Get Mystery Box with random crypto!

Mahallalarda voleybol mashgʻulotlari davom etadi Bugun Kitob | Kitob tumani hokimligi

Mahallalarda voleybol mashgʻulotlari davom etadi

Bugun Kitob tumani "Beshterak" MFY hududida joylashgan 16-umumta'lim maktabining sport zalida uyushmagan yoshlar oʻrtasida navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Sportning voleybol turi boʻyicha oʻtkazilgan mazkur oʻyinning tashkilotchilari "Beshterak" hamda "Yakkatut" MFY larining Yoshlar ishlari agentligi vakillari M.Suyunov va N.Abdiyevlardir. Ular boshqa sport turlari boʻyicha ham kelgusida koʻplab tadbirlarni oʻtkazishni rejalashtirishgan.

Kitoblik yoshlarga a'zo boʻling
https://t.me/kitoblikyoshlar