Get Mystery Box with random crypto!

3D printer nima? #info 3D Printer - uch o'lchovli qattiq j | KOMPYUTER AKADEMIYASI

3D printer nima?
#info

3D Printer - uch o'lchovli qattiq jismlarni tayyorlash jarayonini amalga oshiruvchi qurilma. Plastik materialdan juda yuqori aniqlikda kerakli 3d shaklni quyib berish imkoniya ega.

3D bosib chiqarish an'anaviy ishlab chiqarish usullariga qaraganda kamroq materialdan foydalangan holda murakkab shakllarni yaratishga imkon beradi.

Qo`llanilishi:
• iste'mol tovarlari (ko'zoynaklar, poyabzal, dizayn, mebel);
• sanoat mahsulotlari (ishlab chiqarish vositalari, prototiplar, oxirgi foydalanish uchun mo'ljallangan qismlar);
• stomatologik mahsulotlar;
• protezlar;
• me'moriy miqyosdagi maketlar;
• qazilma toshlarni qayta qurish;
• qadimiy buyumlarni ko'paytirish;
• film rekvizitlari va boshqalar

3D printerlar ishchi maydoni hajmi va aniqligi bo'yicha farqlanishi mumkin. Ularni esa 3 mln so'mdan boshlab xarid qilish mumkin. 3D dasturlari bilan chizgan narsalarimizni ushbu printerda "chop etishimiz" mumkin.

ESE Group & KA

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube