Get Mystery Box with random crypto!

O‘smirlar o‘rtasida Buxoro viloyati chempionati o‘tkazildi | Judo Uz

O‘smirlar o‘rtasida Buxoro viloyati chempionati o‘tkazildi

Buxoroda 2007-2008 yillarda tug‘ilgan o‘smir va qizlar o‘rtasida tashkil etilgan viloyat chempionati o‘z g‘oliblarini aniqladi.

Musobaqada jami 363 nafar (329 nafar o‘g‘il, 34 qiz) sportchi o‘quvchilar ishtirok etishdi. Murosasiz bahslarga boy bo‘lgan viloyat birinchiligi yakunida barcha vazn toifalarida kuchlilar saralandi. G‘olib va sovrindorlar ushbu musobaqaning Respublika final bosqichiga yo‘llanma oldilar.

Taqdirlash marosimida Buxoro viloyat dzyudo federatsiyasi raisi Shuhrat Ochilov barcha g‘olib va sovrindor dzyudochilarga Qashqadaryo viloyatida o‘tkaziladigan o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida ham omad tiladi.

Обуна бўлинг Telegram