Get Mystery Box with random crypto!

KAMBAG'ALLIK BOTQOG'IDAN CHIQISH VAQTI KELDI !!! Buning uchun | Kelajakka bir qadam

KAMBAG'ALLIK BOTQOG'IDAN CHIQISH VAQTI KELDI !!!

Buning uchun siz bir ishni qilib ma'lum bir maoshni olayotganingizning o'zi kifoya emas.
Bunday hol esa borib borib qashshoqlikka olib borishi mumkin.
Botqog'dagi qurbaqaga hech razm solganmisiz.
O'zinig botqog'ini eng shinam maskan deb biladi.
Quyosh chiqishi bilan botqog'dagi barg ustida o'tirganicha vaqillab vaqillab kunni kech qiladi.
Uning umri vaqillash bilan o'tib ketadi.
Osmondagi burgutni kuzatganmisiz?
Sabr matonatda burgutga etadigan kam bo'lsa kerak.
40 yoshida burgutning tirnoqlari shu darajada uzun va egiluvchan bo'lib ketadiki,u o'ljasini ushlab ololmaydigan bo'lib qoladi.
Uning tumshug'i shunchalik uzayib ketadiki natijada o'ljasini yeya olmaydigan ahvolga keladi. Ko'kragi va qanotlaridagi patlari shu darajada o'sib ketadiki, hatto uchishga qiynalib qoladi.
Shunda burgutning oldida ikkita yo'l bo'ladi: O'lim yoki 150 kunga cho'ziladigan " o'zgarish davri".
Shunda u tog'ning tepasida joylashgan iniga uchib chiqib, tumshug'ini qoyaga to tumshug'i sinib ketguncha uradi.
Keyin u tirnoqlarini sug'urib tashlash uchun yangi tumshuq o'sib chiqishini kutadi.
Yangi tumshuq o'sib chiqqanidan keyin burgut u bilan ko'kragidagi patlarini yulib tashlaydi. Shundagina u 5 oylik og'riqlar va azoblardan keyin tanasini yangilanganidan mamnun bo'ladi. Yangidan "QAYTA TUG'ILADI " va yana 30 yil umr ko'radi.
O'zimizda, har qanday muammoga taslim bo'lib qolmasdan, burgutning matonatini shakllantirishimiz kerak.

Atrofimizda biznes uchun keng sharoitlar yaratilgan.
Bulardan oqilona foydalanib dunyodagi ajoyibotlardan bahra olaylik.
Qurbaqaga ohshab batqoqlikni eng yahshi maskan deb, uchib kelsa yeyman bo'lmasa o'tiraveraman, deb o'tiravermasdan bugundanoq hayotimizni tubdan islox qilishga kirishaylik.
Burgutlardek matonat egasiga aylanishimizda bizlarda imkoniyatlar yetarli ,faqat qattiq hohish va harakat bo'lsa bas!