Get Mystery Box with random crypto!

#Mustaqillik_obyekti Kitob tumanida plastik panellar ishlab ch | Kitob tumani hokimligi

#Mustaqillik_obyekti
Kitob tumanida plastik panellar ishlab chiqariladigan yangi korxona ishga tushdi

Yurtimizda bayramlar arafasida yangi ijtimoiy soha obyektlarini ochish ezgu an`anaga aylangan. Mazkur an`ananing uzviy davomi sifatida Kitob tumanida ham bir qator yangidan yangi tadbirkorlik subyektlari hamda muassasalar foydalanishga topshirilmoqda.

Tumandagi "Do`stlik" kichik sanoat zonasida joylashgan "Monofeets group" MCHJ korxonasining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Unda tuman sektor rahbarlari, tadbirkorlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Shu kuni tuman hokimi Uktam Pardayevning o`zi ramziy zavodni ishga tushirish uchun mo`ljallangan "START" tugmasini bosdi. Yig`ilganlar qo`llari duoga ochilib, korxonaning keyingi istiqboli uchun ezgu niyatlar bildirildi.

Ma`lumot o`rnida, mazkur loyiha qiymati 5.5 milliard so`mni tashkil etadi. Plastik panellar ishlab chiqarish uchun mo`ljallangan uskunalar esa Xitoy davlatidan keltirilgan. Korxonada 25 kishi doimiy ish bilan ta`minlangan.