Get Mystery Box with random crypto!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI K
Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI
Kanal manzili: @kompyuter_akademiyasi
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.83K
Kanalning ta’rifi

✅ Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!
❓Savollar: @k_a_chat
💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63
💲Reklama: t.me/techno_ads/16
😎 Asoschi: @wmteam95

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 166

2021-12-16 19:13:43 Gadjetlarsiz 1 kun...

Toʻliq bir kunni hech qanday gadjetlarsiz o'tkazib koʻrishga nima deysiz? Ertalabdan to uxlagunga qadar hech qanday telefon, planshet, kompyuter va albatta internetsiz kunni o'tkazish haqida gap ketyapti.

1. Agar shunday kunni o'tkazish niyati boʻlsa kun davomida nimalar bilan band boʻlishingiz mumkin?

2. Nima ishlaringiz qolib ketishi mumkin? Balki biror joy "yonib ketar" )

3. Ilgari bunday kunlaringiz boʻlganmi oʻzi? (Svet oʻchgan kunlar hisob emas )

Menimcha shu bir kun o'zimizni gadjet va internetdan tiyish orqali ushbu narsalarga qanchalik qul boʻlib qolganimizni va gadjetlar bilan vaqt oʻtkazish davomida nimalardan bebahra qolayotganimizni anglasak kerak...

P.S.: Gadjet deyilganda telefon, kompyuter, planshet va h.k lar tushunilsin.
3.1K views16:13
Ochish/sharhlash
2021-12-16 15:23:46Sichqonchani avtomatik ravishda kerakli tugmani tanlaydigan qilib sozlash
#matnli_gif / #info

Kompyuter bilan ishlashingizda sichqoncha juda kerakli va anchagina ishimizni osonlashtiradigan qurilma hisoblanadi. Bugun bir sozlama orqali undan foydalanishda yanada tezkorlikga erishishni o'rganamiz.

Buning uchun, Win+R ga control mouse buyrug'ini kiritib, OK tugmasini bosamiz. Chiqgan oynadan "Параметры указателя" dan "Исходное положение в диалоговом окне" dagi "На кнопке, выбираемой по умолчанию" ni belgilaymiz ( ) va OK tugmasini bosib chiqib ketamiz. Batafsil ko'rsatma quyidagi videoda ko'rsatilgan.

Nima o'zgarganini bilish uchun shunchaki Win+R tugmasini bosing va sichqonchaning kursori avtomatik ravishda OK tugmasi ustida paydo bo'lganini ko'rasiz.

Bu sozlama majburiy emas va kompyuter uchun hech qanday zarar keltirmaydi. Sozlamani yoqgan joyimizdan o'chiramiz.

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
4.1K views12:23
Ochish/sharhlash
2021-12-15 18:31:11 Excel dasturida xatolik turlari
#info / #excel

Formulani kiritish yoki tahrirlashda, shuningdek funksiyada qatnashuvchi qiymatlardan biri o‘zgartirilganida, Excel formula qiymatining o‘rniga xatoliklardan birini ko‘rsatishi mumkin. Dasturda sakkiz turdagi xatoliklar ko‘zda tutilgan:

. ######## — agar yacheyka butunlay panjara belgisi bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, bunda ikki variantdan biri, ya’ni yacheykadagi qiymat unga sig‘may turgani yoki unda manfiy vaqt qiymati (yacheyka formati – Время, ya’ni vaqt bo‘lganida yuzaga keladi) kiritilganini anglatadi. Birinchi holatda ustunni kengaytirish yoki shriftni kichraytirish yetarlidir, ikkinchisida – vaqt qiymati o‘zgartiriladi. Masalan, formulada kichik vaqt birligidan katta vaqt birligi ayirilgan bo‘lsa, unda buni aksincha amalga oshirish kerak bo‘ladi.

. #ДЕЛ/0! — ushbu xatolik deyarli har doim yacheykadagi formula qandaydir qiymatni nolga bo‘lishga urinayotganini anglatadi. Ko‘pincha bu ushbu yacheyka bilan bog‘langan boshqa yacheykada nol qiymati mavjudligi yoki umuman qiymat yo‘qligi holatida yuzaga keladi. Muammoni bartaraf etish uchun, barcha bog‘langan yacheykalarni bunday qiymatlar mavjudligiga qarshi tekshirib chiqish lozim bo‘ladi.

. #Н/Д — ushbu xatolik “недоступно”, ya’ni “mavjud emas” ko‘rinishida talqin qilinadi va u funksiya yoki formulaning qiymatga murojaat eta olmayotganini anglatadi. Muammoni bartaraf etish uchun, qiymat kiritilgan yacheykalarni xatoliklarga qarshi tekshirish lozim bo‘ladi, tekshirilayotgan yacheykalarda ham ushbu xatolik yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

. #ИМЯ? — ushbu xatolik formulada yacheyka, diapazon yoki formulaning nomini noto‘g‘ri ko‘rsatayotganingizda yuzaga keladi. Muammoni bartaraf etish uchun formuladagi barcha nomlar va nomlanishlarni yana bir bor ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi.

. #ПУСТО! — kamdan kam holatda uchraydigan xatolik, chunki ushbu xatolik yuzaga kelishiga sabab hisoblanuvchi kesishish operatoridan har kim ham foydalanavermaydi. Xususan, diapazonlar kesishmaganida yuzaga keladi. Muammoni bartaraf etish uchun kesishuvchi diapazonlarni ko‘rsatib o‘ting.

Masalan: =СУММ(A1:B5 A6:B10) formulasi xatolikka olib keladi.

=СУММ(A1:B5 A5:B10) formulasi esa xatosiz ishlaydi va A5:B5 diapazonini qaytaradi.

. #ЧИСЛО! — ushbu xatolik formulada qabul qilingan doiradan tashqarida turuvchi noto‘g‘ri sonli qiymatlar mavjud bo‘lganida yuzaga keladi.

. #ССЫЛКА! — ushbu xatolik formulada ko‘rsatib o‘tilgan yacheykalar o‘chirilgan taqdirda yuzaga keladi.

. #ЗНАЧ! — ushbu holatda funksiya uchun noto‘g‘ri turdagi argument (ma’lumot) turi qo‘llanilgani haqida so‘z bormoqda.

Ushbu postga qo‘shib ilova qilinayotgan faylda har bir xatolikka izohlari bilan birga misollar keltirilgan.

P.S.: Excel dasturida xatoliklarga doir testlarni ishlab, o‘z bilimingizni sinab ko‘ring: | | | |

@itspecuz

Mavzuga oid postlar:
• Microsoft Office (Excel / Word / PowerPoint)

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube / Xarita
2.9K views15:31
Ochish/sharhlash
2021-12-15 16:01:51
Amerikaliklar IT yordamida kosmosni zabt etayotgan paytda, siz Telegram'da vaqt yo'qotish bilan ovorasiz!

IT ni o'rganishga pul qayoqda deysizmi?

Endi sizda nafaqat o'quv kurslariga sarflanadigan millionlab pullarni tejash, balki yaxshigina daromad qilish imkoni bor!

ITAcademyUz Virtual Akademiyasi bilan trenddagi sohalarni BEPUL va SIFATLI o'rganing hamda jahon frilans bozoriga chiqish va oyiga 2000$ daromad topish imkoniga ega bo'ling.

Kurslarni ochish: @ITAcademyUz
3.8K views13:01
Ochish/sharhlash
2021-12-15 13:16:10
Ko‘rish gigiyenasida nimalarga amal qilish lozim?
#salomatlik

Ko‘rish gigiyenasiga amal qilish ko‘rish o‘tkirligining pasayishi va turli ko‘z kasalliklarining oldini olishga yordam beradi.

Buning uchun:

Ish stoli yaxshi yoritilgan bo‘lishi, yorug‘lik bir maromda tushishi kerak.

O‘qish vaqtida yorug‘lik yelka osha tushishi va o‘qilayotgan manbani to‘liq yoritishi zarur.

Yozish vaqtida yorug‘lik chapaqaylar uchun o‘ngdan, o‘naqaylar uchun esa chapdan tushishi lozim. Shunda qo‘lning soyasi tushmaydi.

Yozma matnlarni 30 sm masofada o‘qish kerak.

Qorong‘i xonada o‘qish, yozish, gadjetlar ishlatish ko‘z uchun katta salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

Kompyuterda ishlaganda har 40-50 daqiqada, kitob o‘qiganda har 15-20 daqiqada tanaffus qilish lozim.

Harakatlanayotgan transportda o‘qish, yozish, gadjetlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bu holat ko‘zga salbiy taʼsir ko‘rsatib, tez charchashiga sabab bo‘ladi. @soglomhayotuz

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
4.5K views10:16
Ochish/sharhlash
2021-12-14 14:36:55 PDF24 Creator (x64/x86)
#dastur / #pdf

PDF24 Creator - bu deyarli har qanday grafik tasvirdan (PNG, JPEG, BMP, PCX, TIFF, PSD) PDF hujjatlarini virtual printer yordamida chop etish funksiyasi bilan osongina yaratish imkonini beruvchi bepul dastur.

Dastur bepul bo'lgani uchun hech qanday aktivatsiya talab qilmaydi. O'rnatish paytida internet va antivirus yoniq bo'lishi ham zarar bermaydi.

: x86 - 26.9 MB (.exe) I x64 - 124.5 MB (.exe)

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
4.2K views11:36
Ochish/sharhlash
2021-12-14 14:36:30
3.9K viewsedited  11:36
Ochish/sharhlash
2021-12-14 11:13:00Windows soatida soniyalarni ko'rsatish
#info / #windows

Odatda pastki o'ng burchakdagi Windows 10 soati soniyalarni ko'rsatmasdan vaqtni ko'rsatadi. Agar siz u yerda soniyalarni ham ko'rsatishini xohlasangiz:

"Редактора реестра" ni ochish uchun WIN + R tugmalarini bosib, regedit buyrug'ini kiritib, OK tugmasini bosamiz.

HKEY_CURRENT_USER \ SOFTWARE \ Microsoft \ Windows \ CurrentVersion \ Explorer \ Advanced yo'liga o'tiladi.

ShowSecondsInSystemClock nomli DWORD (32-bit) dan bo'lim yaratamiz va 1 qiymatini beramiz.

"Диспетчера задач" ni ochish uchun CTRL + SHIFT + ESC tugmalarini bosing. Jarayonlar ro'yxatida Explorer-ni toping, uni tanlang va "Перезагрузить" tugmasini bosing.

Windows 7 uchun rammichael.com dan yuklab olish mumkin bo'lgan 7+ Taskbar Tweaker ilovasidan foydalanish mumkin. Ilova oynasida xuddi shu nomdagi katakchani faollashtiriladi. @pcTeapot

P.S.: Windows 10'da tekshirdim, hech qanday muammolarsiz ishlayapti. Siz soniyalar ko'rsatilishini yoqishni boshqa yo'llarini ham bilasizmi?

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
4.6K views08:13
Ochish/sharhlash
2021-12-14 05:06:59
Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish
#e_gov

Elektron hukumatni ishga tushirilishini yaxshi tomoni o'zingizga tegishli bo'lgan, kerakli ma'lumotlarni tezlik bilan olish imkoniyati hisoblanadi.

Ushbu video qo'llanma orqali shu davrga qadar "Mehnat faoliyati" ngiz bo'yicha ma'lumotnomani qanday olishingiz mumkinligini bilib olasiz. ЕПИГУ / ЯИДХП

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
1.6K views02:06
Ochish/sharhlash
2021-12-13 13:40:40 Eng ko'p so'ralayotgan savollar 1
#savollar

Kompyuterimni biror joyi (usb, sichqoncha, wi fi, ovozi va h.k) ishlamayapti?
Javob:
Bunday holatda birinchi navbatda kompyuterdagi nosozlikni aniqlaymiz: Kompyuterdagi nosozliklarni aniqlash va tuzatish!
Ko'pincha bunday muammolarga kerakli drayverlarni yo'qligi sabab bo'ladi.

Drayverlarni qanday o'rnatish mumkin?
Javob:
Kompyuterni o'zini drayverlarini avtomatik yangilab beruvchi dasturlar yordamida o'rnatgan ma'qul: Drayverlarni onlayn yangilash
Qo'shimcha uskunalar uchun drayverni alohida yuklab oling, buning uchun uskuna nomi + drayver skachat deb izlang (canon 3110 drayver skachat).

Kompyuterim .zip yoki .rar fayllarini ocholmayapti?
Javob:
Demak sizda arxivator dasturi yo'q, kanaldan WinRAR dasturini yuklab, o'rnating.
Arxiv bilan ishlash. WinRAR dasturini o'rnatish va undan foydalanish
WinRAR x32 / WinRAR x64

Antivirus kerak. Qanday o'rnataman, bazasini qanday yangilayman?
Javob:
Bular uchun videodarslarimiz mavjud. Antivirus bazasi esa kanalga tez-tez joylab kelinmoqda.
NOD32 dasturi x32 va x64 uchun, uni o'rnatish va bazasini yangilash. Eng so'ngi bazalarni #baza orqali topasiz.

Torrent nima? Undan qanday foydalansam bo'ladi?
Javob:
Torrent nima? Torrent bilan ishlash

Kompyuter uchun dasturlarni qayerdan yuklash kerak?
Javob:
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)

Biror dasturni butunlay o'chirib yuborish qanday bajariladi?
Javob:
Buning uchun YourUninstaller dasturidan yoki kompyuterni o'zidan foydalanish mumkin.

Kompyuterim haqida batafsil ma'lumot (protsessor, videokarta, operativka va h.k) kerak. Xarakteristikasini qanday bilsam bo'ladi?
Javob:
Kompyuterni asosiy xarakteristikalari va ularni aniqlash

Kompyuterimdagi videokarta turini, hajmini qanday bilishim mumkin?
Javob:
Kompyuterdagi videokarta turini aniqlash! Дискретная yoki встроенная видеокарта nima?

Aktivlovchi dastur yoki dasturni o'zi o'chib ketibdi. Bunga sabab nima?
Javob:
Biror dasturni o'rnatishda (asosan crack dastur) antivirus va internetni o'chirib turish kerak. Bo'lmasam antivirus o'sha dasturni xavfli deb o'chirib tashlaydi.
Dastur o'rnatish sanʼati / Antivirusni vaqtincha o'chirib turish

Dastur o'rnatish payti nega antivirus va internet o'chiq bo'lishi kerak? Xavfsizlik nima bo'ladi?
Javob:
Kanaldagi ko'pchilik dasturlar crack dastur (piratskiy) ya'ni hakerlar tomonidan pul, aktivatsiya so'raydigan joylari olib tashlangan, agar internet yoniq bo'lsa dastur internet orqali biz qilgan aktivatsiya yolg'on ekanini bilib qoladi.
Antiviruslar esa bunday piratskiy dasturlarni yoqtirmaydi. Lekin kanalda virusli fayllar yo'q, hamma fayllar tekshirilgan holda joylanadi!

Kompyuterim x32 yoki x64 ekanligini qanday bilsam bo'ladi?
Javob:
Kompyuter razryadlari haqida videodarsimiz mavjud.

Kompyuterim Windows 10'ni ko'taradimi?
Javob:
Bunday turdagi savollarga ushbu videodarsda javob berilgan.

Windows 10 yoki 7'ni o'zim o'rnatishim mumkinmi?
Javob:
Xa albatta. Windows 7'ni o'rnatish bo'yicha bepul kursimiz mavjud:
Windows 7 ni o'rnatish bo'yicha videodarslar
Windows 10 ham deyarli Windows 7 ni o'rnatishga o'xshash.

Kompyuterimda har xil reklamalar chiqyapti?
Javob:
Kompyuterdagi reklamalarni o'chirish!

Instagram, Facebook, tik tok'larni kompyuter uchun dasturi mavjudmi?
Javob:
Mashhur ijtimoiy tarmoqlarning rasmiy dasturlari

Yanada ko'proq ma'lumotlarni kanalimiz xaritasidan oson topishingiz mumkin. Ishoning, kanalimizda foydali ma'lumotlar juda ko'p, shunchaki ularni izlash kerak.

Balki sizning savolingizga javob boshqa postlarda berilgandir?
1

Shunday postlar kerakmi?

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube
3.3K views10:40
Ochish/sharhlash