nega kerak va h.k);
Oddiy dasturlarni o'rnatish va foydalanish (brauzer, telegram, pdf o'qiydigan, ofis dasturlari, playerlar va b.);
Fayl va papkalar bilan amallar (ularni yaratish, xarakteristikalarini o'zgartirish, ko'chirish, nusxa olish va h.k);
Kompyuterdan to'g'ri foydalanish qoidalari (ortiqcha fayllarni tozalab turish, changdan himoya, tez ishlashini nazorat qilish, antiviruslar);

Bular eng sodda va barchamiz bilishimiz kerak bo'lgan amallar hisoblanadi.

Endi esa ixtiyoriy o'rganishingiz mumkin bo'lganlar. Bu bo'limga har kim o'z qiziqishidan kelib chiqishi mumkin. Masalan, kimgadir dasturiy taʼminot qiziq, kim uchundir kompyuter qismlarini oldi sotdisi.

Siz o'zingizni qiziqishingizdan birortasini tanlashingiz mumkin:
Kompyuter xavfsizligi (antivirus va viruslar, tarmoq xavfsizligi, himoya dasturlari bilan ishlash va b.);
Media fayllar bilan ishlash (rasm, audio, video montaj);
Internet bo'yicha (internetdan to'g'ri va samarali foydalanish: torrent, serverlar, vpn va b.);
Turli xil sohaga mos dasturlar bilan ishlash (3D dasturlar, animatsiya, buxgalteriya dasturlari va b.);

Xulosa qilib aytganda, Siz kompyuterni software (dasturiy ta'minot: kompyuter dasturlari bilan ishlash) yoki hardware (apparatli ta'minot: kompyuterni tashkil etuvchi qismlar (monitor, protsessor va h.k)) qismini yoki ikkisini birgalikda o'rganishingiz mumkin.

Tanlov o'zingizda va eng asosiysi biror nima o'rgansangiz yetarli!

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube