Get Mystery Box with random crypto!

Informatika va AT

Telegram kanalining logotibi informatika — Informatika va AT I
Telegram kanalining logotibi informatika — Informatika va AT
Kanal manzili: @informatika
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 10.52K
Kanalning ta’rifi

Polshadagi hayot
Ushbu kanal O'zbekiston fuqarolarini rivojlangan davlatlarga qonuniy ishlashga borishni o'rgatishga mo'ljallangan.

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-03-22 06:30:24 Qanday kompyuterga, qanday ta'minot bloki (блок питания) kerak?

Kompyuteringizni kuchaytirish uchun nimalarni almashtirish lozim? degan savolga, ko'pchilikning fikri bir joydan chiqadi: protsessor, tezkor xotira, SSD disk.

Ha, bu javoblar to'g'ri, lekin bularni ishlashiga zamin yaratib beradigan, tok bilan ta'minlab turadigan ta'minot bloki har doim esdan chiqadi.
Ta'minot bloki, kompyuteringizni tez ishlatmaydi, lekin yetarlicha tok berilmasa kompyuter qurilmalari yoki sekin ishlaydi yoki umuman ishlamaydi.

Misol uchun, qattiq disk(HDD)da joy qolmadi, siz yana bitta HDD olib kelib o'rnatasiz va joyingiz kengayadi, lekin shu ikkinchi HDD'ga sizning ta'minot blokingiz yetarlicha tok beraoladimi? shuni hisobga olmaysiz.

Yangi kompyuter sotib olayotganda, uning tashkil etuvchilari(CPU, HDD, RAM) qanday bo'lishini shartta-shartta aytasiz, lekin blok pitaniyaga kelganda, sotuvchiga "a o'ziz tanlab beravering" deysiz.

Demak, siz tanlagan kompyuterga qanday ta'minot bloki kerakligini aniqlaymiz.
1. Power Supply Calculate saytiga kiramiz.
2. Basic bo'limini tanlaymiz.
3. Kompyuteringiz nimalardan tashkil topganini kiritib chiqamiz va Calculate tugmasini bosamiz.
4. Sizga tanlagan kompyuterga tavsiya etilgan ta'minot bloki quvvati chiqadi, misol uchun 450W. Shu raqam asosida ta'minot bloki sotib olasiz.

Sayt inglizcha bo'lgani uchun, ba'zi atamalarni yozib o'taman:
Motherboard - plata, agar oddiy kompyuter bo'lsa Desktop tanlaysiz.
CPU - protsessor, yadroni ahamiyati yo'q, odatda kompyuterlarda 1 ta protsessor bo'ladi.
Memory - tezkor xotira, soni va hajmini tanlaysiz.
Video Cards - video karta.
Storage - qattiq disk, ya'ni HDD

@informatika
1.1K viewsedited  03:30
Ochish/sharhlash
2023-03-18 08:15:42
ChatGPT va ChatGPT - 4

Kanal manzili:
https://t.me/XizmatlarAI
1.1K views05:15
Ochish/sharhlash
2023-03-18 05:53:01 Eskiroq Notebook'larga SSD diskni ulash usullari

SSD
disklar o'zining tuzilishi va tezligining kattaligi hisobiga oddiy HDD disklardan ancha afzal hisoblanadi. Shu sababli, yangi notebook olishda, pulingiz bo'lsa, SSD disk qo'shib olishni unutmang.

Demak, eskiroq notebook'larda SSD disk uchun alohida port yoki alohida joy bo'lmaydi, lekin notebook ishlashini tezlashtirish lozim. Bunday holatda, SSD disk(SATA portli, M2 portli emas) sotib olasiz va quyidagi usullar orqali, SSD diskni notebook'ka ulashingiz mumkin.

1. Notebook'da mavjud HDD diskni olib tashlaysiz va uning o'rniga SATA SSD diskni ulab ishlatasiz. Bu eng oddiy va qo'shimcha ishlarsiz amalga oshiriladigan usul.

2. Sizga ham o'zining HDD diski va yangi olgan SSD disk kerak bo'lsa, eski HDD diskni olib, o'rniga SSD diskni ulaysiz, HDD disk uchun alohida maxsus quti sotib olasiz. HDD diskni, qutiga joylashtirasiz, qutini esa USB port orqali notebook'ka ulashingiz mumkin. SSD, SATA port orqali ishlaydi, HDD esa USB port orqali.

3. Eski notebook'larda DVD-ROM qurilmasi bo'ladi. Hozirda bu qurilma unchalik ishlatilmaydi, shu qurilma o'rniga SSD diskni ulash mumkin. Buning uchun, SSD disk uchun kronshteyn deb ataluvchi quti olasiz.
Notebook ichini ochasiz, DVD-ROM qurilmani olib tashlaysiz va SSD kronshteynga SSD diskni qotirasiz va kronshteyn DVD qurilmasi o'rniga shundayligicha tushadi. Bu holatda, HDD va SSD disklaringiz notebook ichida joylashadi, lekin DVD qurilmadan voz kechasiz.

@informatika
1.5K viewsedited  02:53
Ochish/sharhlash
2023-03-17 17:15:13
Дунёнинг 50 та энг кучли(кўк) ва 50 та энг кучсиз(қизил) паспортлари.
Африкани аксар давлатлари, Ўзбекистон, Туркманистон, Афғонистон, Шимолий Корея битта рўйхатда...

ChatGPT нега ишламайди? Узр...

@informatika
1.8K viewsedited  14:15
Ochish/sharhlash
2023-03-17 14:01:49
ChatGPT`dan ro'yhatdan o'tish bo'yicha ko'pchilik so'rashyapti.

Sizga ChatGPT kerak bo'lsa @xizmatlar_ai profiliga murojaat qiling.

Xizmat narxi atigi 50 ming so'm.(insof sari baraka)

Bunda visa karta orqali chet el nomeri sotib olinib, sizga ro'yhatdan o'tib beriladi.

ChatGPT juda ko'p imkoniyatlarni bermoqda. Masalan talabalar uchun mustaqil ishi, kurs ishi va diplom ishlarini yozib bermoqda. Imtihonlarda beriladigan savollarga to'liq javob bermoqda. Xullas barcha soha vakillariga yordamchi vazifasini bajarmoqda.

Murojaat uchun: @xizmatlar_ai

Reklama
1.8K views11:01
Ochish/sharhlash
2023-03-17 07:37:13 Smartfoningizni kompyuter orqali zaryadlash mumkinmi va xavfsizmi?
#maslahat

Bu savolga Ha deb javob berish mumkin, lekin ba'zi bilib olishimiz kerak bo'lgan jihatlar bor.

USB port smartfonlar yaratilishidan oldin kompyuterlarda paydo bo'lgan va u tashqi qurilmalar(fleshka, printer, skaner) ishlashi uchun minimal quvvat bera oladi.

Kompyuter oldi qismidagi USB port platadan sim orqali keladi va bu qurilmaga tok berishda tokni susayishiga olib keladi, kompyuter simlari zaryadlash uchun mo’ljallanmagan.

USB 2.0 port 500 mAs, USB 3.0 esa 900 mAs tok kuchi bera oladi.

Kompyuter USB porti zaryadlashdan tashqari ma'lumot tashish hususiyatiga ham ega.

Yuqorida yozib o'tilgan jihatlar smartfonga qanday ta'sir qilinishini keltiraman:

USB port maksimal 900 mAs'gacha(agar USB 3.0 bo'lsa) tok bera oladi, bundan kelib chiqadiki quvvat berish qobiliyati kam. Demak smartfonni zaryadlash ancha sekin amalga oshiriladi. Smartfonlarni o'zining zaryad qurilmasi 1.5, 2 Ampergacha tok kuchi beradi, shu sababli ularda zaryadlash tezroq amalga oshiriladi, agar smartfoningizni zaryadlash lozim bo'lsa, faqat USB 3.0 portidan foydalaning.

Agar siz USB 2.0 portga ulab, qandaydir o'yin o'ynasangiz zaryad olish o'rniga zaryadingiz ketayotganini ko'rasiz.

Iloji boricha, kompyuteringizni orqa qismidagi(plataning o'zini) USB portiga ulang, chunki bu port to'g'ridan-to'g'ri tokka ulangan.

Smartfoningizni kompyuterga ulaganda faqat zaryadlash funksiyasini yoqing, fayllar almashishni o'chirib qo'ying, kompyuterdan virus o'tish xavfi bor.

Yana bir narsa, sekin zaryad olish smartfon batareyasini sekin astalik bilan zaryad yig’ish qobiliyatini susaytiradi.

Xulosa shuki, agar tanlov bo’lsa, smartfoningizni albatta rozetkadagi tokdan zaryad oldiring, USB orqali esa faqat chora qolmaganda, zaruriyat yuzasidan zaryadlang, zaryadlashda smartfonning zavoddan chiqarilgan zaryad qilish qurilmasidan foydalaning. Youtube’da zaryadlash paytida portalab ketgan holatlar aks etgan videolar bor, bunda ham smartfon ham kompyuteringizdan ajralib qolmang.
Akmal Xudoyberganov

@informatika
4.2K views04:37
Ochish/sharhlash
2023-03-15 15:58:08
Kecha OpenAI kompaniyasi GPT-4 ni e'lon qildi. GPT — bu katta ma'lumotlar to'plami yordamida "shug'ullantirilgan" sun'iy intellekt til modeli. GPT-4 avvalgi versiyaga solishtirganda anchagina ko'p ma'lumotlar yordamida kuchaytirilgan. Tez orada ushbu modelni ChatGPT ilovasi orqali ishlatib ko'rish mumkin bo'ladi.

Xuddi shu kuni Google ham sun'iy intellektni o'z produktlariga kengroq integratsiya qilishi haqida xabar berdi. Bu birinchi bo'lib Workspace mahsulotlaridan boshlanadi (Gmail, Docs, Sheets, Chat, ...).

Bu nima degani? Aytaylik, siz qandaydir matn yaratmoqchisiz. Tahminan nima haqidaligini bilasizu, lekin aniq qanday yozishni bilmayapsiz. Shu hayolingizdagi 1-2 ta gapni yozsangiz, sun'iy intellekt modeli siz uchun to'liq matn yaratib beradi. Yuqoridagi videoda shuni ko'rishingiz mumkin.

Bora-bora hech narsani o'zimiz yozmay qo'yamiz shekilli :)
Muhammadjon's

@informatika
605 views12:58
Ochish/sharhlash
2023-03-15 06:59:39 Farzandlaringiz uchun ingliz tilini o'rganishning qiziqarli va interaktiv usulini qidiryapsizmi? Bizning "KIDS LEARNING GAME" ilovamizni sinab ko'ring.

Ilovamizda bolalarning ingliz tilini ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradigan qiziqarli mashg‘ulotlar va o‘yinlar mavjud.

Rangli grafika va interaktiv oʻyin bilan bizning ilovamiz ingliz tilini oʻrganishni barcha kichik yoshdagi bolalar uchun qiziqarli va kerakli tajribaga aylantiradi.

Xo'sh, nimani kutyabsiz? Kids Learning Game ilovamizni yuklab oling va farzandingizga ingliz tili o'yinini sovg‘a qiling.

@Nursaidovuz
1.3K views03:59
Ochish/sharhlash
2023-03-14 04:41:08
Qaysi operatson tizimni ishlatsam bo'ladi? degan savolga javob)
#kulgu_ichida_haqiqat

Rasmdan ko'rinib turibdiki, sizda 3 ta variant bor:
MacOs - Apple kompaniyasi mahsuloti va juda qimmat.
Linux - Bepul, lekin o'rganish va ishlash uchun biroz bilim kerak, lekin pullik distributivlari ham bor.
Windows - siz bilgan va qotib-qotib ishlashiga ko'nikib qolgan, o'zi pullik, lekin ko'pchilik bepul ishlatadigan Microsoft mahsuloti.

@informatika
2.1K viewsedited  01:41
Ochish/sharhlash
2023-03-13 20:20:54
Paradigma

Birodarlik men uchun uzoq muddatli munosabatdir, biron-bir bahsda birodarim ustidan qisqa muddatli g‘alabaga erishishim ikkalamiz uchun ham uzoq muddatli mag‘lubiyatni olib keladi.

Bunday bahslarda ikkalamiz ham g‘alaba qozonmasak, tabiiyki ikkalamiz ham mag‘lub bo‘lamiz.

Hamid Sodiq

@Hamid_Sodiq
700 views17:20
Ochish/sharhlash