Get Mystery Box with random crypto!

Kitob tumani hokimligi

Telegram kanalining logotibi kitab_district — Kitob tumani hokimligi K
Telegram kanalining logotibi kitab_district — Kitob tumani hokimligi
Kanal manzili: @kitab_district
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.26K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿Kitob tumani hokimligi
☎️ 75-542-50-07.

🌐 www.kitobt.uz
➡️ fb.com/kitobhokimligi.axborotxizmati
➡️ instagram.com/kitabdistrict
▶️ www.youtube.com/c/kitobhokimligi
Murojaat - @kitob_hokimiga_murojaat_bot
Admin @kitob_press

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-31 15:10:50
#Mustaqillik_obyekti
Kitob tumanida plastik panellar ishlab chiqariladigan yangi korxona ishga tushdi

Yurtimizda bayramlar arafasida yangi ijtimoiy soha obyektlarini ochish ezgu an`anaga aylangan. Mazkur an`ananing uzviy davomi sifatida Kitob tumanida ham bir qator yangidan yangi tadbirkorlik subyektlari hamda muassasalar foydalanishga topshirilmoqda.

Tumandagi "Do`stlik" kichik sanoat zonasida joylashgan "Monofeets group" MCHJ korxonasining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Unda tuman sektor rahbarlari, tadbirkorlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Shu kuni tuman hokimi Uktam Pardayevning o`zi ramziy zavodni ishga tushirish uchun mo`ljallangan "START" tugmasini bosdi. Yig`ilganlar qo`llari duoga ochilib, korxonaning keyingi istiqboli uchun ezgu niyatlar bildirildi.

Ma`lumot o`rnida, mazkur loyiha qiymati 5.5 milliard so`mni tashkil etadi. Plastik panellar ishlab chiqarish uchun mo`ljallangan uskunalar esa Xitoy davlatidan keltirilgan. Korxonada 25 kishi doimiy ish bilan ta`minlangan.
3.1K viewsQahramonjon Oqilov, 12:10
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:44:17 #inson_qadri_uchun
Kitob tumanida "Hokim yordamchisi" tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarining 17 nafariga maktab formalari tarqatildi

Kitob tumani "Sariosiyo" MFY "Hokim yordamchisi" Hamza Omonov yana bir ezgu tashabbusga qo`l urdi. Hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 17 nafar farzandlariga bepul maktab formalari tarqatildi.

E`tiborli jihati, mazkur kiyimlar aynan shu mahallaning o`zida tikildi ya`ni bunda bir necha oy oldin fuqaro Zamira Qudratova bir necha yildan buyon tikuvchilik bilan shug`ullanib kelayotganligini, endilikda o`z faoliyatini kengaytirish istagi borligini lekin buning uchun moddiy imkoniyati yetarli emasligi yuzasidan "Hokim yordamchisi"ga murojaat bilan chiqqan edi. Shundan so`ng, unga tikuv mashinasi sotib olish uchun imtiyozli kredit ajratilib, mahalladagi bo`sh binolardan biri tikuvchilik sexiga aylantirilgan edi. Qilingan ezgu tashabbus bugun o`z mevasini bermoqda. Ayni kunda bu yerda 6 nafar qizlar buyurtma asosida turli kiyimlar, xususan, maktab formalarini ham ishlab chiqarishmoqda.

Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

Facebook | Instagram | Web sayt| Telegram | Twitter | YouTube
1.7K viewsQahramonjon Oqilov, 15:44
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:44:08
1.6K viewsQahramonjon Oqilov, 15:44
Ochish/sharhlash
2022-08-30 16:30:43
Kitob tumani "Charmgar" MFY hududida joylashgan "Sumaya" nomli oilaviy bolalar bog`chasida istiqlolimizning 31 yillik bayrami munosabati bilan kichik bayram dasturi tashkil etildi. Unga taklif etilgan mehmonlar jajji bolajonlarning bir-biridan qiziqarli chiqishlaridan bahramand bo`lishdi.

Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

Facebook | Instagram | Web sayt| Telegram | Twitter | YouTube
2.2K viewsQahramonjon Oqilov, 13:30
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:34:53 Ustozlar milliy forumi: natijalar tahlil qilinib, vazifalar belgilab olindi, munosiblar rag‘batlantirildi

Ta`lim tizimi ijtimoiy sohalar ichida eng dolzarb hamda doimiy e`tibor qaratish talab etadigan yo`nalishlari sirasiga kiradi. So`nggi yillarda muhtaram yurtboshimiz boshchiligida tizimda amalga oshirilgan keng ko`lamli islohotlar ham aynan shu maqsadga xizmat qilib kelmoqda.

Yangi o‘quv yilini o‘zgacha shukuh va shijoat ila boshlash, ta’lim-tarbiya berishning yangicha metod va uslublaridan foydalanishni maqsad qilgan o‘qituvchi-pedagoglar uchun Kitob tumanidagi Madaniyat saroyida “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman sektor rahbarlari ham taklif etilib, soha xodimlarini yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 31 yillik bayrami hamda “Bilimlar kuni” bilan samimiy qutlashdi.

Shundan so‘ng, alohida o‘rnak ko‘rsatgan, viloyatda ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, faol, tashabbuskor va munosib natijalarga erishayotgan ko‘plab ta’lim fidoyilari hamda faxriy ustozlar tuman hokimining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

Facebook | Instagram | Web sayt| Telegram | Twitter | YouTube
2.3K viewsQahramonjon Oqilov, 12:34
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:34:12
2.2K viewsQahramonjon Oqilov, 12:34
Ochish/sharhlash
2022-08-30 14:53:25
#live
#Mustaqillik_obyekti
#press_tur
Tumandagi mustaqillik obyektlarini tantanali ochilish marosimlari munosabati bilan OAV vakillari hamda mustaqil blogerlar uchun kichik press tur ham tashkil etildi va har bir jarayon turli ijtimoiy tarmoqlar hamda televideniya orqali yoritib borildi.

Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

Facebook | Instagram | Web sayt| Telegram | Twitter | YouTube
2.2K viewsQahramonjon Oqilov, 11:53
Ochish/sharhlash
2021-12-18 08:46:17
Mahallalarda voleybol mashgʻulotlari davom etadi

Bugun Kitob tumani "Beshterak" MFY hududida joylashgan 16-umumta'lim maktabining sport zalida uyushmagan yoshlar oʻrtasida navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Sportning voleybol turi boʻyicha oʻtkazilgan mazkur oʻyinning tashkilotchilari "Beshterak" hamda "Yakkatut" MFY larining Yoshlar ishlari agentligi vakillari M.Suyunov va N.Abdiyevlardir. Ular boshqa sport turlari boʻyicha ham kelgusida koʻplab tadbirlarni oʻtkazishni rejalashtirishgan.

Kitoblik yoshlarga a'zo boʻling
https://t.me/kitoblikyoshlar
2.9K viewsQahramonjon Oqilov, 05:46
Ochish/sharhlash
2021-12-18 05:30:46
Assalomu alaykum, qadrli Kitob!

Mana yurtimizga qish faslining birinchi oyi ham o‘tib bormoqda. Bugun 18-dekabr haftaning Shanba kuni.Havo harorati 16 daraja iliqni tashkil etadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Boshlangan yangi kun barokatli bo‘lsin !

#Ob_havo | @Kitab_district
1.5K viewsQahramonjon Oqilov, 02:30
Ochish/sharhlash
2021-12-17 20:57:20
Китоб туманининг бош Янги йил арчаси бу йил ўзгача қиёфада қад ростлади (Фото)

Батафсил:
https://nasafnews.uz/?p=25943

Каналга уланиш:
https://t.me/nasafnewsuz
1.8K viewsQahramonjon Oqilov, 17:57
Ochish/sharhlash