Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda avtobus boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida 8 ta trans | Jalol Murad

Toshkentda avtobus boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida 8 ta transport ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 12-dekabr kuni 8 ta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 15:00 da tumanning Do‘mbirobod chorrahasida 70-son marshrut bo‘yicha harakatlanuvchi Isuzu avtobusi haydovchisi harakat paytida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda Labo, Spark, 2 ta Nexia-3, 2 ta Matiz va Lacetti avtomobillari to‘qnashuviga sababchi bo‘lgan. Qayd etilishicha, YTH oqibatida avtobus va Labo haydovchisiga badan shikastlari yetgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

“Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergovoldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda”, — deyiladi xabarda.

@jalolmurad • Manba