Get Mystery Box with random crypto!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI K
Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI
Kanal manzili: @kompyuter_akademiyasi
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.83K
Kanalning ta’rifi

✅ Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!
❓Savollar: @k_a_chat
💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63
💲Reklama: t.me/techno_ads/16
😎 Asoschi: @wmteam95

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 167

2021-12-13 09:56:27 Assalomu alaykum!

Ancha foydali ko'ringan (buni statistika aytgan) "Eng ko'p so'ralayotgan savollar" bo'limini rivojlantirishda davom etmoqchiman, xudo xohlasa.

Shu sababli hozirgi kunda eng "xit" bo'layotgan muammolar va savollar haqida qisqacha yozib qoldirishingizni iltimos qilaman. Balki shu orqali yangi post va videolar yozvorarman .
4.3K views06:56
Ochish/sharhlash
2021-12-12 17:40:12
Agar onlayn xizmatlarning qoidalari va shartlarini o'qiydigan bo'lsak, bizga qancha vaqt kerak bo'lar edi?

Barcha onlayn xizmatlar o'zining foydalanish shartlari va qoidalariga ega, lekin biz ularning zerikarli matnlarni 99.9% holatda o'qimaymiz va shunchaki qabul qilib ketaveramiz. Lekin ularni o'qiganimizdachi?

Statista bergan ma'lumotlarga ko'ra, Microsoft xizmatlaridan foydalanish qoidalari va shartlarini (15,260 so'z) daqiqasiga 240 ta so'z tezligida o'qisak, uni 1 soat-u 3 daqiqa 30 sekundda o'qib bo'lar ekanmiz.

⁃ Xuddi shunday o'qish tezliga Instagram'dan foydalanish shartlari va qoidalari (2.451 so'z) uchun 9 daqiqa-yu 42 soniya kerak bo'lar ekan.

Biron-bir onlayn xizmatning foydalanish shartlari va qoidalarini o'qib ko'rganlar bormi oramizda?

@ITMastersUz — IT'shniklar planetasi!
4.3K views14:40
Ochish/sharhlash
2021-12-12 16:18:02Windows o'rnatish paytidagi MBR va GPT muammosi
#yechim

Windowsni UEFI-dan MBR bilan belgilangan qattiq diskka o'rnatishda foydalanuvchi xatoga yo'l qo'yishi mumkin: "EFI tizimlarida Windows faqat GPT diskka o'rnatilishi mumkin". Ushbu muammoni hal qilish uchun Windows-ni o'rnatish paytida MBR-dan GPT-ga diskni joylashtirish uslubini o'zgartirish kerak bo'ladi.

Buning uchun Windows o'rnatish paytidagi diskni tanlash vaqtida buyruqlar satrini ishga tushuramiz. Uni Shift+F10 bilan amalga oshirish mumkin. Keyin quyidagi buyruqlarni ketma-ketlikda bajariladi:

diskpart - disklar bilan ishlash uchun konsol dasturini ishga tushirish.

list disk - ulangan disklar va USB disklar ro'yxatini olinadi.

select disk N - Windows-ni o'rnatish uchun diskni tanlang. N o'rniga disk raqamini ko'rsatish kerak. Masalan, agar disk Disk 0 ro'yxatida bo'lsa, u holda buyruq select disk 0

clean - diskni tozalash.

convert gpt - konvertatsiya qilish jarayoni.

exit - DISKPART dan chiqish va yana bir marta buyruqlar satridan chiqib ketish uchun kiritiladi. @pcTeapot

Videoqo'llanma (rus)

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
4.4K views13:18
Ochish/sharhlash
2021-12-12 14:45:03
YouTube'dagi obunachilar soni 20k dan oshdi

Bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgan barchaga tashakkur! Xudo xohlasa hali hammasi oldinda.

Agar Siz hali a'zo boʻlmagan boʻlsangiz marhamat: https://youtube.com/c/kompyuterakademiyasi
4.4K views11:45
Ochish/sharhlash
2021-12-12 10:12:01 2021-yildagi eng yaxshi Chrome kengaytmalari [Google tanlovi!]
#info / #internet

Google 2021-yilda Chrome brauzerining eng yaxshi kengaytmalari to‘plamini baham ko‘rdi. Ular to'rt toifaga bo'lingan: muloqot, samaradorlik, ta'lim va individuallik.

Muloqot
Loom - video messenjer;
Mote - ovozli yozuvlarni yozib olish;
Wordtune - grammatikani yaxshilash uchun AI (sun'iy intellekt) vositasi.

Samaradorlik
Forest - o'yin orqali samaradorlikni oshirish uchun yordamchi dastur;
Dark Reader - istalgan sayt uchun avtomatik qorong'u mavzu;
Tab Manager Plus - tab menejeri;
Nimbus Screenshot & Screen Video Recorder - veb-sahifalarning skrinshotlari va videolarini yaratish.

Ta'lim
Kami - hamkorlikda o'rganish platformasi;
InsertLearning – istalgan saytni interfaol darsga aylantiruvchi vosita;
Toucan - tarmoqni kezish paytida tillarni o'rganish;
Xotira – ikki tomonlama kartalar yordamida xorijiy so‘zlarni o‘rganish.

Individuallik
Stylus - o'z veb-saytingiz mavzularini yaratish vositasi;
Rakuten - saytlarda kuponlarni avtomatik qidirish.

Toʻliq toʻplamni Chrome internet-doʻkonidan o'rnatishingiz mumkin. @technogramtech

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
5.2K views07:12
Ochish/sharhlash
2021-12-12 06:17:21
Interstellar (oʻzbek tilida)
#kino

Qurg'oqchilik, changli bo'ronlar va o'simliklarning yo'q bo'lib ketishi insoniyatni oziq-ovqat inqiroziga olib kelganda, tadqiqotchilar va olimlar guruhi odamlarni kosmosga sayohat qilishdagi avvalgi cheklovlardan oshib, sayyorani topish uchun sayohatga (go'yo kosmik vaqt mintaqalarini katta masofani bir-biriga bog'laydigan) qurt teshigi orqali yuboriladi...

Onlayn ko'rish (HD)

: 02:41:17 : 793.5 MB

Kanalimizda e'lon qilingan kinolar

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
5.8K views03:17
Ochish/sharhlash
2021-12-11 19:01:11
Antivirusni aktivatsiya so'rashi
#yechim

Yechim: NOD32 ni yangi versiyalari aktivatsiya, login va parollar so'raydi. Agar sizda ham shunday yozuv chiqgan bo'lsa hozirgi yangi antivirusni butunlay o'chirib, kanaldagi aktivatsiya so'ramaydiganni o'rnatishingiz kerak.

Dasturlarni yuklash

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
5.9K views16:01
Ochish/sharhlash
2021-12-11 08:17:05
Windows'ning ichki fon suratlari qayerda joylashgan?

Win + R'ni bosamiz va ochilgan Run oynasiga web deb yozib Enter'ni bosamiz.

Ochilgan papkadan siz Windows'ni o'zining barcha ichki fon rasmlarini topishingiz mumkin.

P.S. Tan oling, buni aniq bilmasdingiz)

@kompyuter_bilimlari
6.3K views05:17
Ochish/sharhlash
2021-12-10 17:19:02
Imo-ishoralar yordamida brauzerni boshqarish
#mohirlik / #internet

Agar siz brauzerda navigatsiyani tezlashtirmoqchi bo'lsangiz va ishingizda keraksiz harakatlarni to'xtatmoqchi bo'lsangiz, CrxMouse Gestures kengaytmasidan foydalanib ko'ring.

CrxMouse Gestures Chrome uchun kengaytma bo‘lib, u imo-ishoralar yordamida brauzer boshqaruvini qo‘shadi. Kengaytma qanday ishlashi videoda mukammal ko'rsatilgan. Sichqonchaning o'ng tugmachasini bosib ushlab turish va ma'lum bir imo-ishorani chizish kifoya.

Imo-ishoralar yordamida siz yorliqlar orasida harakat qilishingiz, sahifalarni ochishingiz va yopishingiz mumkin. Shuningdek, siz yangi imo-ishoralarni qo'shishingiz va ularga o'z buyruqlaringizni belgilashingiz mumkin. @komputeer

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
6.7K views14:19
Ochish/sharhlash
2021-12-10 15:40:13 РАЗНДАТ funksiyasi

РАЗНДАТ
funksiyasini eng sirli deb atash mumkin. Ushbu funksiyani funksiyalar ro‘yxatida uchratmaysiz. U Lotus 1-2-3 dasturining funksiyasi bo‘lib, muvofiqlikni ta’minlash maqsadida Excel tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

РАЗНДАТ funksiyasi ikki sana o‘rtasidagi kunlar, oylar va yillar miqdorini hisoblashda foydalanish uchun qulay hisoblanadi. Funksiya uch zaruriy qismni o‘z ichiga oladi: boshlang‘ich_sana, yakuniy_sana va kod.

Boshlang‘ich_sana qismi qiymati yakuniy_sana’ning qiymatidan kichik bo‘lishi lozim, aks holda formulada xatolik yuz beradi.

Kod qismi qo‘shtirnoq orasida yoziluvchi quyidagi qiymatlarni o‘z ichiga olishi mumkin:
“y” sanalar o‘rtasidagi to‘liq yillar sonini hisoblaydi;
“m” sanalar o‘rtasidagi to‘liq oylar sonini hisoblaydi;
“d” sanalar o‘rtasidagi kunlar miqdorini hisoblaydi;
“md” sanalar o‘rtasidagi farqni aniqlaydi. Oy va yil qiymatlari hisobga olinmaydi;
“ym” sanalar o‘rtasidagi farqni aniqlaydi. Kun va yil qiymatlari hisobga olinmaydi;
“yd” sanalar o‘rtasidagi farqni aniqlaydi. Yil qiymati hisobga olinmaydi. @itspecuz

@ExcelDarsBot
5.5K views12:40
Ochish/sharhlash