Get Mystery Box with random crypto!

Judo Uz

Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz J
Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz
Kanal manzili: @judouz
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 17.88K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin!
➖➖➖➖➖
Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 15

2023-04-05 15:41:25
DIQQAT! Qarshida kuchlilar saralanadi

7-9 aprel kunlari Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida sportning dzyudo turi bo‘yicha 2008-2009 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Qashqadaryo viloyat hokimi sovrini uchun musobaqa bo‘lib o‘tadi.

Katta sport musobaqasida yosh polvonlarimizni qo‘llab-quvvatlang!

Обуна бўлинг
Telegram
7.6K viewsedited  12:41
Ochish/sharhlash
2023-04-05 15:34:39
Terma jamoamiz Yaponiyaga yetib bordi

Ilias Iliadis boshchiligidagi O`zbekiston terma jamoasi Yaponiyaning Tokiyo shahrida o’tkaziladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etish uchun Kunchiqar yurtga yetib bordi. Ushbu yig‘in 7-14 may kunlari Qatar davlati mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o’tab beradi. Dzyudo vatanidagi mashg`ulotlar 19 aprelga qadar davom etadi.

O’zbekiston ayollar terma jamoasi esa 7 aprel kuni Yaponiyaga yo’l oladi.

Обуна бўлинг
Telegram
6.8K views12:34
Ochish/sharhlash
2023-04-05 09:02:48
Ozod To‘rayevni tabriklaymiz!

Bugun xalqaro toifadagi referi, To’rayevlar sulolasi vakili Ozod To‘rayev o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

O‘z ustida tinimsiz ravishda mehnat qilayotgan bu hakamimizni yorqin faoliyat kutayotganiga ishonamiz. Unga xalqaro toifadagi referilarimiz Ramziddin Saidov va Vyacheslav Pereteykolarning yo‘lini bersin deb niyat qilamiz.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, murabbiylar, hakamlar va dzyudochilar nomidan Ozod To‘rayevni bugungi unutilmas kun bilan muborakbod etamiz. Bugungi kun qahramoniga barcha ezgu tilaklar hamrohligini tilaymiz.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
7.9K views06:02
Ochish/sharhlash
2023-04-05 05:11:27
Jahon chempionatiga tayyorgarlik Yaponiyada davom ettiriladi

Ilias Iliadis boshchiligidagi O`zbekiston terma jamoasi Yaponiyaning Tokiyo shahrida o’tkaziladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etish uchun Kunchiqar yurtga jo’nab ketdi. Ushbu yig‘in 7-14 may kunlari Qatar davlati mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o’tab beradi. Dzyudo vatanidagi mashg`ulotlar 19 aprelga qadar davom etadi.

O’zbekiston ayollar terma jamoasi esa 7 aprel kuni Yaponiyaga yo’l oladi.

Tokioga yo‘l olgan tarkib

Dilshodbek Baratov, Kamoliddin Baxtiyorov, Sardor Nurillayev, Muhriddin Tilovov, Obidxon Nomonov, Murodjon Yo‘ldoshev, Muso Sobirov, Davlat Bobonov, Jahongir Mamatrаhimov, Muzaffarbek To‘raboyev, Alisher Yusupov, Shohruh Baxtiyorov.

Murabbiylar: Ilias Iliadis, Nurali Qobulov, Ulug’bek Azizov

Shifokor - Aziz Qayumov

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
9.1K viewsedited  02:11
Ochish/sharhlash
2023-04-05 04:18:59
Muzaffarbek To‘raboyevni tabriklaymiz!

Bugun terma jamoamizning iste’dodli dzyudochisi, yosh bo‘lishiga qaramay, aytishga arzigulik yutuqlarni qo‘lga kiritib kelayotgan Muzaffarbek To‘raboyev yana bir yoshga ulg`aydi.

Muzaffarbek To‘raboyev 2000 yil 5 aprel kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida sportchilar oilasida dunyoga kelgan. Otasi kurash bo‘yicha jahon chempioni Toshtemir Muhammadiyev. Murabbiyi - Ulug‘bek Azizov. Muzaffar harbiylar o`rtasida jahon chempioni, MDH o`yinlari g`olibi. O’tgan yili Toshkentda o’tgan kattalar o’rtasidagi jahon chempionatida shohsupaning eng yuqori pog’onasiga ko’tarildi. O’zbekistonda 2022 yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

Fursatdan foydalanib, bugun shukrona kunini nishonlayotgan Muzaffarbek To‘raboyevni unutilmas kun bilan muborakbod etamiz. Unga tan-sihatlik, musobaqalarda qo`li hamisha baland ko`tarilishini tilaymiz.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
9.0K views01:18
Ochish/sharhlash
2023-04-04 16:05:12
Muhammadkarim Hurramovni tabriklaymiz!

Bugun Muhammadkarim Hurramov o‘z tavallud kunini nishonlamoqda.

Muhammadkarim Hurramov - 1997 yil 4 aprel kuni Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. Dzyudo sport turini tanlashi tasodif emas. Vohaning aksariyat o‘g‘lonlari yo kurashchi, yoki dzyudochi bo‘lishadi. Muhammadkarimda ham shunday holat kuzatildi. U olimpiya o‘yinlari oilasiga mansub dzyudoni tanladi.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, murabbiylar shtabi va sportchilar nomidan Osiyo chempioni, "Katta Dubulg`a" turnirlari g`olib va sovrindori Muhammadkarim Hurramovni chin qalbdan muborakbod etamiz. Unga sihat-salomatlik, uzoq umr, oila a’zolari baxtiga hamisha sog‘ bo‘lib yurishini tilaymiz.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
13.2K views13:05
Ochish/sharhlash
2023-04-04 13:40:46
Turkiya 2036-yilgi Olimpiya oʻyinlari mezbonligi uchun jiddiy kirishdi

Turkiyaning Istanbul shahri 2036-yil boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarini qabul qilish uchun kurashga qoʻshildi. Bu haqida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

2036-yilgi Olimpiada mezbonligiga 10 mamlakat daʼvogarlik qilmoqda. Ular orasida Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika, Vengriya, Misr, Hindiston va Indoneziya kabi davlatlarni ham uchratish mumkin. Istanbul 2020-yilgi Olimpiya oʻyinlarini qabul qilish uchun Tokio bilan jiddiy kurashgan. Raqobat soʻngida esa kunchiqar yurt poytaxti mezbonlikni qoʻlga kiritgan edi.

Eslatib oʻtamiz, yozgi Olimpiya oʻyinlari 2024-yil Parij (Fransiya), 2028-yil Los-Anjeles (AQSh), 2032-yil esa Brisben (Avstraliya) shaharlarida boʻlib oʻtadi.

Обуна бўлинг Telegram
1.3K viewsedited  10:40
Ochish/sharhlash
2023-04-04 10:36:24 Davlat Bobonov vazn peshqadami, jami 15 dzyudochimiz Olimpiada reytingi hududida

Antalya "Katta Dubulg'a" turniridan so'ng Xalqaro dzyudo federatsiyasi sportchilarning yangi Olimpiada reytingini e'lon qildi.

Ahamiyatlisi, ayni paytda O'zbekiston terma jamoasining 15 nafar a'zosi litsenzion hududdan joy olgan. Yigitlarimiz to'liq tarkibda, shuningdek, yana 4 nafar qizimiz Parij-2024 Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi pog'onada turibdi.

Dzyudochilarimizning yangilangan reytingdagi o`rinlari:

-60 kg:
1. Li Xarim (Janubiy Koreya) – 1936 ochko
15. Dilshodbek Baratov – 944

-66 kg:
1. Denis Viyeru (Moldova) – 1960 ochko
17. Muhriddin Tilovov – 914
19. Sardor Nurillayev – 869

-73 kg:
1. Daniel Kargnin (Braziliya) – 2225 ochko
7. Shahram Ahadov – 1460
8. Obidxon No'monov – 1454
10. Murodjon Yo'ldoshev – 1370

-81 kg:
1. Tato Grigalashvili (Gruziya) – 2575 ochko
24. Sharofiddin Boltaboyev – 664 (qit'aviy kvota)

-90 kg:
1. Davlat Bobonov – 2174 ochko

-100 kg:
1. Iliya Sulamanidze (Gruziya) – 2435 ochko
7. Muzaffarbek To'raboev – 1279

+100 kg:
1. Tatsuro Saita (Yaponiya) – 1950 ochko
3. Alisher Yusupov – 1810
8. Shohruh Baxtiyorov – 1210

Ayollar:

-48 kg:
1. Abiba Abujakinova (Qozog'iston) – 1924 ochko
28. Halimajon Qurbonova – 556

-52 kg:
1. Chelsi Jayls (Buyuk Britaniya) – 2535 ochko
3. Diyora Keldiyorova – 2244
16. Sita Qadamboyeva – 726

-70 kg:
1. Barbara Matich (Xorvatiya) – 2534 ochko
16. Gulnoza Matniyazova – 865

Eslatma:

– Bu Olimpiada reytinining bugungi holati. Tizim 2024-yilning 23-iyun kuni yopiladi;

– Jadvalda reyting yetakchisi, litsenzion hududdan joy olgan yoki qit'aviy kvotaga ega dzyudochilarimiz keltirilgan;

– Bir vaznda ikki yoki undan ko'p sportchi litsenzion hududdan joy olsa, Olimpiada ishtirokchisi murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra tanlanadi.

Обуна бўлинг Telegram
6.2K viewsedited  07:36
Ochish/sharhlash
2023-04-04 08:55:45
Almatida IJF tomonidan A hakamlik toifasi uchun seminar boshlandi

Qozog‘istonning Almati shahrida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) tomonidan A va B hakamlik toifasi uchun seminar start oldi.

IJF rasmiylari Armen Bagdasarov, Daniel Laskau va Abdulla Muradov boshchilik qilayotgan ushbu seminar yakunida hakamlar A toifasi uchun imtihon topshirishadi.

Ushbu seminar va imtihonlarda hamyurtlarimizdan Qahramon Uzoqov, Timur Muhammedxanov va Alisher Korganov ham ishtirok etishyapti.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
6.0K views05:55
Ochish/sharhlash
2023-04-03 11:51:53
Terma jamoamizning Chirchiqdagi mashg‘ulotidan videorepotaj

Обуна бўлинг
Telegram
9.5K views08:51
Ochish/sharhlash