Get Mystery Box with random crypto!

Bir marta qilib ko‘raylik, bir gap bo‘lar #tavsiya Bill Geyt | KOMPYUTER AKADEMIYASI

Bir marta qilib ko‘raylik, bir gap bo‘lar
#tavsiya

Bill Geyts Maykrosoft kompaniyasining bosh direktorligi vazifasiga katta tanlov eʼlon qilibdi. Tanlovda qatnashish istagida 5000 talabgor ariza topshirishibdi. Bill Geyts barcha talabgorlani katta bir zalga yig‘ibdi. Ular orasida Parijda isteqomad qiluvchi yahudiy Moris Koen ham bor edi.

Bill Geyts talabgorlarga qarata "Kim Java tilini bilmasa, zalni tark etsin", debdi.

Zalni 2000 odam tark etibdi. Shunda Moris o‘ziga o‘zi: “Men bu tilni bilmayman, lekin zalda qolsam, nimani yutqazaman”, deb o‘tiraveribdi.

Keyin Bill Geyts: “Kim 100 kishidan ortiq odamni boshqarish tajribasiga ega bo‘lmasa, zalni tark etsin”, deya buyuribdi. Zalni yana 2000 odam tark etibdi.

Lekin Moris: “Men buncha odamni boshqarmaganman, lekin zalda qolsam, nimani yutqazaman”, deb xuddi boshqalar kabi o‘tiraveribdi.

Shundan so‘ng Bill Geyts: “Kim oliygohni aʼlo baholarga tamomlamagan bo‘lsa, zalni tark etsin” deya xitob qilibdi.

Zalni yana 500 kishi tark etibdi. Lekin Moris: “Men maktabni 15 yoshimda tashlab ketganman, lekin zalda qolsam, hech narsa bo‘lmaydi-ku” deb hech narsa ko‘rmagandek o‘tiraveribdi.

Shunda Bill Geyts: “Kim serb va xorvat tilini bilmasa, zalni tark etsin” debdi. Zalni 498 kishi tark etibdi.

Har doimgidek Moris: “Men bu tillarni bilmayman, lekin zalda qolsam, hech narsa yutqazmayman-ku” deya zalda qolibdi.

Zalda Bill Geyts, Moris va yana bir shaxs qolibdi. Shunda Geyts ikkala talabgorga yaqinroq kelib: “Tushunishimcha, siz ikkalangiz ham serb tilini yaxshi bilasizlar, men ikkalangizni mana shu tilda suhbatingizni ko‘zatmoqchiman” debdi.

Moris ikkinchi talabgorga qara, shunday debdi:

- Ma nishtana alayla aze mikol aleylot?*

Ikkinchi talabgor ham qarab turib shunday javob beribdi:

- Shebexol aleylot anu oxlim xames u matsa**

*Bugungi kun boshqalaridan nimasi bilan farq qiladi?

**Bugun biz xamirli ovqatlar yemaymiz. (ivrit tilida)


Qissadan hissa shuki, biz ko‘pincha buni qilolmayman, buni bilmayman deb biror ishni qilishdan bosh tortamiz, aslida esa hech bo‘lmasa, bir marta urinib ko‘rsak, hech narsa yutqazmaymiz.

Juda ko‘pchilik buyuk ishlarning boshi "Bir marta qilib ko‘raylik, bir gap bo‘lar" degan g‘oyadan boshlangan.

Shunday ekan o‘ziningizga bo‘lgan ishonchni men bilmayman, men qilolmayman degan so‘zlar bilan o‘ldirmang. Aksincha buni mendan yaxshiroq qiladigan odamning o‘zi yo‘q deya o‘zingizni ishontiring va qolganlarni zalni tark etishga majbur qiling.

tentakminds

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube