Get Mystery Box with random crypto!

Kelajakka bir qadam

Telegram kanalining logotibi kelajakkabirqadam_1 — Kelajakka bir qadam K
Telegram kanalining logotibi kelajakkabirqadam_1 — Kelajakka bir qadam
Kanal manzili: @kelajakkabirqadam_1
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.11K
Kanalning ta’rifi

Bilim olishdan to'xtalgan kun yashashdan to'xtalgan kundir...
Murojaat uchun
Xusanova Naima

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-06-10 05:56:44 Типратикан учадими?

Эрим ҳар куни ишга кетиш олдидан: "Онаси, типратикан учадими?" -дейди.
Мен эса: "Ҳа, дадаси, албатта учади, лекин сал пастроқ учади",- дейман.
"Сутчи, унинг ранги оқми, қорами?"
"Агар сиз оқ десангиз оқ, қора десангиз қора",- дейман.
Бу сўзлар менинг яқин дугонамнинг иқрори.
Аввалларига ундан жаҳлим чиқарди: "Нима, ўзингни мустақил фикринг йўқми, эрингга типратикан ҳам учадими? Сутнинг ранги қора эмас оқ, деб айта олмайсанми?"- дер эдим.
У эса: "Эрим ҳам, мен ҳам фитратан биламиз: типратиканнинг учмаслигини, сутнинг ранги оқлигини, аммо бу менинг итоатимнинг рамзий белгиси", - деди у бир куни.
Аслида аёл киши эрига итоаткор бўлиши керакми?
2.1K viewsXusanova Naima Zokirjonovna, 02:56
Ochish/sharhlash
2023-06-10 05:48:11 Eng yaxshisi boʻlish uchun

Bir sinfda aʼlochi bir bola oʻqirdi. Lekin unda koʻrolmaslik odati bor edi. Sinfning eng yaxshi oʻquvchisi men boʻlishim kerak, boshqalar hamisha mendan orqada yurishi shart deb hisoblardi. Shuning uchun sheriklari darsda javob berayotganda oʻrtaga gap qoʻshib, ularni adashtirar, daftarlariga xato javoblarni yozib qoʻyar, xullas, ochiq dushmanlik qilardi. Buni sezgan oʻqituvchisi bir kuni uni xattaxta yoniga chiqarib, nega bunday qilayotganini soʻradi. Bolakay ichidagini yashirmadi:

– Ustoz, hech kim mendan zoʻr boʻlishini istamayman. Eng yaxshi, eng aʼlochi oʻquvchi oʻzim boʻlishimni xohlayman, – dedi u.

Ustozi doskaga teng uzunlikdagi ikkita chiziq chizdi. Soʻng soʻradi:

– Qara, oʻgʻlim, hozir taxtadagi chiziqlarning uzunligi bir xil. Birinchisi meniki, narigisi seniki. Seniki uzunroq boʻlishi uchun nima qilish kerak?

– Sizning chizigʻingizni oʻchirib, qisqartirish kerak, – deb javob berdi bola.

– Buning yana boshqa bir usuli bor, mantiqli va toʻgʻri usuli bor, – dedi oʻqituvchi va boʻr bilan bitta chiziqni davom ettirib uzaytirdi. – Koʻrdingmi, bu holda ham sening chizigʻing menikidan uzun boʻldi. Mening chizigʻimga esa zarar yetmadi. Agar boshqalardan aʼlochi boʻlmoqchi boʻlsang, ularning oyogʻidan chalishing emas, oʻz qobiliyatlaringni kuchaytirishing kerak. Shunda sinfning eng yaxshisi boʻlasan, oʻrtoqlaringga ham zararing tegmaydi. Ular senga havas bilan qaraydi, hurmatingni joyiga qoʻyadi.

Kichik sinfdagi bolalar orasida tez-tez koʻzga tashlanishi mumkin boʻlgan bu holat, afsuski, kap-katta kishilar oʻrtasida ham uchrab turadi. Aslida, oʻqituvchi aytgan haqiqatni anglab yetish unchalik qiyin ish emas. Buning uchun hayotga ochiq koʻz va uygʻoq vijdon bilan qarash kerak, xolos.
2.4K viewsFeruza Kattabekova, 02:48
Ochish/sharhlash
2023-06-10 02:47:52
1.8K viewsШохида Хомидова, 23:47
Ochish/sharhlash
2023-06-10 02:47:26


Эълон

Ассалому алайкум!

ЯНГИ ОЧИЛГАН ГУРУҲГА КИРМОҚЧИМИСИЗ?

0 дан бошлаб математика ўргатилади

ҲУРМАТЛИ ОТА-ОНАЛАР ВА БОШЛАНҒИЧ СИНФ УСТОЗЛАРИ!

1. Ўқувчингизни  Президент мактаби еки лицейларга тайёрламоқчимисиз?
2. Тайёрлашни нимадан бошлашни билмаяпсизми? Ўзингизга ишонч етарли эмасми?
3. Таьтил даврида фарзандингизни математик билимини оширмоқчимисиз?
4. Фарзандингиз еки ўқувчингизни мантиқий тафаккурини бойитмоқчимисиз?

Унда биз билан бўлинг ва "ЛИДЕРЛИК САРИ" деб номланувчи онлайн дарсларимизда қатнашинг

Дарсни Шоҳида Хомидова олиб боради

Дарс ҳафтасига 3 кун бўлади.

Нархи ойига 75 (yetmish besh) минг сўм .

Дарслар 12.06.2023 дан бошланади

Истовчилар учун қуйидаги личкаларга мурожаат қилишингиз мумкин.

@shohida_73

@adiba_86

Шу личкалар билан боғланасиз


Каналимиз:

https://t.me/xomidovashohida

Гуруҳимиз:
@FAOL_2021

https://t.me/namShahzoda
2.1K viewsШохида Хомидова, 23:47
Ochish/sharhlash
2023-06-09 13:59:12
Talabalar ijoddidan
2.5K viewsXusanova Naima Zokirjonovna, 10:59
Ochish/sharhlash
2023-06-08 19:49:33 Ayolning oilani barbod qiladigan to‘rt xatosi.

Oilalarning buzilishiga sabab bo‘ladigan, ayollar tomonidan sodir etiladigan birinchi xato nomahram erkak bilan xoli qolib gaplashishdir.

Xoh telefon, xoh ijtimoiy tarmoqlar orqali bo‘lsin, bunday holat ayol tomonidan qilingan eng katta xato hisoblanadi. Kuzatishlarda, aynan shu xato tufayli ko‘p hollarda oilaning buzilishi bilan tugagan. Unutmang, erkak kishi ayolning har qanday kamchiliklariga sabr qilishi mumkin, ammo bu xatosiga sabr qilaolmaydi. Ayoli nomahram erkak bilan telefon yoki internet orqali yolg‘iz gaplashayotganini ko‘rgan er mislsiz darajada g‘azabga to‘ladi. Ayol kishi bunday xato qilmaslikka ahamiyat berishi shart. .

Oilaning barbod bo‘lishiga olib keladigan ikkinchi xato erining ruxsatisiz uyidan chiqishdir.

Bu masalada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi mazmundagi hadislari kifoya qiladi:

Qaysi bir ayol erining ijozatisiz uyidan chiqsa, qaytib kirmagunicha Allohning farishtalari unga la’nat aytib turadi .

Yana bir hadisda: Qaysi bir ayol joiz bo‘lgan ishda erini norozi qilsa, uni rozi qilmagunicha Alloh taolo bu ayolning namozini qabul qilmaydi .
Buni ayol kishi ham yaxshi tushunib yeta olsa, erining ruxsatisiz biror ortiqcha harakat qilmaydi.

Ayollar yo‘l qo‘yadigan uchinchi xato yo meni, yo uni deng deb, erining yaqinlaridan birontasini tanlashni shart qilib qo‘yishidir.

Ko‘pincha bu erning onasi, singlisi yoki ukasi bo‘ladi. Ayol bunday qilmasligi kerak. Chunki erning zimmasida ayolning haqqi bo‘lganidek, bundan oldin ota-onaning o‘g‘lidagi, opa-singillarning akasi yoki ukasidagi haqlari ham bo‘ladi. Ayol erini ulardan ajratish o‘rniga o‘zi ular bilan ahil bo‘lishga qattiq harakat qilishi kerak.

Ayollar tomonidan oilaning buzilishiga olib boruvchi to‘rtinchi xato uyga kech kelgan erni so‘roq qilishdir.

Ertalabdan kechgacha oilasini halol rizq bilan boqaman deb yurgan er gohida ishi tufayli, gohida do‘st-og‘aynilari sabab kechroq kelishi mumkin. Ayolning Erim kimgadir ilakishib qolgan , degan shubhaga borishi oilani barbod qiladigan omillardan biri hisoblanadi. Chunki erni u qilmagan bir gunoh bilan, asossiz ravishda ayblash erning qalbida nafrat uyg‘onishiga sabab bo‘ladi. Agar er ayoli haqida xuddi shunday fikrga borsa, ayol sabr qila olarmidi? Demak, eri haqida ham bunday gumonga bormasligi kerak.

Ayollar shuni bilib olishlari kerakki, eriga itoatkor ayol bir kun kelib, erini ham o‘ziga itoatkor qilib oladi. Ya’ni ayolning doimiy ravishda erini roziligini topishga harakat qilishi natijasida erning qalbiga ayoliga nisbatan muhabbat kuchayadi. O‘zining roziligini topishga qattiq urinayotgan ayolini ko‘rgan erning qalbida endi ayoli rozi bo‘ladigan ishlarni qilishga ishtiyoq paydo bo‘ladi.

Vaholanki, aksar ayollar butun insoniyat bilan murosa qilishga harakat qilgan holda, o‘z eriga nisbatan qaysarlik va itoatsizlik qiladi. Buning oqibati hamisha xunuk bo‘ladi.

Bularning yechimi har qanday holatda ayol erining oldida o‘zini ojiz tutishidir. Chunki ojizlik Alloh taoloning nazdida eng mahbub sifatlardandir. Ayol biron ishni o‘z vaqtida qila olmasa, kechikib qolsa yoki toqati yetmagan bo‘lsa, buning uchun eridan uzr so‘rashning nimasi qiyin? O‘zining xatosini tan olishning nimasi qiyin? Bunday holatda o‘zini baland tutib, o‘zini haq deb bilib, eriga qarshilik qilish, qaysarlik qilish faqat ayolning o‘ziga zarar keltiradi, xolos
3.4K viewsXusanova Naima Zokirjonovna, 16:49
Ochish/sharhlash
2023-06-08 18:20:41 #Mutolaa

Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qayering og'rimasa, shuning o'zi baxt!

O'tkir Hoshimov
3.1K viewsFeruza Kattabekova, 15:20
Ochish/sharhlash
2023-06-08 14:35:29
#Она

Бир йигит ушбу суратни ижтимоий тармоққа жойлаб шундай деб ёзибди:

― Мен уч йилдан бери ишлайман ва биринчи олган маошимдан бошлаб ҳар ой бир қисмини онамга бераман, токи менга қилган яхшиликларини оз бўлсада қайтармоқчи бўламан.

Куни кеча мени чақириб, менга бир сумкача бериб, шундай деди: "Бу, менга берган пулларинг! Ундан бир риёл ҳам ишлатмадим. Уни сенинг тўйинга йиғиб қўйдим, ол, 18,000 риёл (салкам 5000$)".

Абдулҳодий Юсуф саҳифасидан.
3.2K viewsXusanova Naima Zokirjonovna, 11:35
Ochish/sharhlash
2023-06-08 11:23:53
Ҳар куни ҳаётингизни яхшилаш йўлида олға қадам босишингиз керак, ҳаттоки бу қадам энг кичик қадам бўлса ҳам.
2.8K viewsShaxzoda O‘ktamjonovna, 08:23
Ochish/sharhlash
2023-06-06 08:02:20 ​​Индира Ганди иқтибослари

Бобом менга бир куни икки турдаги одамлар бор, деди: ишлайдиганлар ва баҳона излайдиганлар. У мендан биринчи турдаги одамлар қаторида бўлишни сўради: у ерда рақобат анчагина кам.

Ҳеч ким сизга имкониятларни тақдим этмайди. Уларни юлиб олиш ва уларни устида ишлаш керак, бунга тиришқоқлик ва жасорат талаб қилинади.

Яқинда сиз кўтарилган чўққингиз энг қуйи чўққилардан бири эканлигини тушуниб етасиз. Бу тоғ қатор тоғларнинг бир қисми эканлигини, бундан бошқа кўплаб тоғлар борлигини ҳам... Сиз қанчалик юқори кўтарилсангиз, ўта кучли чарчоққа қарамай янада юқорироққа кўтарилишни шунчалик кўп хоҳлайсиз.

Бизнинг бугунги ҳаракатларимиз эртанги кунимизни шакллантиради.

Биз нима қилмоқчи бўлганимиз эмас, нимага эришганимиз муҳим.

Ҳаёт саёҳати қудрат ёки бойлик излашдан эмас, ички қадриятни излашдан иборат.
245 viewsXusanova Naima Zokirjonovna, 05:02
Ochish/sharhlash