Get Mystery Box with random crypto!

KHISO| Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi khiso — KHISO| Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi khiso — KHISO| Rasmiy kanal
Kanal manzili: @khiso
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.12K
Kanalning ta’rifi

Khwarizmi International School of olympiads (KHISO) - Al Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiada maktabining rasmiy telegram kanali!
Admin: @khiso_admin
Hamkorlik va reklama uchun: @khiso_reklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-06-28 11:08:24
Qadrli yurtdoshlar!

Muborak kunlarda sizlarni Qurbon hayit bayrami bilan qutlashdan mamnunmiz. Tilaymizki, xonadonlarimizdan fayz-u barokat, sog‘lik- salomatlik, tinchlik va osoyishtalik tark etmasin! Hamisha qalbingizda iymon, oqibat, birdamlik bo‘lishiga tilakdoshmiz!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin!

Qubon hayit bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan KHISO olimpiada maktabi jamoasi
7.5K views08:08
Ochish/sharhlash
2023-06-26 20:48:55
Endi Prezident maktabi imtihonining asosiy bosqichiga tayyorlanamiz!

TANQIDIY FIKRLASH VA MUAMMOLI MASALALAR toʻplamimiz nashrdan chiqdi!

3 ta kitobdan iborat yangi toʻplamimiz Cambridge Assessment Admissions Testing tashkiloti standartida tayyorlangan boʻlib, imtihondagi haqiqiy savollarga oʻxshashlik darajasi juda yuqori.

Toʻplamimizda jami 1200 ta savollar va yechimlari mavjud boʻlib, shulardan 720 tasi problem solving (muammoli masalalar) va 480 tasi criticial thinking (tanqidiy fikrlash) yoʻnalishida.

Kitobimiz orqali nafaqat maxsus testlar bilan tanishasiz, balki qr kodlar orqali savollarning toʻliq video tahlilini ham oʻrganasiz.

Mualliflar jamoasi soʻnggi yillarda eng koʻp oʻquvchisi prezident maktabiga kirgan professional ustozlardan iborat!

Buyurtma berish: @khiso_lc_admin
9.7K views17:48
Ochish/sharhlash
2023-06-26 09:36:50 BUGUN QABULNING OXIRGI KUNI

Prezident maktabiga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga

Prezident maktablari bilan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari har xil kunlarda o‘tkaziladi.

Shu sababli, Prezident maktabiga hujjat topshirgan bo‘lsangiz, Ixtisoslashtirilgan maktablarga ham alohida hujjat topshirishingiz talab etiladi.

Arizalarni ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali 30-iyunga qadar topshirishingiz mumkin.

Qanday hujjatlar talab etiladi?
O‘quvchilar qabuli bo‘ladigan yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari ro‘yxati

@khiso
12.0K viewsedited  06:36
Ochish/sharhlash
2023-06-26 08:00:51
Bugun marafonning birinchi kuni!

Bugun
26-iyun kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha boshlang‘ich ta'lim, tarix hamda ona tili va adabiyot fanlaridan khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida bo‘lib o‘tadi.

Marafonning o‘tkazilish va g‘oliblarning aniqlanish tartibi: BATAFSIL

G‘oliblar Respublika ta'lim markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida nashr etilgan "Mantiqiy matematika" (1 va 2) kitoblari bilan taqdirlanadi!

Ro‘yxatdan o‘tish: @khiso_uz_bot

Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo bepul!

Platformadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishni unutmang.

Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: @khiso
8.8K views05:00
Ochish/sharhlash
2023-06-24 16:25:18
Talablarga binoan kitoblarimiz haqida batafsil #video_tanishtiruv tayyorladik!

Kitoblarimiz asosan 3 turga bo‘linadi:

Al Xorazmiy maktabi imtihoni va Prezident maktabi imtihonining 1-bosqichiga tayyorgarlik;

Olimpiadalarga tayyorgarlik;

Prezident maktabi imtihonining asosiy bosqichiga tayyorgarlik;

Innovatsion kitoblarimizda har bir test yakunida nafaqat javoblarini, maxsus QR kod orqali video yechimlari bilan ham tanishishingiz mumkin. Video yechimlar ultra yuqori sifatda (4K formatida) yozilgan.

O‘quv markazlar va xususiy maktablar uchun chegirmalar mavjud.

Chegirma va narxlar bo‘yicha ma'lumot olish: @khiso_lc_admin
22.3K views13:25
Ochish/sharhlash
2023-06-24 11:00:00
Jazirama kunlarda qaynoq olimpiadalar!

5 kun davomida 10 ta fandan olimpiadalar marafonida qatnashing!

Marafon 26-30 iyun kunlari soat 10:00 dan 22:00 gacha o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida bo‘lib o‘tadi.

Marafonning o‘tkazilish va g‘oliblarning aniqlanish tartibi: BATAFSIL

G‘oliblar Respublika ta'lim markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida nashr etilgan "Mantiqiy matematika" (1 va 2) kitoblari bilan taqdirlanadi!

Ro‘yxatdan o‘tish:
@khiso_uz_bot

Olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

Platformadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishni unutmang.

Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: @khiso
10.9K viewsedited  08:00
Ochish/sharhlash
2023-06-23 17:02:16


OFLAYN TESTLARIMIZ ENDI PARALLEL TARZDA VILOYATLARDA HAM O‘TKAZILADI!

Maxsus oflayn test orqali imtihondan oldin bilimlarimizni tekshiramiz
!

25-iyun yakshanba kuni soat 11:00 da:

Toshkent shahrida: KHISO o‘quv markazimizda;

Sirdaryo viloyatida: "GULISTON ACADEMY" o‘quv markazida;

Samarqand viloyatida: "MALIKA EDUCATION" o‘quv markazida;

BU JOYDA SIZNING O‘QUV MARKAZINGIZ BO‘LISHI MUMKIN!

Testlar Cambridge Assessment Admissions Testing tashkiloti standartlari asosida tuzilgan.

Tanqidiy fikrlash (16 ta savol);
Muammoni hal qilish (24 ta savol);

Test ishtirokchilari haqiqiy imtihondagidek maxsus javoblar varaqasidan foydalanishadi.

Natijalar aniqlangunga qadar professional ustozlarimiz bilan testlar to‘liq tahlil qilinadi!

Testda qatnashish to‘lovli!

Hamkorlik aloqalari uchun: @khiso_lc_admin
8.7K viewsedited  14:02
Ochish/sharhlash
2023-06-22 12:00:52


Prezident maktabi imtihoniga tayyorgarlik bo‘yicha an'anaviy 16-repetitsion test!

Ertaga 25-iyun kuni soat 23:00 ga qadar khiso.uz saytida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Tanqidiy fikrlash (16 ta savol);
Muammoni hal qilish (24 ta savol);

Testlar Cambridge Assessment Admissions Testing tashkiloti standartlari asosida tuzilgan.

Oʻquvchi va uning ustozi mos ravishda QR kodli sertifikat va tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.

Testlarning tahlili bilan faqat ishtirokchilar o‘z sertifikatlari yordamida tanisha oladi.

Har bir ishtirokchiga KUNTESTI mobil ilovasi uchun 100 ta bepul tanga beriladi. (100% lik CASHBACK)

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishni unutmang.

Qo‘shimcha savollar uchun: @khiso_lc_admin
15.7K viewsedited  09:00
Ochish/sharhlash
2023-06-21 09:32:25
"SQB MATH OLYMPIAD-2023"

Xabaringiz bor, mamlakatimiz tarixida ilk marta talabalar va bank xodimlari oʻrtasida mukofot jamgʻarmasi 100.000.000 soʻmdan iborat ikki bosqichda olimpiada oʻtkazildi.

Onlayn saralash bosqichida qatnashgan 4000 ga yaqin ishtirokchilar orasida 403 nafar yuqori natija egalari finalda qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Mard-u maydon - oflayn finalda esa 232 nafar ishtirokchi bilim sinashdi.

Va'da qilinganidek, barcha final ishtirokchilariga O‘zsanoatqurilish ATB ko‘magida nashr etilgan "Mantiqiy matematika" kitobi taqdim etildi.

OTM talabalar va bank tizimi xodimlari natijalari alohida-alohida aniqlandi. Bunga ko‘ra, jami 4 nafar (2 nafari talabalar), 8 nafar (5 nafari talabalar) va 12 nafar (7 nafari talabalar) g‘oliblar mos ravishda 5.800.000, 4.500.000 va 3.400.000 so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

SQB - Intelektni qo‘llab quvvatlovchi eng yaxshi bank!
8.5K views06:32
Ochish/sharhlash
2023-06-17 18:29:17 "SQB MATH OLYMPIAD-2023" final bosqichi natijalari!

Olimpiadaning final bosqichi O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti binosida o‘tkazildi va unda jami 232 nafar ishtirokchi bilimlarini sinovdan o‘tkazdi!

Va'da qilinganidek, barcha final ishtirokchilariga O‘zsanoatqurilish ATB ko‘magida nashr etilgan "Mantiqiy matematika" kitobi taqdim etildi.

OTM talabalar va bank tizimi xodimlari natijalari alohida-alohida aniqlandi. Bunga ko‘ra, jami 4 nafar , 8 nafar va 12 nafar g‘oliblar mos ravishda 5.800.000, 4.500.000 va 3.400.000 so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
14.6K views15:29
Ochish/sharhlash