Get Mystery Box with random crypto!

Ogoh bo'ling! Yangi virus Windows yangilanishi ko'rinishida ko | KOMPYUTER AKADEMIYASI

Ogoh bo'ling! Yangi virus Windows yangilanishi ko'rinishida kompyuterlarni bloklashi mumkin.

Trend Micro va Fortinet kompaniyalarining axborot xavfsizligi bo'yicha mutaxassislari yangi Big Heat virusini topdilar, u kompyuterga kirib, barcha fayllarni shifrlaydi va pul undiradi.

Big Heat Internetda Windows va Microsoft Word o'rnatuvchisi uchun yangilanishlar niqobi ostida tarqatiladi.

Zararli fayl faollashtirilgandan so'ng, ekranda Windows yangilash jarayoniga taqlid qiluvchi animatsiya paydo bo'ladi.

Jarayon tugagandan so'ng, foydalanuvchi uning kompyuteri shifrlanganligi haqida xabar oladi - tizimni tiklash uchun siz elektron pochta yoki Telegram orqali xakerlar bilan bog'lanishingiz kerak.

U yerda hakerlar jabrlanuvchidan ularning hisobiga kriptovalyutadagi to'lovni o'tkazishni so'rashadi.

Bizning barcha loyihalar | #virus