Get Mystery Box with random crypto!

​​Tosh va qum Toshni maydalab, qumga aylantirish uchun bir daq | Kelajakka bir qadam

​​Tosh va qum
Toshni maydalab, qumga aylantirish uchun bir daqiqa kifoya. Ammo qumning toshga aylanishi uchun ming yil kamlik qiladi. Do’stlik ham shunga o’xshaydi.

Sodda va buyuk
Qadimgi musavvirlar farishtani g’odak qiyofasida tasvirlagani bejiz emas. Bola shu qadar soddaki, biz uning darajasiga tusha olmaymiz. Bola shu qadar buyukki, biz uning darajasiga yetolmaymiz!

Qo’g’irchoq
Bu odam loydan yasalgan qo’g’irchoqqa o’xshaydi. Zamon sal o’zgarsa, boshidan jinday suv quyadi-da, loyini iylab-iylab, o’zini qaytadan yasab, boshqa qiyofaga kirib oladi…
Qattiqroq yomg’ir yog’sa, balchiqqa aylanib ketadi-yov!

Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov (1941-2013)