Get Mystery Box with random crypto!

РАЗНДАТ funksiyasi РАЗНДАТ funksiyasini eng sirli deb atash m | KOMPYUTER AKADEMIYASI

РАЗНДАТ funksiyasi

РАЗНДАТ
funksiyasini eng sirli deb atash mumkin. Ushbu funksiyani funksiyalar ro‘yxatida uchratmaysiz. U Lotus 1-2-3 dasturining funksiyasi bo‘lib, muvofiqlikni ta’minlash maqsadida Excel tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

РАЗНДАТ funksiyasi ikki sana o‘rtasidagi kunlar, oylar va yillar miqdorini hisoblashda foydalanish uchun qulay hisoblanadi. Funksiya uch zaruriy qismni o‘z ichiga oladi: boshlang‘ich_sana, yakuniy_sana va kod.

Boshlang‘ich_sana qismi qiymati yakuniy_sana’ning qiymatidan kichik bo‘lishi lozim, aks holda formulada xatolik yuz beradi.

Kod qismi qo‘shtirnoq orasida yoziluvchi quyidagi qiymatlarni o‘z ichiga olishi mumkin:
“y” sanalar o‘rtasidagi to‘liq yillar sonini hisoblaydi;
“m” sanalar o‘rtasidagi to‘liq oylar sonini hisoblaydi;
“d” sanalar o‘rtasidagi kunlar miqdorini hisoblaydi;
“md” sanalar o‘rtasidagi farqni aniqlaydi. Oy va yil qiymatlari hisobga olinmaydi;
“ym” sanalar o‘rtasidagi farqni aniqlaydi. Kun va yil qiymatlari hisobga olinmaydi;
“yd” sanalar o‘rtasidagi farqni aniqlaydi. Yil qiymati hisobga olinmaydi. @itspecuz

@ExcelDarsBot