Get Mystery Box with random crypto!

Moskvadagi turnirda Oʻzbekistonlik va Qirg‘izistonlik MMA jang | Jalol Murad

Moskvadagi turnirda Oʻzbekistonlik va Qirg‘izistonlik MMA jangchilari ommaviy janjal chiqardi

Moskvadagi WEF turnirda o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik MMA jangchilari ommaviy janjal chiqardi. Bu haqda “Eurosport” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, bir g‘alabadan so‘ng o‘zbekistonlik jangchi Namoz Samiev har kim bilan jang qilishga tayyor ekanini ma'lum qildi. Tashkilotchilar zudlik bilan sportchiga raqib topib, sterdaun uyushtirdi, bu vaqtda Samiev kutilmaganda potentsial raqibining tizzasi va boshiga zarba berdi.

Qayd etilishicha, Samievning xatti-harakatidan yig‘ilganlar qattiq g‘azablangan. 50 ga yaqin odam qafasga bostirib kirib, katta janjal boshlangan.

Jurnalist Aleksandr Lyutikovning so‘zlariga ko‘ra, hammasi tomoshabinlardan birining mushtlashuvni yarashtirishi bilan yakunlangan. “O‘zbeklar! Qirg‘izlar! Biz birodarlarmiz! Nega bunday qilyapsiz? Bu sport, shunday bo‘lib turadi!” — degan erkak.

@jalolmurad • Manba