Get Mystery Box with random crypto!

#inson_qadri_uchun Kitob tumanida 'Hokim yordamchisi' tashabb | Kitob tumani hokimligi

#inson_qadri_uchun
Kitob tumanida "Hokim yordamchisi" tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarining 17 nafariga maktab formalari tarqatildi

Kitob tumani "Sariosiyo" MFY "Hokim yordamchisi" Hamza Omonov yana bir ezgu tashabbusga qo`l urdi. Hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 17 nafar farzandlariga bepul maktab formalari tarqatildi.

E`tiborli jihati, mazkur kiyimlar aynan shu mahallaning o`zida tikildi ya`ni bunda bir necha oy oldin fuqaro Zamira Qudratova bir necha yildan buyon tikuvchilik bilan shug`ullanib kelayotganligini, endilikda o`z faoliyatini kengaytirish istagi borligini lekin buning uchun moddiy imkoniyati yetarli emasligi yuzasidan "Hokim yordamchisi"ga murojaat bilan chiqqan edi. Shundan so`ng, unga tikuv mashinasi sotib olish uchun imtiyozli kredit ajratilib, mahalladagi bo`sh binolardan biri tikuvchilik sexiga aylantirilgan edi. Qilingan ezgu tashabbus bugun o`z mevasini bermoqda. Ayni kunda bu yerda 6 nafar qizlar buyurtma asosida turli kiyimlar, xususan, maktab formalarini ham ishlab chiqarishmoqda.

Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

Facebook | Instagram | Web sayt| Telegram | Twitter | YouTube