Get Mystery Box with random crypto!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI K
Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI
Kanal manzili: @kompyuter_akademiyasi
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.96K
Kanalning ta’rifi

✅ Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!
❓Savollar: @k_a_chat
💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63
💲Reklama: t.me/techno_ads/16
😎 Asoschi: @wmteam95

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-07-19 20:50:22
Foydali tavsiya
#fun

Endi siz noutbukga suv toʻkilganida qanday qilib uni yaxshi holatga keltirishni bilib oldingiz

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
6.4K viewsValijon Maxmudov, 17:50
Ochish/sharhlash
2023-07-19 12:31:02
"Рабочий стол" dagi fayl va papkalar yo'qolib qoldi?
#yechim

Baʼzan kompyuter rabochiy stolidagi barcha narsa yo'qolib qoladi. Bunga 2 sabab bo'lishi mumkin: rabochiy stoldagi hamma fayllar o'chib ketgan yoki kontekst menyudan o'chirib qo'yilgan. 1-holat bo'lsa fayllarni tiklash kerak.

Yechim:
2-holat bo'lsa rasmdagi ko'rsatilgan joyga belgini ( ) qo'yamiz va muammo hal .

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
6.0K viewsValijon Maxmudov, 09:31
Ochish/sharhlash
2023-07-19 11:54:07
NVIDIA STUDIO noutbuklari frilanserlarga qanday yordam beradi

GeForce RTX grafikli zamonaviy noutbuklar yuqori unumdorlik va yuqori tezlikni ta'minlaydi.

Blender Cycles-da 10 barobar tezroq ishlang
Octane Render-da 6 barobar tezroq ishlang
Adobe Photoshop dasturida 5 barobar tezroq ishlang

Bizning maqolamizda NVIDIA STUDIO imkoniyatlari haqida ko'proq bilib oling
5.1K viewsValijon Maxmudov, 08:54
Ochish/sharhlash
2023-07-18 18:45:14HDD vs SSD
#info / #kompyuter

Ko'pchilik kompyuter sotib olishda doimiy xotira tanlashda qiynaladi. Qiynaydigan savol: HDD yaxshimi yoki SSD?

Bu savolga yagona qisqa javob berish mumkin: SSD yaxshi chunki bu turdagi doimiy xotirani ishlash tezligi anchagina yuqori hisoblanadi, lekin kichik hajmli SSD katta hajmli HDD dan qimmat bo'lishi mumkin.

Agar Siz kompyuterim juda tez ishlasin desangiz HDD bilan birgalikda SSD xotiraga ega kompyuterdan xarid qiling. Buning uchun HDD mavjud kompyuterga SSD ni alohida qo'shtirish va tizim uchun SSD ni masʼul qilib qo'yish (Windowsni SSD ga o'rnatish) yetarli.

HDD va SSD ni o'zaro solishtirilgan maqolamni o'qib bu borada bilimlaringizni yanada oshirishingiz mumkin.

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube
5.4K viewsValijon Maxmudov, 15:45
Ochish/sharhlash
2023-07-18 18:02:02
YouTube "Barqaror ovoz balandligi" funksiyasini taqdim etdi.
#news

Maxsus effektlar quloqlarni "qiynashi"ga barham beriladi. Endilikda hamma tovushlar bir xil tonda barqarorlashtiriladi.

Funksiya videodagi ovoz balandligini tenglashtiradi, juda baland cho'qqilarni yumshatadi va juda jim bo'laklarni kuchaytiradi.

Bu funksiya hozirda faqat ayrim foydalanuvchilar uchungina mavjud.

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
4.2K viewsValijon Maxmudov, 15:02
Ochish/sharhlash
2023-07-17 19:31:12
3D printer nima?
#info

3D Printer - uch o'lchovli qattiq jismlarni tayyorlash jarayonini amalga oshiruvchi qurilma. Plastik materialdan juda yuqori aniqlikda kerakli 3d shaklni quyib berish imkoniya ega.

3D bosib chiqarish an'anaviy ishlab chiqarish usullariga qaraganda kamroq materialdan foydalangan holda murakkab shakllarni yaratishga imkon beradi.

Qo`llanilishi:
• iste'mol tovarlari (ko'zoynaklar, poyabzal, dizayn, mebel);
• sanoat mahsulotlari (ishlab chiqarish vositalari, prototiplar, oxirgi foydalanish uchun mo'ljallangan qismlar);
• stomatologik mahsulotlar;
• protezlar;
• me'moriy miqyosdagi maketlar;
• qazilma toshlarni qayta qurish;
• qadimiy buyumlarni ko'paytirish;
• film rekvizitlari va boshqalar

3D printerlar ishchi maydoni hajmi va aniqligi bo'yicha farqlanishi mumkin. Ularni esa 3 mln so'mdan boshlab xarid qilish mumkin. 3D dasturlari bilan chizgan narsalarimizni ushbu printerda "chop etishimiz" mumkin.

ESE Group & KA

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube
5.7K viewsValijon Maxmudov, 16:31
Ochish/sharhlash
2023-07-16 20:22:02
Rasmda nimani koʻryapsiz?
#AI

Shu savolni Bing AI'ga ham berib koʻramiz. concertzaal

Bing AI: Bu kulrang to'shakda o'ralgan oq mushukning fotosurati. Mushuk boshini tanasini tagiga qoʻyib uxlayapti. Uning orqa tomonida apelsin mevasi bo'lib, u omlet sarig'iga o'xshaydi. Orqa fon - bu bir nechta burmalari bo'lgan kulrang choyshab. Ushbu rasm haqida ko'proq bilmoqchimisiz?

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
6.4K viewsValijon Maxmudov, 17:22
Ochish/sharhlash
2023-07-16 18:52:02
ДЕЛ/0! xatoligi mazmuni
#mohirlik / #excel

Excel dasturida amaliyot bajarilgandan soʻng #DIV/0! (# ДЕЛ/0!) xatoligi kelib chiqsa, demak formulamizda 0 ga boʻlingan qism mavjud (bunday amaliyot esa mumkin emas).

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
5.9K viewsValijon Maxmudov, 15:52
Ochish/sharhlash
2023-07-15 06:12:41
Google treker (kuzatish) ni o'chirish
#mohirlik / #internet

Don't track me Google (DTG) - tashrif buyurilgan saytlar va qidiruv so‘rovlari haqidagi ma’lumotlarni Google serveriga yuborishni bloklaydi. Qidiruv tizimi kuzatuvchilari bilan bir qatorda, kengaytma Google Analytics va ma'lumotlarni to'plash uchun ishlatiladigan boshqa xizmatlar orqali kuzatuvni to'xtatadi.

Yuklash

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
7.1K viewsValijon Maxmudov, 03:12
Ochish/sharhlash
2023-07-13 14:09:27
Ogoh bo'ling! Yangi virus Windows yangilanishi ko'rinishida kompyuterlarni bloklashi mumkin.

Trend Micro va Fortinet kompaniyalarining axborot xavfsizligi bo'yicha mutaxassislari yangi Big Heat virusini topdilar, u kompyuterga kirib, barcha fayllarni shifrlaydi va pul undiradi.

Big Heat Internetda Windows va Microsoft Word o'rnatuvchisi uchun yangilanishlar niqobi ostida tarqatiladi.

Zararli fayl faollashtirilgandan so'ng, ekranda Windows yangilash jarayoniga taqlid qiluvchi animatsiya paydo bo'ladi.

Jarayon tugagandan so'ng, foydalanuvchi uning kompyuteri shifrlanganligi haqida xabar oladi - tizimni tiklash uchun siz elektron pochta yoki Telegram orqali xakerlar bilan bog'lanishingiz kerak.

U yerda hakerlar jabrlanuvchidan ularning hisobiga kriptovalyutadagi to'lovni o'tkazishni so'rashadi.

Bizning barcha loyihalar | #virus
7.0K viewsValijon Maxmudov, 11:09
Ochish/sharhlash