Get Mystery Box with random crypto!

Bugun buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 687 yil to‘ldi | Judo Uz

Bugun buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 687 yil to‘ldi

1336 yil yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi Amir Temur dunyoga kelgan edi.

U hijriy 736 yil 25 sha’bonida (1336 yil 9 aprelida), seshanba kuni, o‘n ikki hayvonli Turk taqvimiga ko‘ra sichqon yilida, Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘ tumani)da tug‘ilgan.

1370 yil Sohibqiron milodiy hisobda 34 yoshga to‘lgan kuni Balxda taxtga o‘tirdi va Saroymulkxonimga uylandi. Bu – Qur’oni karim nozil etilgan ramazon oyi o‘n ikkinchisida, chorshanbayi murodbaxshda yuz berdi. Xon qizi bo‘lgan Saroymulkni nikohiga olishi munosabati bilan Temurga “ko‘ragon” (xon kuyovi) unvoni berildi. Sohibqiron hozirgi geografik kartadagi 27 ta davlatni o‘z hukmronligi ostida birlashtira olgan buyuk sarkarda bo‘lgan.

Обуна бўлинг Telegram