Get Mystery Box with random crypto!

Yaponiya termasining qolgan dzyudochilari ham Toshkentga yetib | Judo Uz

Yaponiya termasining qolgan dzyudochilari ham Toshkentga yetib keldi

Ikki kun avval poytaxtimiz mezbonligida o`tadigan 35-jahon chempionatida ishtirok etish uchun dunyoning eng kuchli jamoasi hisoblangan - Yaponiya termasining bir qismi Toshkentga yetib kelgandi. Biroz avval Kunchiqar yurtning qolgan dzyudochilari ham tantanali ravishda kutib olindi.

JCHda qatnashadigan tarkib:

(Erkaklar):
Naohisa Takato (-60 kg), Hifumi Abe, Joshiro Maruyama (ikkisi ham -66 kg), Soichi Hashimoto (-73 kg), Takanori Nagase, Sotaro Fujivara (ikkisi ham -81 kg), Kosuke Mashiyama (-90 kg), Kentaro Iida (-100 kg), Tatsuru Saito (+100 kg).

(Ayollar): Natsumi Sunoda, Funa Tonaki (ikkisi ham -48 kg), Uta Abe (-52 kg), Haruka Funakubo (-57 kg), Megumi Horikava (-63 kg), Shiho Tanaka, Saki Nizoye (ikkisi ham -70 kg), Shori Hamada (-78 kg), Vakaba Tomita (+78 kg).

Обуна бўлинг Telegram