Get Mystery Box with random crypto!

Ko‘rish gigiyenasida nimalarga amal qilish lozim? #salomatlik | KOMPYUTER AKADEMIYASI

Ko‘rish gigiyenasida nimalarga amal qilish lozim?
#salomatlik

Ko‘rish gigiyenasiga amal qilish ko‘rish o‘tkirligining pasayishi va turli ko‘z kasalliklarining oldini olishga yordam beradi.

Buning uchun:

Ish stoli yaxshi yoritilgan bo‘lishi, yorug‘lik bir maromda tushishi kerak.

O‘qish vaqtida yorug‘lik yelka osha tushishi va o‘qilayotgan manbani to‘liq yoritishi zarur.

Yozish vaqtida yorug‘lik chapaqaylar uchun o‘ngdan, o‘naqaylar uchun esa chapdan tushishi lozim. Shunda qo‘lning soyasi tushmaydi.

Yozma matnlarni 30 sm masofada o‘qish kerak.

Qorong‘i xonada o‘qish, yozish, gadjetlar ishlatish ko‘z uchun katta salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

Kompyuterda ishlaganda har 40-50 daqiqada, kitob o‘qiganda har 15-20 daqiqada tanaffus qilish lozim.

Harakatlanayotgan transportda o‘qish, yozish, gadjetlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bu holat ko‘zga salbiy taʼsir ko‘rsatib, tez charchashiga sabab bo‘ladi. @soglomhayotuz

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita