Get Mystery Box with random crypto!

Ustozlar milliy forumi: natijalar tahlil qilinib, vazifalar be | Kitob tumani hokimligi

Ustozlar milliy forumi: natijalar tahlil qilinib, vazifalar belgilab olindi, munosiblar rag‘batlantirildi

Ta`lim tizimi ijtimoiy sohalar ichida eng dolzarb hamda doimiy e`tibor qaratish talab etadigan yo`nalishlari sirasiga kiradi. So`nggi yillarda muhtaram yurtboshimiz boshchiligida tizimda amalga oshirilgan keng ko`lamli islohotlar ham aynan shu maqsadga xizmat qilib kelmoqda.

Yangi o‘quv yilini o‘zgacha shukuh va shijoat ila boshlash, ta’lim-tarbiya berishning yangicha metod va uslublaridan foydalanishni maqsad qilgan o‘qituvchi-pedagoglar uchun Kitob tumanidagi Madaniyat saroyida “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman sektor rahbarlari ham taklif etilib, soha xodimlarini yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 31 yillik bayrami hamda “Bilimlar kuni” bilan samimiy qutlashdi.

Shundan so‘ng, alohida o‘rnak ko‘rsatgan, viloyatda ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, faol, tashabbuskor va munosib natijalarga erishayotgan ko‘plab ta’lim fidoyilari hamda faxriy ustozlar tuman hokimining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

Facebook | Instagram | Web sayt| Telegram | Twitter | YouTube