Get Mystery Box with random crypto!

'SQB MATH OLYMPIAD-2023' Xabaringiz bor, mamlakatimiz tarixid | KHISO| Rasmiy kanal

"SQB MATH OLYMPIAD-2023"

Xabaringiz bor, mamlakatimiz tarixida ilk marta talabalar va bank xodimlari oʻrtasida mukofot jamgʻarmasi 100.000.000 soʻmdan iborat ikki bosqichda olimpiada oʻtkazildi.

Onlayn saralash bosqichida qatnashgan 4000 ga yaqin ishtirokchilar orasida 403 nafar yuqori natija egalari finalda qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Mard-u maydon - oflayn finalda esa 232 nafar ishtirokchi bilim sinashdi.

Va'da qilinganidek, barcha final ishtirokchilariga O‘zsanoatqurilish ATB ko‘magida nashr etilgan "Mantiqiy matematika" kitobi taqdim etildi.

OTM talabalar va bank tizimi xodimlari natijalari alohida-alohida aniqlandi. Bunga ko‘ra, jami 4 nafar (2 nafari talabalar), 8 nafar (5 nafari talabalar) va 12 nafar (7 nafari talabalar) g‘oliblar mos ravishda 5.800.000, 4.500.000 va 3.400.000 so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

SQB - Intelektni qo‘llab quvvatlovchi eng yaxshi bank!