Get Mystery Box with random crypto!

iBeer ilovasining yaratuvchisi kuniga 2000 dollardan ishlab to | IT-MAVZU

iBeer ilovasining yaratuvchisi kuniga 2000 dollardan ishlab topgan

Apple 2008-yilda AppStore do'konini ishga tushirganida, mashhur fokuschi Stiv Sheratonga murojaat qilib, undan endi chiqqan iPhone'ning imkoniyatlarini namoyish etuvchi ilova yaratishni so'ragan. Fokuschi ilova animatsiyasini akselerometr ma'lumotlari asosida smartfon harakati bilan bog'langan haqiqiy video tasvirlar bilan almashtirdi. Natijada, foydalanuvchi go'yoki telefonga quyilgan suyuqlikni ichayotganday illyuziya hosil bo'lar edi.

Ilova darhol katta shuhrat qozondi, chunki hamma o'z do'stlariga bunday hiylani ko'rsatishni xohlardi. Uning narxi 2,99 dollar bo'lgan. Qisqa vaqt ichida iBeer o'z yaratuvchisiga kuniga 2000 dollargacha olib kela boshlagan va birinchi chiqqan iPhone'ning xit ilovalaridan biri bo'lgan.

@ITMavzu