Get Mystery Box with random crypto!

Kelajakka bir qadam

Telegram kanalining logotibi kelajakkabirqadam_1 — Kelajakka bir qadam K
Telegram kanalining logotibi kelajakkabirqadam_1 — Kelajakka bir qadam
Kanal manzili: @kelajakkabirqadam_1
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.11K
Kanalning ta’rifi

Bilim olishdan to'xtalgan kun yashashdan to'xtalgan kundir...
Murojaat uchun
Xusanova Naima

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-06-13 10:21:18
Havas qilganlar erishsin-a.
Bizlarga ham nasib etsin!!
Maqsudova Nodira opa tabriklayman

https://t.me/kelajakkabirqadam_1
819 viewsXusanova Naima Zokirjonovna, 07:21
Ochish/sharhlash
2023-06-13 09:36:37
VIA Marokand & Shohruhxon - Devona | ВИА Мароканд & Шохруххон - Девона

https://t.me/kelajakkabirqadam_1
997 viewsXusanova Naima Zokirjonovna, edited  06:36
Ochish/sharhlash
2023-06-13 08:50:31 Одамлардан фаришталикни талаб қилманг!
Чунки бу дунёда ожиз бандалар яшайди фаришталар эмас.
Хар биримиз адашамиз хато қиламиз билиб билмай кимнидир кӯнглига озор берамиз.

Лекин кӯнглимизга озор берган ӯша ёмонни ҳам, қандайдир бир яхши хислати булади.
Биз учун энг мукаммал бӯлган инсонни хам бир ёмон одати булади!

Бизга озорларни эслаб юрмаслигимиз учун Унутиш ва Кечириш туйғулари берилган.
Агар кечирмасак демак биз хам яхши одам эмасмиз.

Шундай экан ёмон одамлар йӯқ. Шунчаки ёмон одатлар бор холос.
Яқинларингиздан ва дӯсту ёрингиздан кичкина ёмон одати учун воз кечманг. Кечиринг ва унутинг!

#Мулоҳаза
1.3K viewsXusanova Naima Zokirjonovna, 05:50
Ochish/sharhlash
2023-06-13 06:30:56 МЕҲРНИ КУТМАНГ, МЕҲР БЕРИНГ

Меҳр-муҳаббат бировдан бировга бериладиган (оқиб келадиган) ходиса эмас. Агар икки киши ҳам бир-биридан меҳр келишини кутса, бу ҳар иккисининг ҳам меҳр жиҳатидан бўмбўш эканини кўрсатади - бунақада муҳаббат ўз ўзидан бор бўлиши мумкинми? Икки киши меҳрни бир биридан келишини кутаётган бўлса, у ҳолда ҳар иккиси ҳам севги бобида биргаликда бахтсиз эканини кўрсатади. Илгари айрим-айрим бахтсиз бўлган инсонлар энди биргаликда бахтсиз бўладилар. Ва шу ҳам эсингизда турсинки, икки киши бирга бахтсиз бўлиши, бу бахтсизликнинг шунчаки оддий қўшилгани  бўлмайди, балки кўпайтирилгани бўлади...





https://t.me/kelajakkabirqadam_1
1.4K viewsXusanova Naima Zokirjonovna, edited  03:30
Ochish/sharhlash
2023-06-13 06:28:10 ​​Tosh va qum
Toshni maydalab, qumga aylantirish uchun bir daqiqa kifoya. Ammo qumning toshga aylanishi uchun ming yil kamlik qiladi. Do’stlik ham shunga o’xshaydi.

Sodda va buyuk
Qadimgi musavvirlar farishtani g’odak qiyofasida tasvirlagani bejiz emas. Bola shu qadar soddaki, biz uning darajasiga tusha olmaymiz. Bola shu qadar buyukki, biz uning darajasiga yetolmaymiz!

Qo’g’irchoq
Bu odam loydan yasalgan qo’g’irchoqqa o’xshaydi. Zamon sal o’zgarsa, boshidan jinday suv quyadi-da, loyini iylab-iylab, o’zini qaytadan yasab, boshqa qiyofaga kirib oladi…
Qattiqroq yomg’ir yog’sa, balchiqqa aylanib ketadi-yov!

Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov (1941-2013)
1.4K viewsXusanova Naima Zokirjonovna, 03:28
Ochish/sharhlash
2023-06-12 18:57:59
Yangi o‘quv yilidan boshlab, oliygohda o‘qiyotgan xotin-qizlar uchun, kim to‘lashidan qatʼi nazar, kontrakt to‘lovi daromad solig‘idan ozod qilinadi

Bu haqda Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuvda maʼlum qildi. Hozirda ushbu imtiyoz farzandi va turmush o‘rtog‘i uchun kontrakt to‘laganlarga qo‘llanilar edi.

Bu degani, agar kelgusida ushbu qaror kuchga kirsa, talaba xotin-qizlarning kontrakti uchun aka-ukasi, qaynota yoki qaynonasi, tog‘asi yoki amakisi, xullas kim to‘lashidan qatʼi nazar, barchaga daromad solig‘idan imtiyoz qo‘llanadi. Jaydari tilda aytganda kontrakt to‘lagan summasidan 12 foiz qaytarib beriladi.


@xushnudbek
1.5K viewsXusanova Naima Zokirjonovna, 15:57
Ochish/sharhlash
2023-06-12 15:59:43 KAMBAG'ALLIK BOTQOG'IDAN CHIQISH VAQTI KELDI !!!

Buning uchun siz bir ishni qilib ma'lum bir maoshni olayotganingizning o'zi kifoya emas.
Bunday hol esa borib borib qashshoqlikka olib borishi mumkin.
Botqog'dagi qurbaqaga hech razm solganmisiz.
O'zinig botqog'ini eng shinam maskan deb biladi.
Quyosh chiqishi bilan botqog'dagi barg ustida o'tirganicha vaqillab vaqillab kunni kech qiladi.
Uning umri vaqillash bilan o'tib ketadi.
Osmondagi burgutni kuzatganmisiz?
Sabr matonatda burgutga etadigan kam bo'lsa kerak.
40 yoshida burgutning tirnoqlari shu darajada uzun va egiluvchan bo'lib ketadiki,u o'ljasini ushlab ololmaydigan bo'lib qoladi.
Uning tumshug'i shunchalik uzayib ketadiki natijada o'ljasini yeya olmaydigan ahvolga keladi. Ko'kragi va qanotlaridagi patlari shu darajada o'sib ketadiki, hatto uchishga qiynalib qoladi.
Shunda burgutning oldida ikkita yo'l bo'ladi: O'lim yoki 150 kunga cho'ziladigan " o'zgarish davri".
Shunda u tog'ning tepasida joylashgan iniga uchib chiqib, tumshug'ini qoyaga to tumshug'i sinib ketguncha uradi.
Keyin u tirnoqlarini sug'urib tashlash uchun yangi tumshuq o'sib chiqishini kutadi.
Yangi tumshuq o'sib chiqqanidan keyin burgut u bilan ko'kragidagi patlarini yulib tashlaydi. Shundagina u 5 oylik og'riqlar va azoblardan keyin tanasini yangilanganidan mamnun bo'ladi. Yangidan "QAYTA TUG'ILADI " va yana 30 yil umr ko'radi.
O'zimizda, har qanday muammoga taslim bo'lib qolmasdan, burgutning matonatini shakllantirishimiz kerak.

Atrofimizda biznes uchun keng sharoitlar yaratilgan.
Bulardan oqilona foydalanib dunyodagi ajoyibotlardan bahra olaylik.
Qurbaqaga ohshab batqoqlikni eng yahshi maskan deb, uchib kelsa yeyman bo'lmasa o'tiraveraman, deb o'tiravermasdan bugundanoq hayotimizni tubdan islox qilishga kirishaylik.
Burgutlardek matonat egasiga aylanishimizda bizlarda imkoniyatlar yetarli ,faqat qattiq hohish va harakat bo'lsa bas!
2.0K viewsXusanova Naima Zokirjonovna, 12:59
Ochish/sharhlash
2023-06-12 15:32:11
Uygʻonmagan qancha
Bilmaydi hech kim....

Tasanno

https://t.me/kelajakkabirqadam_1
2.1K viewsXusanova Naima Zokirjonovna, edited  12:32
Ochish/sharhlash
2023-06-12 15:30:12 Болалар учун асосий хавфсизлик қоидалари

Фарзандларингиз сўзларини бир-бирига улаб, гапиришни ўрганганларидан сўнг ўзларини зўрлаш ва эксплуатация қилишдан қандай ҳимоя қилиш йўлларини ўрганиш жараёнини бошлашлари мумкин.

Болаларга қуйидаги қоидаларни ўргатиш керак:

1. Агар сен жамоат жойида ота-отангни йўқотиб қўйсанг, уларни излаб, сандироқлаб юрма. Тўппа-тўғри касса ходими, қоровул, хавфсизлик идорасига ёки йўқолган одам ва буюмларни қидириш хизматига бор ҳамда тезда масъул ходимга ота-онангни йўқотиб қўйганингни, уларни топишда ёрдамлари кераклигини билдир;

2. Ота-онангнинг рухсатисиз ҳеч қачон бировнинг машинасига ўтирма ёки ҳеч ким билан бирор жойга борма;

3. Агар кимдир сени пиёда ёки машинада кузатаётган бўлса, у кишидан узоқроқ тур. Машинага яқин борма, ичида ўтирганлар билан гаплашма;

4. Ёрдамга муҳтож бўлган кексалар ёки ногиронлар, ёш болалардан эмас, балки бошқа бир катта одамлардан ёрдам сўрашлари керак. Сендан қандай қилиб бирор манзилга боришни, йўқолган кучукчани топишда ёрдам беришингни сўраган ёки ота-онангга бир нима бўлганини айтиб, сени уларнинг олдига олиб боришга ваъда берган одамга зинҳор ишонма;

5. Агар кимдир сени бирор жойга олиб кетмоқчи бўлса, тез-тез қадам ташлаб, ундан узоқлаш ва баланд овоз билан “Бу одам мени олиб кетмоқчи!” ёки “Бу менинг отам (ёки онам) эмас!” деб қичқир!

6. Ҳеч қачон у ёки бу жойга ёлғиз борма
2.0K viewsFeruza Kattabekova, 12:30
Ochish/sharhlash
2023-06-12 15:27:31
1.4K viewsFeruza Kattabekova, 12:27
Ochish/sharhlash